7-noyabr. Soat 16:40. Toshkent xalqaro aerooperti. Havo harorati 7 daraja. Izg'irin sovuq. Uzbekistan Airways rahbariyati jurnalistlar, aeroportning yashil nimcha kiygan qurilish. Barchaning nigohi ufqqa tikilgan. Quyuq bulutlar orasidan allanimani izlashayapti... Vanihoyat! Kutilayotgan uchoqning shassilari bilan ko'rishdi.

Uchish-qo'nish yo'lagining ikki chetiga o'to'chirish mashinalari borib joylashdi. Ular yuqoriga qarab suv purkay oldin. Favvorlar tutashib yoy hosil qildi. Aniqrog' i , guvillagan, jilg'ali bir ark. Yangi let L-410 havo kemasi ushbu yomg'ir arki ostidan o'tib joylashgan joyda to'xtadi. Salomlar, qutlovlar, gular, intervyular, fotosuratlar… Flotning yangi a'zosi yuqori va tantanali kutib olindi.

Uzbekistan Airways boshqaruvi Shuhrat Xudoyqulov aeroportidan yana ofisiga oshiqmoqda. Yo'lda suhbatimiz boshlandi:


– Bu L-410 flotimizda yashashi bo'ldi, avvalroq  shu modeldagi havo kemasidan ikkitasini sotib olgan edik. Bu uchoqlar Mo'ynoq, Zomin, Shahrisabz kabinetga boruvchi yo'lovchilarimiz uzog'ini yaqin qiladi. Odamlarimiz bugun ko'p uchishyapti. Mahalliy aviaqatnovlarda biz, tashkilot bozor, Silk Avia'dan tashqari bir nechta aviakompaniya bor.

– Demak, Uzbekistan Airways ortiq monopolist kompaniya emas. Raqobat bor.
– Ha, lekin biz aviakompaniyalarimiz uchun yordamimiz yo'q. U aviakompaniyalar rahbarlari, mutaxassislarining korxonasi avval Uzbekistan Airways'da ishlagan bizning hamkasblarimiz... Ular bilan hamkormiz. Misol uchun, bir xususiy aviakompaniya uchoqlar sotib olingan, rejalari kechikdi, biz u kemalarni qisqa muddatli ijara bilan ijaraga oldik. Xullas, hamjihatmiz, munosabatlarimiz do'stona.Ha, lekin biz mahalliy aviakompaniyalarimiz uchun raqobatchi emasmiz. U aviakompaniyalar rahbarlari, mutaxassislarining korxonasi avval Uzbekistan Airways'da ishlagan bizning hamkasblarimiz... Ular bilan hamkormiz. Misol uchun, bir xususiy aviakompaniya uchoqlar sotib olingan, rejalari kechikdi, biz u kemalarni qisqa muddatli shartnoma bilan ijaraga oldik. Xullas, hamjihatmiz, munosabatlarimiz do'stona.

Shuhrat Xudoyqulov — Uzbekistan’s Club

Ofisga kirgach, qahva ustida transformatsiya haqida gaplasha boshladik.
– Buning hammasi – O'zbekistonda 2017-yildan keyin boshlangan katta islohot dasturining sharofati. Davlat rahbari tashabbusi va maxsus farmon bilan 2018-yilda bizning kompaniya o'zining turli funksiyalaridan ozod qilinib, aviakompaniya sifatida ajratildi. Aeroportlar alohida kompaniyaga o'tkazildi, alohida regulyator tashkilotlar shakllantirildi. Kompaniyamizning transformatsiyasi ham, fuqaro aviatsiyasi sohasini zamonaviylashtirish ham ayni deb o'ylayman.

Ish nimadan boshlandi? Men xorijdan qaytib, aviakompaniyaning tijoriy direktori bo'ldim. Chet davlatlarda men kabi 40 dan ortiq kishi bor edi. Biz hujjat O'zbekistonga qaytarib, to'plagan bilim va tajribalarini shu yerda joriy etishlariga undadik. Bilet narxini tushirdik, reyslar sonini ko'paytirdik, aviaparkimizdagi samolyotlar sonini muntazam oshirib kelyapmiz. Yiliga 7-8 ta uchoq qo'shib. Flot kengayyaptimi, demak, ko'proq ishchilar, uchuvchilar, bort kuzatuvchilar, havo kemalariga xizmat ko'rsatuvchi, ularni tamirlovchi personal kerak. Hamma xodimlarni o'zimizda xalqaro standartlarga mos tarzda va milliy o'ziga xosliklarni olib o'qitish tizimini rivojlantirdik. Eng so'nggi modeldagi samolyotlarga ham chet elda emas, o'zimizning Uzbekistan Airways Technics kompaniyasida xizmat ko'rsatmoqda.

– Shu yil yozda Uzbekistan Airways rebrending qilganida “Markaziy Osiyo qanotlari” shiorni o'ziga tanladi. Demak, kompaniya raqobatchilarni mamlakat ichidan emas, mintaqamizdan qidirish  kerak akan-a?

– Nafaqatdan mintaqadan! Bu butun dunyoga qaratilgan messej. Avval Havo yo‘llari kompaniyasi aeroportlarga egalik qilardi. Xorijiy kompaniyalar qaysi shaharlarimizga parvoz ochishini ham “Havo yo‘llari”ning o‘zi hal qilar, aviatsiya tilida aytganda, “slot” berar edi. Hozir Uzbekistan Airports kompaniyasi bilan bizning shartnomamiz bor, dunyoning boshqa aviakompaniyalari ham biznikiga o‘xshash shartlarda O‘zbekistonga kirib kelyapti. Mana eng katta raqobat! Bizning ham Turkiyaga reyslarimiz bor, Turkish Airlines’ning ham. Biz ham Koreyaga parvozlar yo‘lga qo‘yganmiz, Korean Air ham. Bozor munosabatlariga asoslangan bunday yangi vaziyat bizni yangicha fikrlashga, kompaniyaning turli bo‘g‘inlari bo‘ylab katta o‘zgarishlar qilishga majbur qilyapti. Bozor bilet narxini belgilayapti, xizmat ko‘rsatish hamda ketring (uchoqda ovqat bilan ta’minlash) sifatini yanada oshirishni taqozo qilyapti.

To'g'ri, ko'plab ko'rsatkichlar bo'yicha biz Air Astana'ni o'zimizga raqobatchi sifatida ko'ramiz. Ammo minataqamizda Nyu-Yorkka faqatgina Uzbekistan Airways'ning to'g'ridan-to'g'ri reysi bor. Tokioga ham. Qo'shni davlatlardan Toshkentga kelib, keyin boshqa davlatlarga uchib ketish tendensiyasi rivojlanyapti.

Toshkentni ham Istanbul kabi sharq va g'arb uchrashadigan yerga o'ta balandparvoz maqsad emasmi?
– Ha, lekin biz geografik jihatdan unikal hududda joylashganmiz. O'zaro ko'p yo'lovchilarni almashadigan manzillarning qoq o'rtasidamiz, Osiyo va Yevropani bog'lab turibmiz. Aslini olgan, bizda transfer yo'lovchilar bo'yicha ko'rsatkichlar yo'q emas. Bu yilning oxirigacha umumiy mijozlarimizdan transfer orqali uchadiganlar salmog‘ini 10 foizga olib chiqmoqchimiz. Jamoamiz kelayotgan yillarda buni 30 foizdan ham oshirish niyatida.

– Asosan qaysi yo'nalishlar bog'lanyapti shunda?

– Masalan, Uzbekistan Airways orqali Dehlidan Toshkentga kelib, Londonga uchib ketish mumkin. Biz orqali Koreyadan Yevropaga yo'l olish mumkin.

Umuman, Toshkentni xalqaro reyslar bir-biriga ulanadigan xabga aylantirish uchun parvozlarimiz geografiyasini ham kengaytirishimiz kerak. Yaqinda Toshkent-Lahor-Toshkent reysi qayta tiklandi. Biz uchun Pokiston ham katta bozor.

Biroq bizda bir katta og‘riqli masala bor. Bu ham bo‘lsa, aviayonilg‘i. Aviatsiyamiz talabining nari borsa 50 foizi mahalliy taklif bilan qondiriladi. Ya’ni yana shuncha import qilishimiz zarur, import qilinadigan aviakerosin esa 30 foiz qimmatroqqa tushadi. Dunyodagi geosiyosiy vaziyat tufayli narx oshib borishi mumkin. Bu esa albatta tannarxga, oxir-oqibat bilet bahosiga ta’sir qiladi. Transfer reyslar odatda arzonroq bo‘ladi, bu maydonda raqobat qilish juda qiyin.

Qiyinchiliklar bor, lekin nima bo'lsa ham biz oldinga intilyapmiz, biznes optimizatsiya qilinganda bo'yicha eng zo'r mutaxassislarni jamlangan departamentimizni hisob yuritishimizni ham xalqaro standartlarga moslayapti.

Respondentim onlayn sotuvlar tizimi, yangi onlayn ta'minotni ishga tushirdi kabi erishilgan manba haqida ishtiyoq bilan so'zladi.

– “Juda katta maqsad qo‘yib yubormadingizmi?” degan savolingizga javob bular ham. “Markaziy Osiyo qanotlari” nomiga loyiq bo'lishga intilish har kuni ishga kelarkanmiz bizni, jamoamiz a'zolarini ilhomlantiradi, g'ayrat bag'ishlaydi.

Soatimga qaradim, 19:00 dan oshibdi. tabiiy savol tug'ildi:

– O'zi nechagacha ishlaysiz?

– Eng ertasi 22:00 da ketyapman. Mana, qarang, hali shuncha xatni ko'rib chiqishim kerak.

Rais stol ustida turgan jildlarni ko'rmoqda. Chamalab, 15 tacha jild sanadim.

– Mana bu jild aviakompaniyamiz 90-yillarda ekan. Ofisdan topib oldim va har kuni ishlatyapman. Nega? Sababi bu ham ilhom manbayi. 1993-yilda “O'zbekiston havo yo'llari” Airbus A310 rusumli o'sha davrdagi O'zbekiston uchun “kosmos” hisoblangan uchoqni xarid qilib, uni O'zbekiston bayroqlari rangiga bo'yab, jahon bo'ylab parvozlar ochgan. Bunaqa samolyot butun MDHda faqat bizda bo'lgan, hatto Rossiyada ham yo'q edi. Milliy valyutamiz bo'lmagan, mutaxassislar esa anqoning urug'idek yetishmayotgan vaqtlar... Bu bir kichik misol. Eh-he, o'sha zamonda aqlbovar qilmas ishlar qilingan.

Suhbatimiz shu joyida emas, kompaniyani toblayotgan, ammo ishning nihoyatda qiziqarli ekaniga oid mushohadalardan so'ng, sal turib nihoyaladi.

Kabinetdan chiqqach, Shuhrat Xudoyqulov biografiyasi haqida o'yladim: 2006-yil Sankt Peterburgdagi aviatsiya bilim yurtini tamomlab, bir umr Uzbekistan Airways'da ishlagan inson. Jamoasi bilan yiliga 5 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatayotganidan behad faxrlanayotgan qahramonimiz siz va bizning, balki yuzlab orzularining parvozigadek.