Kompaniya yirik investorlardan tarmoqni kengaytiriş, modernizatsiya, xalqaro standartlarga muvofiqlikni taʼminlaş hamda Markaziy Osiyoda yagona – naq 50 ming kvadrat metr maydonli logistika markazini quriş uçun mablağlar jalb qilgan.

Şuning uçun savdo sohasidagi eng katta soliq tölovçi va iş beruvçiga aylangan uşbu kompaniya asosçisi Zafar Hoşimovga biznesni kengaytiriş sirlari haqidagi savollarimiz bilan mikrofon tutdik.

Zafar Hoşimov — Tadbirkor bu – strateg

Basirat

Tadbirkor inglizça qilib aytganda “vision”ga, yaʼni kelajakni köra biliş qobiliyati, özi qurmoqçi bölgan biznes va uning jamiyatdagi örni haqida tasavvurga ega bölişi zarur. Bu, ayniqsa, katta biznes barpo qilmoqçi, özining savdosi, faoliyat doirasini kengaytirmoqçi bölgan işbilarmonlar uçun juda muhim.

Xayolot

Öylaymanki, haqiqiy tadbirkorlar qaysidir maʼnoda xayolparast böladi. Ular kelajak orzulari bilan yaşaydi. Biznes egalari özlari işlab çiqarayotgan tovar yoki körsatayotgan xizmat qanday qilib odamlarning hayotini özgartira olişi haqida tafakkur qilişi kerak. Toki “odamlarning turmuşiga qanday yangilik va yengillik olib kira olaman” degan öy ularni harakatlantirsin. Şunda ular muvaffaqiyatli va serdaromad biznesni taşkil qiliş uçun ğayrat topa oladi, jamoalarida xayrixoh va isteʼdodli odamlar böladi. Eng muhimi, mahsulotlarini mijozlar doimo qadrlaydi.

Iştirok

Biznes yuritişni kinofilm suratga oliş jarayoniga qiyoslaydigan bölsak, tadbirkor unda faqatgina prodyuser yoki rejissyor kursisida ötirmaydi. Bu boşlangan iş qanday bosqiçda ekaniga boğliq. Tadbirkorlik – dinamik jarayon. Biznesni endi boşlaganingizda özingiz operator, rejissyor, kostyumer, grimçi, ssenariy muallifi va hatto boş roldagi aktyor bölasiz. Biznesingiz rivojlangani sari jarayondagi maxsus işlarga öz mutaxassislarini masʼul qilib belgilaysiz.

Zafar Hoşimov — Tadbirkor bu – strateg
Zafar Hoşimov — Tadbirkor bu – strateg

Şatranj

Muvaffaqiyatli, keng quloç oçib parvoz qila oladigan biznesmen, albatta, strateg bölişi kerak. Undan turli biznes jarayonlardan iborat butun boşli kompaniya faoliyatiga yuqoridan nazar taşlaş va jamoani optimal natijalar sari yetaklaş talab qilinadi.

Biroq, aytganimdek, kompaniyani rivojlantirişning dastlabki bosqiçlarida tadbirkor barça bölimlar faoliyatida birma-bir iştirok etadi. Şu sababli u jarayonlar zanjirida nima sodir bölayotganidan yaxşi xabardor böladi.

Biznes rivojlanib borgani sari esa uning asosiy vazifasi mutaxassislar uçun kerakli resurslar va şaroitni taʼminlab beriş hamda kuzatiş böladi. Hatto boşqariş ham emas. Yaxşi boşqaruvçilik mahoratiga ega töğri mutaxassislarni töğri pozitsiyalarga qöyişning özi kifoya. Kattalaşmoqçimisiz? Operatsion boşqaruvdan çiqib, biznesning uzoq muddatli rejalari va keyingi qadamlari haqida boş qotiring.

Zafar Hoşimov — Tadbirkor bu – strateg

Saidaziz AʼZAMOV suhbatlaşdi.