Uzbekistan’s Club – inson kapitalini O‘zbekistonning eng muhim boyligi sifatida tarannum etish orqali keng jamoatchilikni katta natijalar sari intilishga chorlovchi xalqaro nodavlat notijorat tashkilot.
Uzbekistan’s Club maqsadi – intellektual, ishbilarmon va yaratuvchan o‘zbekistonliklarning – xoh ular mamlakat Ichida bo‘lsin, xoh xorijiy mamlakatlarda – qiyofasi, vatan taraqqiyotiga daxldor fikr va takliflari, shaxsiy hamda professional rivojlanish yo‘llarini yoritib borish.
Bunda biz media loyihalar, yuqori saviyali anjuman va forumlar hamda shu kabi kreativ yondashuvlarga murojaat qilamiz. Biz o‘zbekistonliklarning katta ishlarga qodirligiga, ular erishgan yutuqlar munosib ravishda ko‘rsatib berilishi zarurligiga qattiq ishonamiz.
Uzbekistan’s Club XNNT mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish, dunyo miqyosida O‘zbekistonni iste’dodlar mamlakati sifatida targ‘ib etishga qaratilgan sayi-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Davlat organlari, ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya va tashkilotlar hamda fikr yetakchilarining mazkur yo‘nalishdagi loyihalarini “Uzbekistan. Land of Talents” mamlakat imiji g‘oyasi atrofida birlashtiradi.
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanlov taqdirlash marosimi
1 / 3
Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida mamlakatimizda ilk bor o'tkazilgan Prezident sovrini uchun "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tanlov 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida 10 ta kasb yo'nalishi bo'yicha tashkil etildi. Uning tuman va shahar bosqichlarida 124 mingdan ortiq yigit-qiz ishtirok etdi, yakunda 120 nafar ishtirokchi g'olib va sovrindor deb topildi. Tanlov doirasida qariyb 22 ming nafar yoshga ishlash, ta'lim olish yoki mehnat bozorida o'z o'rnini topish imkoniyati yaratildi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tanlov g'oliblariga tabrigi o'qib eshittirildi.
02
2026
Yoshlar kuni. Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi
2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Shu kuni davlat rahbari Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan maxsus ko'rgazmada faol va izlanuvchan yoshlarning mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga oid loyihalari bilan tanishib, ularning tashabbuskorlari bilan shaxsan muloqot qildi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o'tib, yigit-qizlar o'z taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Davlatimiz rahbari yoshlarni katta marralar sari dadil intilishga, bilim, kasb va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallashga da'vat etdi.
03
2026
Kann kinofestivali Marche du Film’da O‘zbekiston Milliy pavilyoni
2026
79-Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida O'zbekiston milliy pavilyoni to'rtinchi marta taqdim etildi. Pavilyonda o'tkazilgan Film in Uzbekistan promo-kampaniyasi doirasida xorijiy prodyuserlarga mamlakatda suratga olish xarajatlarining 25 foizigacha qismini qoplovchi ribeyt dasturi hamda Country Placement mexanizmi tanishtirildi. Milliy pavilyonga Yevropa, AQSH, Kanada, Avstraliya va Osiyo mamlakatlaridan 100 dan ortiq prodakshn va distribyutorlik kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi. Fransiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar kinoijodkorlari O'zbekistonda filmlar, reklama roliklari va televizion loyihalar suratga olishga qiziqish bildirdi.
04
Bizning jamoa
OA
Oybek Abdushukurov
Bosh prodyuser
15 yildan ortiq tajribaga ega mediaprodyuser, global miqyosda e'tirof etilgan Uzbekistan’s Club hamda “O‘zbekistonlik” loyihalarining bosh prodyuseri, O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi hammuassisi.
MA
Muhlisa Azizova
Kreativ direktor
Rejissyor, kinoprodyuser, Uzbekistan’s Club kreativ direktori, Oʻzbekiston Milliy kinokomissiyasi rahbari sifatida Oʻzbekistonga xalqaro kino-lokatsiyalar hamda xorijiy kinostudiyalarni jalb qilishda katta hissa qoʻshib kelmoqda. Uzbekistan’s Club jamoasining asosiy ijodiy lokomotivi.
RM
Rustam Meliyev
Rejissyor, ssenariynavis
Rejissyor, ssenariynavis, post-prodakshn mutaxassisi, art-direktor. U “Ofitser 55” seriali hamda “Maqsad” badiiy filmi rejissyori va ssenariy muallifidir. Vizual storytelling, kinematografik montaj hamda yuqori dinamikadagi video va media-kontentlarni tayyorlash boʻyicha jamoaning asosiy kreatori.
AI
Abror Ismoilov
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha strategik konsultant va mediastrateg
Media va kommunikatsiyalar sohasida 15 yildan oshiq tajribaga ega ekspert, Uzbekistan’s Club jamoasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha strategik konsultanti va mediastrategi.
Saidaziz Azamov
Bosh muharrir
Media va kontent loyihalar bilan ishlash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis. Uzbekistan’s Club jamoasida strategik kommunikatsiyalar, steykxolderlar bilan aloqalar, pozitsiyalash bo‘yicha ekspert. Uzbekistan’s Club jurnali hamda media platformasi bosh muharriri.
AT
Asqar Tog‘ayev
Ijrochi prodyuser
Uzbekistan’s Club jamoasining mahoratli ijrochi prodyuseri, barcha kreativ loyihalarda sahna ortidagi ilojsiz tuyulgan vazifalarni uddalovchi professional menejer.
OU
Oxunjon Ubaydullayev
Video prodakshn
Uzbekistan’s Club video prodakshn loyihalari ortidagi yuqori iste’dodli professional, loyihalarda tasvir, ovoz, g‘oya hamda shular atrofidagi masalalarda yuqori saviya va did bilan o‘z hissasini qo‘shuvchi ijodkor.
TI
Tina Imamjan
Jurnal bosh ijrochi direktori
Bosma nashrlar va hamkorliklar bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega yuqori malakali mutaxassis. Uzbekistan’s Club jurnali bosh ijrochi direktori.
SA
Shohista Abdullayeva
Media va kreativ loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis
Media va kreativ loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis. Konseptual fikrlay olishi, har qanday kreativ loyihada sifatni ta’minlashda uchraydigan tabiiy stressli vaziyatlarda ishlay oladigan va muammolarga yechim topuvchi istiqbolli mutaxassis.
LH
Laziza Haydarova
Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing mutaxassisi
Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing mutaxassisi. U O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi xalqaro bo‘limini yuritadi. Xalqaro media-kampaniyalar va loyihalarning ommaviy imijini shakllantirish bo'yicha ekspert.
FA
Fazliddin Anvarov
Loyihalarning kreativ yaxlitligiga mas’ul ekspert
Uzbekistan’s Club loyihalarining kreativ yaxlitligi hamda jozibadorligiga mas’ul ekspert. Uning musiqa, performens san’ati, moda va prodakshn yo‘nalishlarida to‘plangan tajribasi yuqori sifat va saviyali loyihalar yaralishiga xizmat qiladi.
AM
Azizjon Mirzakarimov
Raqamli media va inflyuenserlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
Raqamli media va inflyuenserlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis. Uzbekistan’s Club jamoasiga qo‘shilishdan avval u kino, televideniye, tadbirlarni tashkil etish hamda ijtimoiy media loyihalarni yuritish bo‘yicha ishlagan.
MY
Michael Yoso
Fotografiya va grafik dizayn bo‘yicha mutaxassis
Fotografiya va grafik dizayn bo‘yicha tajribali mutaxassis. Uning O‘zbekiston bo‘ylab turli loyihalarda to‘plagan tajriba va netvorkingi Uzbekistan’s Club jamoasiga fotografik kontentlar yaratish, vizual reportajlar tayyorlashda asqotadi.