Mehmon besh yulduzli mehmonxonadan nima kutadi? Albatta, xalqaro standartlarga mos yuqori darajadagi xizmatdan foydalanish va milliy madaniyat ruhini his qilishni. Faoliyatida mana shunday uyg‘unlikka intilayotgan InterContinental Hotels Group’ning mintaqadagi bosh menejeri Erik Sayler Uzbekistan’s club jurnali bilan suhbatda bo‘lib, mamlakatdagi eng peshqadam mehmonxonalardan birida oliy darajadagi mehmondo‘stlik muhitini yaratish jarayoni bilan tanishtirdi. 

O‘ZBEKONA TAJRIBA 

O‘zbekiston boy mehmondo‘stlik madaniyatiga ega. O‘zbekcha taomilga ko‘ra, mehmon oila a’zosidek qabul qilinadi. Ularni iliq kutib olishdan tortib, jamoamizning puxta o‘ylangan har bir xatti-harakati orqali mehmondo‘stlikni aks ettirishiga intilamiz. Biz milliy madaniy elementlardan nozik, ammo unutilmas tarzda foydalanamiz, masalan, mahalliy uslubdagi dizayn orqali yoki nonushtada, ro‘yxatdan o‘tishda va xonalarga iltifot tarzida milliy taomlarimizni taklif qilamiz. Bu mehmonga hashamatdan bahra olish barobarida O‘zbekistonning madaniy merosini chinakamiga his qilish imkonini beradi.

UNUTILMAS XOTIRA - HASHAMAT 

Besh yulduzli mehmonxonadan kutiladigan yuqori darajadagi servisning muhim omillaridan biri – xodimlar. Ularni tanlashda men e’tibor qaratadigan muhim jihatlarga: o‘z vazifasiga to‘g‘ri munosabat, ishtiyoq va yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga intilish kabi xislatlar kiradi. Biz tabiatan mehmondo‘st bo‘lgan, unutilmas xotiralarni haqiqiy hashamat ekanligini tushunadigan xodimlarni izlaymiz. 

Xodimlar uchun majmuaviy o‘quv dasturlariga sarmoya kiritamiz, ular xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini takomillashtirish bilan birga brendimizning qadriyatlari haqida tasavvur ham hosil qiladi. Ijobiy muhit, o‘sish imkoniyati va beqiyos xizmatlarni e’tirof etish orqali sara xodimlarni ushlab qolishga harakat qilamiz, bu esa faxr va jamoaga taalluqlilik hissini oshiradi. 

Bizga nima motivatsiya beradi? Maqsad va e’tirof. Men ochiq muloqot va xodimlarning yutuqlarini e’tirof etishni hamda doimiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlayman. Buning uchun munosib xizmatlarga rag‘bat sifatida “Oy xodimi” mukofotidan tortib, netvorking uchun turli dasturlarni joriy qilganmiz. Qolaversa, umumiy maqsadlar, muntazam timbilding tadbirlari, har kimni maksimal harakatga undaydigan muhitni yaratish orqali kuchli jamoaviy ruhni shakllantirganmiz.

Eric Seiler — Uzbekistan’s Club

SADOQAT 

Har bir mehmon o‘ziga nisbatan alohida e’tibor, unutilmas taassurot lar va mahalliy madaniyat hamohangligida munosabatda bo‘lishlarini kutadi. Maqsadimiz detallarga e’tibor qaratish, innovatsiyalarni joriy etish va O‘zbekistonning boy merosini aks ettirib, kutilmalardan ham ortiq muhit yaratish bilan bog‘liq taassurot larni taklif qilish orqali kutganlaridan ziyodasini bera olishdir. 

Va’dalarni bajarishdagi izchillik meh monga kutilmagan xursandchiliklar hadya qilishdek muhim ahamiyatga ega. Sifat va yuqori darajadagi xiz matga doim kamarbasta ekanimiz mijozda sodiqlik hissini uyg‘otadi, ijobiy fikrlarni og‘izdan og‘izga ko‘chishiga sabab bo‘ladi. 

Mehmonda unutilmas taassurot qoldirishda eng muhimi – o‘zbekcha elementlarni xalqaro standartlar bilan to‘g‘ri uyg‘unlashtirish. Toki ular o‘zaro bellashmasin, aksincha, bir-birini to‘ldirsin. Xonalarni tozalashdan tortib taomlanishgacha barcha yo‘nalishlarda brendning yuqori standartlariga amal qilinishini kafolatlash uchun qat’iy sifat nazoratini olib boramiz. O‘z navbatida, xizmatlarimiz o‘zbek dizayni, ta’mlari va an’analarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, xonalar mahalliy hunarmandchilik namunalari bo‘lgan hoshiyalar bilan bezatilgan, restoranlarimizda eng sara mahsulot lardan tayyorlangan an’anaviy o‘zbek taomlari tortiladi. Bu hashamat va o‘zbek milliy merosi hamohang bo‘lgan o‘ziga xos muhitni yaratadi.