Uzbekistan’s Club mamlakatimizning kiçkintoy fuqarolari farovonligi va xavfsizligi mavzularida Oliy Majlisning bola huquqlari böyiça vakili, yaʼni Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan suhbatlaşdi.
Bolalar, ularning qadr-qimmati mavzusi har qanday inson uçun – u siyosatdan yiroq bölgan taqdirda ham – hamma narsadan muhim va eʼtibor qiliş lozim bölgan jihat bölib qolaveradi. Şu sababdan Bolalar ombudsmanligiga kirişayotganimda bu öziga xos, nozik sohada işlaşga tayyormanmi, bu iş qölimdan keladimi, deb öyga tolganman.

Faoliyatimizning asosiy yönalişlaridan biri bolalarni tarbiyalaş uslublaridagi muammolardir. Köp masalalar mamlakatda bolalar qanday tarbiya qilinayotganiga boğliq. Eng açinarlisi, tarbiya haqida gap ketarkan, kun tartibiga yana zöravonlik mavzusi çiqadi.
Nega? Çunki jamiyatimiz zehniyatida bolani alohida şaxs deb hisoblamaslik çuqur ildiz otgan. Tarixan, bolaning individ – şaxsiy, ijtimoiy va boşqa huquqlarning taşuvçisi sifatidagi qiymati prinsipial jihatdan hisobga olinmagan.
Bunday fikrlaş natijasida bolaga bölgan munosabatimiz, uni eşitişga harakat qilmasligimiz, unga eng asosiy ehtiyojlari bilan boğliq tanlovlardan tortib, uning taqdiri uçun muhim qarorlarni ham mustaqil qabul qilişiga yöl bermasligimizda köriniş beradigan feʼlimiz şakllangan.
Afsuski, turli şakllardagi zöravonlik hali ham tarbiyaning muhim elementi bölib, jamiyatda hamon qabul qilinmoqda, faoliyatimiz davomida buni tasdiqlovçi dalillarga köp duç kelyapmiz. Bolalar öz huquqlaridan ijtimoiy muhitda, uyda, maktabda, yaqinlari orasida mahrum bölib kelmoqda.
Albatta, bu global muammo. Şuni taʼkidlaş kerakki, nafaqat Osiyoda, balki Yevropadagi ayrim mamlakatlarda ham zöravonlik bolalarni tarbiyalaşning samarali vositasi sifatida zarur deb hisoblanadi.
Biroq bugun Özbekistonda bu masala böyiça jiddiy paradigma özgarişlari kuzatilmoqda. Esingizda bölsa, taʼlimda zöravonlik mavzusi tabu bölgan, bu haqda heç kim oğiz oça olmagan, oiladagi zöravonlik unsiz bölib, mentalitet va anʼanalar ortiga yaşirilgan. Ammo hozir biz nafaqat bu haqda gapiryapmiz, balki jamiyatga aniq signal beryapmiz: bola huquqlari qonun va davlat himoyasida.
Qizlarimiz zaifligidan mustaqilligigaça bölgan yöl
Bizning voqelikdagi yana bir qiyin masala erta turmuş qurişdir. Afsuski, mintaqamizning urf-odatlari, tarixiy mentaliteti tufayli jamiyatimizda bu hodisa hamon saqlanib qolmoqda.
Bunga sabab nima? Sabablar 100 yil qanday bölgan bölsa, şunday. Bu, asosan, ota-onalarning qizini yaxşi joyga turmuşga berib, uning farovon va barqaror hayotini taʼminlaş instinktidir. Ha, 100 yil avval ijtimoiy va tarixiy jihatdan bunday holat özini oqlagan edi. Qizlarda erta turmuş qurişdan boşqa hayot yöli bölmagan. Ammo endi zamon butunlay boşqaça: qizlarning taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi, özini özi anglaşi, kasb-hunar egallaşi va ijodkorligi uçun juda keng imkoniyatlar bor. Turli anʼana va motivlar bilan şakllangan qaraşlarni özgartiriş zarur.
Qiz bola ham xuddi öğil boladek qadr-qimmatga ega! U öqib-örganiş va rivojlaniş huquqiga ega. Şubhasiz, turmuş quriş ham uning hayotidagi muhim bosqiçdir, lekin u bunga ongli ravişda borişi, bunda unga ota-onasi va jamiyat bosim ötkazmasligi lozim.
Erta turmuş quriş yana zöravonlikka yöl oçadi. Faqat turmuşga çiqiş va eriga xizmat qilişga tayyorlangan qiz na özining ustida işlaydi, na şaxs, na professional sifatida rivojlanadi. Natijada ayol bir vaqtning özida zöravonlikning barça turlariga duçor böladi. Lekin şuni aytiş kerakki, hammasi iqtisodiy zöravonlikdan, yaʼni qaramlikning bu şaklidan boşlanadi.
Mustaqil kasb-korini qila oladigan, özini eplay oladigan qizning huquqlarini çeklaş qiyin. Şuning uçun ham asosiy eʼtibor qizlarning nafaqat anʼanaviy kasblar, balki aniq va tabiiy fanlar böyiça ham taʼlim olişiga qaratilişi kerak. Ayni paytda bu borada jiddiy işlar olib borilmoqda. Masalan, STEM (Science, Teçnology, Engineering, Mathematics) taʼlimi tabiiy fanlar va muhandislik fanlarini birlaştirgan modeldir.

Qatʼiy pozitsiya va murakkab masalalar
Zöravonlik haqida gap ketganda, afsuski, voyaga yetmaganlarga nisbatan böladigan jinsiy körinişdagi zöravonlikni ham aytiş kerakki, uşbu masalada Bolalar ombudsmani qatʼiy pozitsiyaga ega.
Bu borada biz barça huquq organlari bilan yaqindan işlaymiz. Pedofiliyaga oid har bir keys böyiça bizga yozma maʼlumot beriladi, biz sudlarda iştirok etamiz va bolalar manfaati uçun sud hukmiga nisbatan protest eʼlon qilişimiz mumkin.
Xabaringiz bor, Özbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan qilinadigan har qanday seksuallaşgan jinoyat şakllariga qöllanadigan jazolar kuçaytirilgan. Şunday jinoyat sodir etgan şaxslarning reyestri 2023-yil oktabr oyidan boşlab yuritila boşladi va ular jazoni ötaganidan keyin ham bolalar taʼlim-tarbiya muassasalariga kirişi taqiqlanadi.
Albatta, bu muammoga qarşi kuraş köp tomonlama çora-tadbirlarni talab qiladi. Bugun biz Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar fondi (UNICEF), Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, Boş prokuraturasi hamda boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan bolalar va ularning ota-onalarini turli tahdidlar, jumladan, jinsiy zöravonlik haqida xabardor qiliş maqsadida tizimli ravişda işlamoqdamiz. Hozirgi kunda maktablarda bu nima ekanligini, bunday vaziyatlarda özini qanday tutiş, qayerga murojaat qiliş kerakligini tuşuntiruvçi körgazmali öquv materiallari tarqatilmoqda.
Jamiyatimizda jinsiy tarbiya borasida ziddiyatli munosabat hukmron. Negadir köplar bu bolaning tarbiyasi buzilişiga olib keladi, deb öylaydi.
Menimça, turli nyuanslarni eʼtiborga olgan holda, bosqiçma-bosqiç bu fanni maktab dasturiga majburiy emas, fakultativ darslar sifatida kiritiş va uni tanlaşni ota-onalarga havola qiliş zarur.




