Şu tariqa, orzu-havaslarga töla qizaloq allaqaçon öz baxtining timsolini yaratib böladi va şunga intilib yaşaydi. Uning öz oilasi, mehr-muhabbatga qurilgan rözğori timsolidagi gözal orzulari amalga oşirilmagunça, u kelajagi haqida qörqib, qayğurib yaşaydi.
Ammo şaxsiy amaliyotimda duç kelganimdek, har doim ham ayol şunday ideal suratdagi orzulariga erişganidan söng ham özini baxtli his qilmaydi. Bir kun kelib, oiladagi munosabatlarida yengib bölmaydigan qiyinçilikka duç kelar ekan, u özining baxti qayerda ekani haqida boş qotiradi, çunki u hamma narsani “töğri” qildi: u yaxşi turmuşga çiqdi, şirindan şakar farzandlar dunyoga keltirdi, havas qilgudek rözğor qurdi.

AYOLLAR NIMADAN AZIYAT ÇEKADILAR?
1. Ularning his tuyğulari qabul qilinmasligidan. Bizga bolaligimizdan örgatilmaydigan eng muhim bilimlardan biri – öz tabiatimizni anglab yetiş, tuşuniş. Biz, ayollar jismimizdagi gormonal özgarişlarga bevosita boğliqmiz. Bunga şuningdek, hissiyotlarimiz ham boğliq. Bunday özgarişlar bölganda ularga haddan taşqari köp eʼtibor beriş kerak deb hisoblaşadi. Köp ayollar bunda özlarini aybdor deb his qiladilar va kayfiyatlari ham tez-tez özgarişini şu gormonal özgarişlar bilan boğlaydi. Boz ustiga, aksar hollarda erkaklar ham ayollarini tuşunmaydi va ularni ayblaydi. Şunda ayollardagi kompleks yanada kuçayadi.
2. Muvaffaqiyatli ayolning umumiy jamlangan obrazi mavjud bölib, unga erişiş oson iş emasligidan. Bu super-uy bekasi, super-ona, super-rafiqa, super-model, jamiyatda öz munosib örniga erişgan, kamiga, öz pulini özi topadigan superayol obrazidir. Ayollar bu obrazga yengil-yelpi qaraydi va aslida unday super-ayol bu “muvaffaqiyat” nimalar evaziga vujudga kelganini, uning uçun u nimalardan voz keçganini hisobga olişmaydi. Özini bunday super-ayol obrazi bilan soliştirganda, albatta, oddiy ayol u bilan raqobatlaşa olmaydi.
3. Oiladagi özaro munosabatlarda murosaning ahamiyatini tuşunib yetmaslikdan. Ayol heç qanday nizolar va kelişmovçiliklar bölmagan ideal munosabatlarning tasvirini çizadi. Ammo ular bir kun kelib duç kelganida, özida nimadir notöğri ekanligidan azob çekadi va şuning uçun u baxtli hayot qura olmaydi yoki uning umr yöldoşi ayoliga nisbatan adolatsizlik qiladi va nimanidir unga yetarli darajada bera olmaydi. Özaro munosabatlarga şikast yetişi birga bölişdan köra ajralişga sabab bölişini kamdan kam odam tuşunib yetadi.
4. Ayol bu dunyo uning qonun-qoidalari bilan yaşaşini kutadigan xom-xayoldan aziyat çekadi. Uning orzu-havaslari köp; qandaydir şahzoda kelib, uni hayotning barça qiyinçiliklaridan xalos qiladi, orzularini amalga oşiradi, degan xayol bilan yaşaydi. Bu amalga oşmasa, özidan hafsalasi pir böladi, içki dunyosiga qamalib oladi va şu tariqa özi yaratgan komplekslardan aziyat çekişni boşlaydi. U keçikkan orzular va norozilik tuyğusi bilan yaşaşga tuşadi.
5. Ayol öz umr yöldoşi, qarindoşlari, farzandlari – hamma uçun yaxşi bölişga şunçalik intiladiki, u öziga nisbatan sezgirlikni yöqotadi. Öz imkoniyatlarini, ehtiyojlarini tan olişni bas qiladi, şaxsdan funksiyaga aylanadi. Özaro munosabatlarda bunday ayol öz sevgilisiga manzur bölişga va şu bilan birga harakat qilib, asliyatini yöqotadi va vaqt ötişi bilan umr yöldoşining unga bölgan qiziqişi sönadi. Bu mening amaliyotimda juda keng tarqalgan voqelik bölib, muolajalarimizda biz ayolni uning öz asliga qaytariş, özini özi qabul qiliş va imkoniyatlarini uyğotiş ustida işlaymiz.

BAXTGA ERIŞIŞ UÇUN ODDIY QADAMLAR:
Ayollar, nafaqat kamçiliklaringizni, balki kuçli jihatlaringizni ham payqaşni örganing, bu özingizning qadr-qimmatingizni mustahkamlaydi.
Sevgi-muhabbat bilan oila quriş, farzandli böliş juda yaxşi, lekin özingizni ham unutmang, kimdir sizning ehtiyojlaringizni anglab yetişini kutmang, özingiz bu haqda ğamxörlik qiling. Şuni esda tutingki, ayol durust holatda bölsa, özini yaxşi his qilsa, atrofidagilarining hammasi yaxşi böladi, uyda soğlom muhit hukm suradi.
Va agar siz özingiz, içki dunyongiz bilan uyğun yaşasangiz, umr yöldoşingiz bilan ham uyğun munosabatlarni saqlab qoliş sizga osonroq böladi.
Mening fikrimça, ayol uçun baxt – bu yakuniy maqsad emas, bu özingda yaratiş va rivojlantirişni örganişing kerak bölgan jarayon.




