Hamkorlik evolyutsiyasi jadallaşdi
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2018-yildagi davlat taşrifi strategik şeriklikning yangi davrini boşlab berdi. Biz Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar tufayli barça sohalardagi hamkorlikning jadal dinamikasini kördik. Sönggi yillarda 20 dan ortiq oliy darajadagi almaşuvlar ötkazdik. Davlat kotibi Entoni Blinken, içki xavfsizlik böyiça maslahatçi Elizabet Şervud-Rendall, Davlat kotibi örinbosari Vendi Şerman va boşqalarning Toşkentga taşriflari şular jumlasidan. Ötgan 5 yil davomida 40 dan ortiq senator, kongressmenlar va ularning xodimlari Özbekistonga taşrif buyurib, strategik şerikligimizni mustahkamlaşga öz hissalarini qöşdilar.
2023-yil 19-sentabr kuni Nyu-Yorkda bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari – AQŞ davlat rahbarlarining tarixiy birinçi sammiti yana bir bor mamlakatlarimiz örtasidagi mustahkam aloqalarni körsatdi. Özbekistondagi islohotlar özaro hamkorlikni rivojlantirişda eng muhim element bölib kelmoqda.

Xususan, AQŞ Kongressi ham Özbekistonning islohotlar siyosatini qatʼiy qöllab-quvvatlaydi. 2023-yilda biz AQŞ Kongressida ilk bor Özbekiston kunini nişonlaganimiz buning bir dalili.
Ummon tösolmagan iqtisodiy riştalar
Özbekistonning AQŞ bilan savdo aylanmasi 2020-yildagi 277 million dollardan 2023-yilda 657,3 million dollargaça ösdi va bu Qöşma Ştatlarni bizning eng yirik savdo şeriklarimiz içida 13-öringa olib çiqdi. 2024-yilning uç oyida savdo aylanmamiz 40 foizga ösdi.
Bugungi kunda Amerika-Özbekiston Savdo palatasiga SpaceX, HP, Google, Apple, Microsoft, General Electric va şular kabi 50 dan ortiq kompaniya aʼzodir. Ularning aksariyati sönggi bir neça yil içida Özbekistondagi iqtisodiy islohotlarga işonçini körsatib, palataga kirgan.

2023-yilda Air Products kompaniyasi Özbekistonda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bölgan yangi investitsiya dasturini taqdim etdi. General Motors kompaniyasi UzAuto Motors bilan hamkorlikda Özbekistonda işlab çiqariş hajmini 1,5 barobarga, yiliga 500 mingtagaça oşirişni rejalaştirmoqda.
Biz uçun IT sohasida ösib borayotgan hamkorligimiz juda muhim. 2023-yilda Özbekiston IT xizmatlari eksporti jahon miqyosida 2,4 baravardan ortiq oşdi. IT xizmatlarining salmoqli uluşi, jami 44 foizi AQŞ bozoriga eksport qilinadi.
Ilm-maʼrifat sohasida birlaşib
Özbekiston va AQŞ örtasidagi akademik hamkorlik sönggi bir neça yil içida gullab-yaşnadi. Vebster universiteti Özbekistonda bir neça yillardan buyon muvaffaqiyatli işlamoqda, Arizona State University şu yil oxirigaça öz kampusini taşkil etişni rejalaştirmoqda.
Amerikaning 10 dan ortiq yetakçi universitetlari, jumladan, Texas A&M, Syracuse University, Michigan State University, Old Dominion University, Penn State University va boşqalar özaro hamkorlik şartnomalarini imzoladilar, bu özaro almaşinuvni osonlaştiriş va talabalarimiz örtasida çuqur aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Oxirgi beş yil içida biz amerikalik hamkorlar bilan birgalikda Özbekistondan 18 mingdan ortiq ingliz tili öqituvçilarini tayyorladik va 10 ming maktabni ingliz tilidagi darsliklar bilan taʼminladik.
Bundan taşqari, Özbekiston böylab 50 nafar örta maktab öquvçilari “Future Leader” dasturi böyiça AQŞda bir yillik şartnoma asosida tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamğarmasi grantlari böyiça 80 dan ortiq ğoliblar AQŞning 30 dan ortiq universitetlarida öqiyapti.
Amerika Qöşma Ştatlarida ham özbek tilini örganişga qiziqiş ortib borayotganini alohida taʼkidlaşim kerak. Bugungi kunda Markaziy Osiyoning global geosiyosatdagi strategik ahamiyati hamda Özbekistonning boy tarixi va madaniyatiga bölgan akademik qiziqişdan kelib çiqib, 15 dan ortiq universitetda özbek tili dasturlari va kurslari mavjud.
Furqat Siddiqov, şuningdek, Özbekistonga taşrif buyurayotgan amerikalik sayyohlarning oşib borayotgani, 55 yoşdan oşgan AQŞ fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilingani, haftada bir neça marta Nyu-York va Toşkent örtasida böladigan töğridan töğri aviaqatnovlar mintaqada yagona ekani haqida ham sözladi. Hamkorlikning istiqbollari haqida gap ketar ekan, AQŞ tomonining foydali qazilmalar hamda biznes jarayonlar autsorsingi (BPO) sohasiga qiziqiş bildirayotgani barobarida Özbekiston okean ortidan moliya, texnologiyalar, biznesni transformatsiya qiliş yönalişlarida eng ilğor tajribalarni olib kelişga intilayotganini urğuladi.


