Ön yildan söng pianinoçi Behzod Abduraimov Karnegi-xoll maydonçasida Iogann Sebastyan Bax, Frants Şubert, Lyudvig van Betxoven, Sergey Prokofyev kabi bastakorlarning asarlari bilan özining ilk konsertini taqdim etadi. Uning ijrosini butun dunyo olqişlaydi.

Behzodning hayotida hamişa ğayritabiiy hodisalar alohida öringa ega bölgan. Garçi u buni orzularning aniq maqsadlarga evrilişi deb atasa-da, allaqanday körinmas va latif kuç uni hayotda töğri yölni tanlaşga hidoyatlagandek, uni hargiz öz holiga taşlab qöymagandek tuyuladi.

Behzod Abduraimov yon tomondan, qora kostyumda, qora fonda

Behzod olti yoşga tölganida, onasi uni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi, öşa maşhur “Uspenka”ga olib boradi. U öğlining afsonaviy Tamara Popoviçning şogirdi bölişini juda-juda istar edi. Iliq kuz. Şaharning yarmini aylanib yangi kostyum olib kelgan oyisi, hali hayot bölgan dadasi, öqituvçi uçun atalgan guldasta, serquyoş Jukovskiy köçasi va imtihon...

Va nihoyat u. Poşnali tuflisi bilan yanada serviqor körinayotgan, qattiqqöl va işonçsiz nigoh bilan Behzodga tikilayotgan Tamara ustoz:

– Çalib kör-çi.

Behzod Abduraimov qora-oq suratda, qöllarini havoda pianino çalayotgandek tutib turibdi
Behzod Abduraimov yon tomondan, qora kostyum va oq köylakda, qora fonda

Behzod uçinçi etyudda xato qildi. Tamara Afanesyevna Behzodning onasidan guldastani qabul qilmadi. Unga guldastalar emas, iqtidorlilar kerakligini aytdi.

Aytişga oson... Biroq Behzod buning uddasidan çiqdi. Birdaniga emas. Bu bir yil boşqa ustozdan saboq olib qaytganida, temirday irodali ustoz uning ijrosini eşitib körganida sodir böldi. Ayolning qalbi erib ketguday böldimi yoki yöqmi, bizga qoronğu. Ammo şak-şubhasiz maʼlum bölgani şuki, keyinçalik u Behzodga öz isteʼdodini gullab-yaşnatiş uçun asos bölgan mustahkam tagzamin berdi.

Biroq jajji virtuoz şuğullanişni şu qadar xohlamasdiki! Maşhur böliş, kuy ijro etib, konsertlarda qatnaşişni istardi! Tört, beş, olti, yetti soatlab gammalarni ijro etişdan köra tengdoşlari bilan köça çangitişni, futbol öynaşni, ğiyçillagan arğimçoqlarda uçişni, ariqda jilvalangan quyoş nurlarini tomoşa qilişni xohlardi. Şunga qaramasdan, uning har bir kuni 08:29 dan 12:19 gaça pianinoning oldida ötiriş bilan ötardi.

Çilonzordan “Uspenka”gaça – metro, tramvay, avtobusga çiqib, yana biroz piyoda yurib boriladigan yöl. Otasi boqiy dunyoga ketgaç, oilasining moliyaviy ahvoli oğirlaşdi. Behzodning onasi boğça musiqa muallimi maoşiga tört bolani boqib tarbiyalaşiga töğri keldi. Endi Behzod Çilonzordan Sodiq Azimov köçasigaça piyoda yura boşladi. Bu ikki soatlik yöl degani, ortga qaytiş uçun ham şunça yuriş kerak.

Behzod har yakşanba Uritskiy köçasiga, Tamara Afanasyevna uyiga saboq oliş uçun borardi. Bir gal uning jimjiloği şikastlandi. Tirnoği qorayib, közlaridan yulduz çaqnab ketdi. Garçi oğriqqa çidaş qiyin bölsa-da, bundan xursand böldi. Çunki bu darsga bormaslik va heç bölmasa bir yakşanba dam oliş uçun yaxşi imkoniyat edi. Onasi Tamara Afanasyevnaga qönğiroq qildi.

“Heç nima qilmaydi, kelaversin...” – quruqqina javob keldi göşakdan. Behzod darsga keldi. Tamara Afanasyevna uning jimjiloğini söfi barmoğiga qöşib boğlab qöydi va çalişni buyurdi. Töqqizta barmoq professional çolğuçi uçun yetarli edi. Behzodning bolaligi muallimaning bironta darsini qoldirmaslik, maşğulotlarni puxta özlaştiriş bilan ötdi.

Qiroliça. Özbekiston fortepiano maktabi asosçisi. U köplab özbekistonlik iqtidorli musiqaçilarni tarbiyaladi. Ular esa dunyoning eng maşhur konsert zallarini zabt etişdi va bunda davom etmoqdalar. Saboq beriş salohiyati öqitişning noyob va tengsiz metodlarini yaratiş imkonini bergan edi. Darsdan keyin Behzod ustozini qöltiqlab olar va bekatgaça kuzatib qöyardi.

Ön olti yoşida Behzod Italiyaning Komo köliga, özining ikkinçi muallimi Stanislav Yudeniç huzuriga yöl oldi. Vikipediyada Yudeniç haqida şunday yozilgan: “Kelib çiqişi özbekistonlik bölgan amerikalik pianinoçi...” Birinçi darsning özidayoq Behzod mana şunday isteʼdodli, vazmin va bağoyat dono insondan dars oliş lozimligini tuşundi. Behzod uning har bir darsini yozib olar, uyga kelib takroran eşitar va soatlab maşq qilardi. Quloqlari ostida esa Tamara Afanasyevnaning sözlari yangrardi: “Öğlingiz boqsa odam böladi, lekin u mehnat qilişni hali bilmaydi”. U mehnat qildi, öz ustida mudom işlayverdi, tirişdi...

“Boqsa odam böladi” degan gap qöpol tuyulişi mumkin, lekin bu muallimadan kamdan-kam holda eşitiş mumkin bölgan maqtov edi. Odatda esa u şogirdi mehnatini: “Bugun yarim çaqa köproğiga loyiq qilib çalding” deb baholar edi. Yuksak mahorat va çolğu sanʼatini egallaş aynan şunday, çaqama-çaqa töplanib keldi. Natijada, u tez orada butun dunyo eʼtirof etgan buyuk qobiliyat sohibi böldi.

Ön sakkiz yoşli Behzod özining birinçi gastroliga buyuk pianinoçi va dirijyor Vladimir Aşkenazi bilan yöl oldi. Uning plastinkalari Popoviçning uyidagi javonda turar, öşanda bolaga Aşkenazi koinotdagi juda olis yulduzdek köringandi. Endi esa uning orkestri bilan maşq qilyapti. Xitoy, Avstraliya, Malayziya... Gastrollarning keti uzilmayapti!

“Men nima xohlayotganimni aniq köz oldimga keltirganman. Ammo voqelik hamişa menga boşqa, yana ham yaxşi variantlarni taqdim etardi. 2007-yili bir tanişim meni çerkovdagi kiçik konsertda iştirok etişim uçun Londonga taklif qildi. Öşanda nom-nişonsiz, heç vaqosiz edim. U bilan birga London filarmoniya orkestri konsertiga bordik. Bu men tinglagan birinçi jonli konsert edi. Qaysidir pianinoçi kuy ijro etardi. Şu payt aşaddiy musiqa ixlosmandi bölgan tanişim menga: “Kelasi safar sen şu sahnada bölasan, men esa bu yerda, tomoşa zalida ötiraman,” dedi. Iç-içimdan “ön yillardan keyin, balki...” degan xayol ötdi. Yarim yil ötib men ayni şu zal va orkestr bilan tört bosqiçli tanlovda iştirok etdim va yutib çiqdim. Ön oydan söng ayni sahnada musiqa ijro etdim, tanişim esa zalda ötirib: “Veni, vidi, vici!” – der edi”.

Behzodning Karnegi-xolldagi birinçi konsertida tor uzilib ketdi, yaxşiyamki, yuqori registrga çiqqan mahal şunday böldi. Har bir klaviş uçun uçtadan tor böladi. Agar uzilib ketgan qismini olib taşlamasangiz, şiqirlab ketadi. Behzod orkestr partiyasini kutdi va örnidan turib uzilgan torni olib taşladi. Konsertdan keyin muxlislar uning oldiga kelib, ijrosidan hayratlarini bildirdi. Ular Behzodning şu qadar hissiyotga berilib ketganidan, örnidan turib ketdi deb öylaşibdi.

“Musiqa – hayotimning bir qismi emas, balki deyarli butun hayotimdir. Nimaiki qilmay, u doim ong-şuurimda. Musiqaçining muvaffaqiyati tört qismdan taşkil topadi, birinçisi – isteʼdod. Usiz bir keça-kunduzda 25 soat şuğullanişingiz ham besamar ketadi. Ikkinçisi – bu sizning kamol topişingizga yordam beruvçi murabbiylar, pedagoglar. Uçinçisi – mehnat, işçanlik. Pianinoçi taqdirining bölgani şu – yoki yulduz bölasan yoki muallim. “Yulduzlik” maqomiga erişmoqçi bölgan ön million daʼvogar bor, ularni yengib ötiş katta mehnatni talab qiladi. Raqobat nihoyatda kuçli. Törtinçisi esa – omad”.

Behzod Abduraimovning hayot yöli, kun tartibi soatma-soat taqsimlangan. Gastrol rejalari ikki yil oldin tuziladi. U faqat Toşkentda dam oladi, ayni şu yerda oddiy odamdek hordiq çiqariş imkoniyatiga ega böladi. Köpinça oqşomlari maşinaga ötirib şahar aylanadi, bolaligini yodga oladi, maktabiga boradi. U butun jahon tan olgan musiqaçi bölsa ham, dunyoning qaysi burçagida bölmasin, Toşkent unga kuç-quvvat manbayi bölgan zaminligiça qoladi.

Bir safar Behzod Baden-Badenda konsert oldidan intervyu berdi, jurnalist qahramonimizga Raxmaninovning konsertini uçinçi marotaba ijro etişi oldidan quyidagi mazmunda fikr bildirdi: Nemislar uçun Bax, Betxoven, Şubert – bu Bibliya, haqiqiy musiqa, qolganlari taqliddek gap. Baxning teran fikrlari mohiyatini faqat şu millat vakillari çuqur his qilişi, jumladan, Raxmaninovni ham faqat ruslar tuşunişi mumkin.

Şunda Behzod:

“Menga qarang, men nemis ham, rus ham emasman. Markaziy Osiyodanman. Demak, siz meni ham bu daholarni oxirigaça tuşunib yetmaydi demoqçimisiz? Men uçun Bax, Şubert, Şostakoviç, Raxmaninov – dunyo odamlari. Ular öz musiqalarini butun insoniyatga taqdim qilgan. Sizning örningizda bölganimda çolğuçilarni tuşunadigan va tuşunmaydiganlarga ajratmagan bölardim. Musiqa – bu universal til. Xöp, agar şunday bölganda ham, sizningça, men bu yerda nima qilyapman? Özim tuşunmaydigan musiqani ijro etyapmanmi?”

Pianinoçi Abduraimov butun insoniyatga tegişli iqtidor egasiga aylanib bölgan. Yer kurrasining barça burçaklari – Qöşma Ştatlarning sokin şaharlaridagi kiçik zallardan tortib, Parij, London, Nyu-York, Tokio va Sidneyda bölib ötgan nufuzli konsertlarda uning muxlislari örnidan turib olqişlaydi. Iqtidorli pianinoçini qayerdan ekanligini biliş uçun mamlakatimiz nomini örganadi…

Bu isteʼdodli pianinoçi qayerdan ekan?

Özbekistondan!

Tokio – alohida maqomdagi sevimli şahar. Ikki oy avval u yerda katta konsert bölib ötdi. Behzod simfonik orkestr bilan ikki marta, yakkaxon ijroda ham alohida konsert berdi. Tadbir oldidan yaponiyaliklar ulkan guldasta berdi va özbek tilida: “Janob Abdu-san…” deb yozilgan tabriknoma taqdim etişdi.

Sidneyda, tayyorgarlik çoğida stullarni joylaştirib yurgan bir yigit Behzodning yoniga kelib, ijrosidan hayratda ekanini bildirdi va uning musiqalari yozilgan diskni qayerdan topişi mumkinligini söradi. Behzod unga bu musiqalarni buyuk pianinoçilar ijro etganini, “Youtube” platformasidan kirib topişi mumkinligini maslahat berdi. Biroq ertasi kuni yigit aynan Behzodning diskini topib kelib, undan imzo çekişini iltimos qildi. Keyin esa syorfingga taklif qildi.

Behzod Abduraimov Toşkentda barça konsertlarini bepul beradi. Ehtimol, u hammaga qanday sovğa taqdim qilayotganini hali tuşunib yetmagandirmiz? U hozirça şu yerda ekan, fursatdan foydalaniş lozim. U Toşkentdan köra Karnegi-xollda köproq konsert beradi.

Behzodning otasi Abdurazzoq Abduraimov iqtidorli fizik-matematik hamda bilimli ixtiroçi edi. Uning kaşfiyotlaridan biri – pnevmodvigatel, siqiq havoda işlaydigan maşina edi. Ixtiro patentlaştirilgan bölib, mualliflik huquqi uçun pul yetmagan edi.

Pnevmodvigatel – insoniyatning azaliy orzusi, ekologik, şovqinsiz, tekin qurilma bölib, olimlar uni yaratiş uçun boş qotirgan paytda Abduraimovlarda u allaqaçon mavjud edi. Behzod unda hovli böylab aylanardi.

Töqsoninçi yillarda Abdurazzoq Abduraimov moliyalaştiriş iltimosi bilan yuqoriga xatlar yozdi, ixtironing istiqbolini asoslab berdi. Keyin esa… U vafot etdi. Bir neça yillardan söng fransuz olimi Gi Negr siqiq havoda işlaydigan dvigatelni butun dunyoga taqdim etdi. Ana şunda Behzodning onasiga telefon qönğiroqlari yoğildi. Ammo bu paytga kelib patent idorasidagi barça çizmalar yöqolib ketgan yoki öğirlangandi. Oradan şunça yil ötdi, buning tagiga yetiş qiyin…

Bu oilada hamma isteʼdodli, ammo uni yuzaga çiqariş, farzandlarni kamolga yetkazib oliy maʼlumotli qilişda onaning xizmatlari ulkan. Katta opasi Dilafruz Mamadaliyeva konservatoriyada öqituvçi, kiçik singlisi Yulduz Abduraimova – şarqşunos, AQŞda yaşaydi. Akasi Javlon Abduraimov tajribali jarroh. Iqtidorli ota-onaning iqtidorli farzandlari...

…Behzod sakkiz yoşida Toşkentda Tamara Popoviçning sevimli şogirdi Aleksey Sultonoving konsertiga kirişga muvaffaq böldi. Çiptalar yöq, kiriş qiyin bölgan bir paytda uning omadi keldi. Bu konsert uning hayotida tub buriliş yasadi, ilhom berdi. U Aleksey Sultonov kabi ijro etişni istadi. Buyuk pianinoçi bölişni orzu qildi.

Hozir konsertdan söng közlari yonib turgan bolalar uning yoniga keladi. Behzod esa bu közlarda bolalik orzularini, özini köradi.

Endi uning özi boşqalar uçun ilhom manbayi…