Bolaligim baxtga töla bölgan
Oyim buyurtmaga tort pişirganlari uçun uyimizda doim vanil ifori taralib turardi. Ular zefirdan gözal oqquşlar yasagani hali hamon yodimda. Yana oyim tayyorlagan kremlarning qolgan-qutganini yeb qöyganlarim esimda. Şu vanil mening baxtli bolaligim isidir.
Oyim bizga hurriyat tuyğusini singdirganlar
Har oqşom oyim, akam, opam va men uyda diskoteka uyuştirardik. Uyimizda eng zamonaviy musiqa yangrardi: Uitni Hyuston, Maykl Jekson, Queen. Dadam dijeylik qilardilar. Biz çiroqni öçirib raqs tuşardik va turfa taronalarni eşitardik. Ehtimol, şuning uçun ham biz şunday hurfikr va erksevar bölib katta böldik.

Birinçi işlab topgan pullarimni buvimga berganman
11 yoşimda men bitiruv oqşomlarida “Bahor” qöşiğimni ijro etganman. U paytlar gonorar naqd pulda berilardi, men öşanda bir ryukzak töla söm yiqqandim. Şu ryukzagimni olib, buvimlarnikiga bordim va pullarni u kişining qöliga berib: “Buvijon, qarang, men millionerman. Katta bölsam, bundan ham boy bölaman” deb aytganman. Öşanda özimni juda zör odam deb his qilgan edim.
“Şiribom” saqiçi reklamasida suratga tuşganman
Reklama juda maşhur bölib ketdi. Keyin menga hamma “Şiribom” deb laqab qöyib oldi. Öşa yili men “Semurğ” oromgohiga bordim. U yerda mening xonamdagi qizlar menga rosa zuğum ötkazişgan. Esimda, öşa kunlarning birida men heç kimni körişni ham, eşitişni ham istamasdan körpamga çirmanib olgan edim. U qizlar esa kirib, “Ha, nima böldi, Şiribom, xafa böldingmi?” deb meni masxara qilgan edi. Men haligaça ularning ismlarini eslayman. Bu voqealar mening içki dunyomda katta jarohat bölib qolgan.
Senzura haqida gap ketganda
Men bu masalaga yumor bilan yondaşaman. Undan drama yasamayman, yalovbardorlik qilmayman va qarşi turişga ham urinmayman. Senzuraga urinişlar mening ijodimga faqat ijobiy taʼsir qilgan. Çunki bosim doim qarama-qarşi kuçni paydo qiladi. Kişida qandaydir bir alamzadalik va ijod qilişga ilhom paydo böladi.
Heç qaçon jamiyatga qarşi çiqişga urinmaganman
Men doim boşqaça hayot va fikrlaş tarzini körsatişga harakat qilganman. Stereotiplarni parçalaşga tirişganman. Ammo insonning özi öz çegaralaridan çiqişni, kengroq fikrlaşni xohlamasa, men uni özgartira olmayman. Umuman olganda, menga bölgan bosimlar meni tuşunmaydigan odamlarga nisbatan bağrikengroq bölişga undadi. Men ularni özgartira olmayman. Men uçun özligimni saqlab qoliş va qadriyatlarimdan voz keçmaslik muhim.
Yakkaxon konsert
27, 28 va 29-sentabr kunlari köp yillardan beri birinçi marta “Xalqlar döstligi” saroyida yakkaxon konsertim bölib ötadi.
Tomoşabinlarni jonli ijrodagi kompozitsiyalar hamda rang-barang şou kutmoqda.
Men uçun bu muhim hodisa, barça muxlislarimni u yerda körişdan behad xursand bölaman.
Nikita MAKARENKO suhbatlaşdi

