Xöş, aslida bloger kim? Axborot oqimi köpaygan bir paytda sifatli kontentni taʼminlaş va feyk xabarlardan qutuliş uçun nima qiliş kerak?

Statistik raqamlar

Özbekistonda 2 140 ta OAV röyxatdan ötgan. Faol UZ domenlari soni esa 120 505 ta. Internet foydalanuvçilari soni 31 million. Şundan: Telegram – 30,6 mln, OK – 18 mln, Facebook – 7,6 mln, Instagram – 7,1 mln, VK – 1,4 mln, LinkedIn – 528 ming, Twitter – 148 ming.

Xuşnudbek Xudoyberdiyev qora çarm divanda Uzbekistan’s Club jurnalini öqib ötiribdi

Bloger aslida kim?

Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş töğrisidagi qonunining 3-moddasida quyidagiça taʼrif berilgan: “Bloger – Internet jahon axborot tarmoğidagi öz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan, ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa xususiyatga ega axborotni joylaştiruvçi, şu jumladan axborotdan foydalanuvçilar tomonidan uşbu axborotni muhokama qiliş uçun joylaştiruvçi jismoniy şaxs”.

Aslida şu taʼrifga tuşadigan hamma bloger. Bu degani Özbekistonda bir neça million bloger bor va buning sira xavotirli joyi yöq. Lekin köpçilik özini bloger deb hisoblamaydi. Masalan, raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatovning Facebook, Telegram, Twitter kabi tarmoqlarda profili bor va doimiy postlar qoldirib boradi. U ham blogermi? Qonun böyiça – ha! Ammo u özini bloger deb hisoblamaydi. Bunday misollar millionlab topiladi.

Haydovçi va bloger

Fikrimça, bloger deb hisoblaş uçun kasbga aylangani va daromad olganiga qaraş kerak. Buni haydovçilar misolida tuşuntiraman. Qonun böyiça haydovçi kim? Yöllarda transport vositasini boşqarib borayotgan şaxs. Kasbi yoki lavozimidan qatʼi nazar, maşina boşqarayotgan barça inson haydovçi. Lekin kasb haqida gap ketar ekan, biz biror taşkilotda haydovçi lavozimida işlayotgan yoki taksi qilib, daromad olayotgan insonlarnigina haydovçi deb bilamiz. Vaholanki, Özbekistonda 10 mln odam maşina haydasa, 10 mln haydovçi bor. Ammo ongimiz faqat professional faoliyat bilan şuğullanadigan va daromad olayotganlarni haydovçi deb qabul qiladi.

Xuşnudbek Xudoyberdiyev qora fonda tabassum qilib, şimi tasmalarini uşlab turibdi
Xuşnudbek Xudoyberdiyev qora fonda tabassum qilib, şimi tasmalarini uşlab turibdi

Blogerlikda ham şunday. Doimiy faoliyat yuritadigan, yaʼni bu iş bilan professional şuğullanadigan va, ehtimol, buning ortidan daromad köradigan insonlarni bloger sifatida qabul qiliş kerak. Garçi qonun böyiça ijtimoiy tarmoqda sahifa yuritadigan barça bloger deb hisoblansa ham.

Tanqid qilmasang, blogermassan

Obunaçilar közi bilan qarasa, yanada qiziq holat. Dunyo amaliyotida turizm, moda, kulinariya, avto, sport, sanʼat va boşqa köngiloçar mavzularda ijod qiladiganlarni bloger deyişsa, Özbekistonda hukumatni tanqid qilmagan va siyosat haqida yozmagan insonni odatda bloger deb hisoblaşmaydi. Töğri, sönggi paytlar biroz vaziyat özgaryapti. Menimça, bu yurtimizdagi söz erkinligining rivoji bilan boğliq. Çunki bizda söz erkinligi evolyutsion emas, revolyutsion yöl bilan rivojlandi. Ğarb mamlakatlari bir tekis rivojlanib kelgan bölsa, biz uzoq yillik yopiqlik davridan söng, birdan oçiqlik sari ketdik. Xuddiki, bir neça yil töğonda suvni saqlab, bir deganda suvni qöyib yuborgandek.

Odamlarda siyosiy mavzularda katta çanqoqlik bor edi va şu sababli ham tanqidçi blogerlarga katta talab şakllandi. Yuqorida aytganimdek, vaqt ötişi bilan bu ham iziga tuşadi.

Xuşnudbek Xudoyberdiyev qora fonda galstugini tuzatib, jilmayib turibdi

Blogerlarni taʼqib qiliş

Özbekistonda “Blogerlar köpayib ketyapti, ularni tartibga soliş kerak, taşkilot tuzib, röyxatini qilaylik, guvohnoma beraylik”, degan qaraşlar bor. Bu notöğri tasavvur. Blogerlarni röyxatga oliş yoki ularni bir taşkilotga birlaştiriş axborot makonimizni xavf ostiga qöyadi. Çunki har qanday röyxat oxir-oqibat “qora röyxat”ga olib boradi. Bu esa “maska” va feyk akkauntlar, anonim profillar köpayişiga olib keladi.

Anonimlik – bu masʼuliyat yöq, degani. Öz nomidan munosabat bildirganda, har qanday odam uni aqli yetgan darajada qonuniy yozişga harakat qiladi. Garçi qonunlarni umuman bilmasa ham. Anonim bölganda esa, u daho bölsa ham, barça masʼuliyat zimmasidan yeçiladi.

Robert Luis Stivensonning “Doktor Jekil va Mister Haydning ğayritabiiy tarixi” nomli asari bor. Unda doktor Genri Jekil bir dori öylab topadi va uni qabul qilganida butunlay boşqa qiyofadagi insonga aylanadi. Tabiatan muloyim va xuşfeʼl bölgan doktor qiyofasini özgartirgaç vahşiyga aylanib ketadi, qotilliklar qiladi. Çunki odamlar uni yuzidan tanib ololmas edi, boşqaça aytganda u – anonim.

Şuning uçun ham blogerlarga qança taʼqib kuçaysa, axborot makoni şunça loyqalaşadi va davlat bundan köproq zarar köradi.

Blogerga javobgarlik öta oğir

Özbekistonda jurnalist va blogerlarning xatosi öta oğir jinoyat sifatida qabul qilinadi. Aniqroq aytsak, Jinoyat kodeksidagi köplab moddalarda öşa qilmişni OAVda yoki internetda qiliş oğirlaştiruvçi holat sifatida belgilangan.

Masalan, siz 30 ming kişilik stadionda mikrofon orqali kimnidir haqorat qilsangiz, bu maʼmuriy javobgarlikka sabab böladi. Agar şu işni internetda qilsangiz, bu töğridan-töğri oğirlaştiruvçi modda sifatida jinoiy javobgarlikka tortişga asos böladi. Garçi sizning postingizni atigi 50 kişi körgan bölsa ham. Bu mantiqqa töğri kelmaydi-ku.

Tuhmat va haqorat uçun jurnalist yoki blogerga jinoiy javobgarlik bilan tahdid qiliş notöğri. Buni bosqiçma-bosqiç dekriminalizatsiya qiliş va maʼmuriy yurisdiksiyaga ötkaziş kerak. Kimningdir şaʼni toptalgan bölsa, bu umuman fuqarolik yurisdiksiyasiga tegişli. Maʼnaviy zarar uçun fuqarolik tartibida jarima undirib olsin. Davlat bunga aralaşişi şart emas.

Dunyoning köplab mamlakatlarida tuhmat yoki haqorat jinoiy javobgarlik keltirib çiqarmaydi. Afsuski, bizda bu qörqitiş va taʼqib qilişning qurollaridan biri bölib qolmoqda.