Şaxsiyatimi, xöş, şaxsiyatiga kelsak..... Bu yoğini uning özidan eşita qolamiz.

Bolalik
Bolalikda rassom bölişni orzu qilganman. Atrofdagilar fikrimdan qaytarişgan, rassom bölib qayoqqa borarding-u, qança pul toparding deb. Hozirgi faoliyatim ham ijod bilan boğliq bölsa-da, rassomlik orzusi uşalmay qoldi, örganay desam, vaqt qani endi? Kasb tanlaş arafasida turganlarga maslahatim: orzularingizga sodiq böling, aks holda armon bilan yaşaysiz.
Bolaligimda öqigan Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzaştlari” kitobi menda kuçli taassurot qoldirgan. Öşanda asarning mağzini yaxşi çaqa olmagandirman. Ammo kitobda hayotning mazmuni haqida juda çuqur faylasufona fikrlar bor.
Boyöğlining finjoni
Qahva yoki çoy? Men uçun ikkisining ham öz örni bor. Kun, tabiiyki, qahvadan boşlanadi. Sutka davomida esa çoyni köproq tanlayman. Foydalilik nuqtayi nazaridan çoy ustunroq tursa-da, men uçun bu kayfiyat masalasi.
Erta tongda uyğona oladiganlarga havas qilaman. Harçand urinmay, buni özim uçun odat qila olmadim. Men tun kişisiman, allamahalda yaxşiroq ijod qilaman. Hammaning ham öz mahsuldorlik soatlari bor.
Hozir farzandli bölganim uçun barvaqt uyğonadigan kunlarim ham böladi. Lekin tarki odat amrimahol – baribir “boyöğli” bölib qolaveraman.
Sayohat, o, sayohat
Men uçun mukammal kun – oilam bilan yangi manzilda ötkazilgani. Maza qilib toza havodan töyib-töyib nafas olsang, muammolarni öylamay vaqt ötkazsang. Qaysi davlat, qaysi maskan ekanligi esa muhim emas.
Tabiat qöynida vaqt ötkaziş jon-u dilim. Xoh dengiz bölsin, xoh toğ. Şunday onlarda heç narsa haqida öylamaslikka harakat qilaman. Kundalik hayotda şundoq ham fikr-u yodimiz doim band. Baʼzida xayollarga dam beriş kerak.
Noqulay xislat
Faoliyatimda kimdir işonçimni oqlamasa, xayrlaşaman. Avvaliga imkon beraman, albatta. Ammo holat takrorlandimi, demak, dunyoqaraşimiz, yöllarimiz boşqa-boşqa. Janjal, gina-arazdan, adovat saqlaşdan foyda yöq. Bu yeçim böla olmaydi. Işonçingizga munosib böla olmaganlarni şunçaki hayotingizdan çiqarib taşlaş kerak.
Perfeksionistman. Ilgari bu juda muhim, har kimda bölişi zarur xislat deb öylardim. Hozir fikrim özgargan. Bu xislat biznesda xalal beradi. Biznes uçun tavakkal va tezlik muhim. Perfeksionist esa bunday xususiyatlarni namoyiş qilişi qiyin. Şuning uçun baʼzida içimdagi perfeksionistni “öçirib turişga” harakat qilaman.
Buriliş
Italiyada tahsil olgan yillarim hayotimda katta özgariş yasagan. Bu mamlakatning ob-havosi, odamlari menga katta taʼsir qilgan. Ularning hayotga bölgan munosabati, zavqlanib yaşaşi, bizdan farqli ölaroq moddiyatdan qançalik yiroqligi hayron qoldirgan. Italyanlar har bir lahzani his qilib, lazzatlanib yaşaşadi. Heç şoşilganlarini körmaysiz, bu baʼzida pand berişi mumkin, lekin ular çin maʼnoda yaşaydi. Boy bölsin, örtahol bölsin, bari hayotsevar.
Eng keraklisi…
Har bir inson uçun hayotda muhim fazilat bu – uddaburonlik. Gohida atrofdagilarga yoqmasligi mumkin, ammo aynan uddaburon kişigina öz maqsadlariga erişa oladi.
Odamlarda men eng qadrlaydigan sifatlar – insoniylik va samimiyat. Yolğonga esa umuman toqatim yöq.
Mehr
Mehr haqida söz borganda avvalo ota-onam haqida öylayman. Ammo bolalikda ular oldimda köp bölişmagan, olis yurtda mehnat qilişgan. Buxoroda bobom va buvimning qaramoğida ösdim. Eng kenja va eng suyukli nevara edim. Buvimdan hatto ovqat pişirişni örganganman, közlari yaxşi körmasdi, nima qilişni aytib turardilar, men bajarardim. Şu insonlardan kezi kelganda dakki ham yeganman, ota-onamçalik mehr ham körganman.
Men uçun eng yaxşi ota-ona bu – farzandining xohiş-istaklarini hurmat qiladigan, erta yoşidanoq uni şaxs sifatida köradigan, uşalmagan orzularini bolasining böyniga ilib qöymaydigan ota-ona.
Özgalar
Boşqalarning fikri men uçun muhim emas, desam aldagan bölaman. Inson borki, atrofdagilarning özi haqidagi fikri bilan qiziqadi. Lekin bu ularga yoqiş kerak, ularning fikri bilan yaşaş kerak, degani emas. Bu şunçaki bir ölçov. Masalan, sahifamga bir xabar joylasam, qöllab-quvvatlovçilardan köra qarşi fikr bildirganlar köproq bölsa, demak, öz ustimda işlaşim kerak. Qayerdadir xato qilganman, xatolar esa meʼyoriy holat.
Xabarlarimga qoldirilgan izohlarni öqib çiqişga harakat qilaman. Maqsad – postning mohiyati qançalik anglangani haqida tasavvur hosil qiliş. Lekin doim öqişga vaqt ham, sabr ham yetmaydi. Ilgari har bir izohni könglimga yaqin olardim. Hozir tuşundimki, dunyoda 8 mlrd inson bölsa, 8 mlrd xil fikr bor. Hammaga yoqişning iloji yöq. Har kimning qariçiga tuşaman desangiz, umr yetmaydi-ku axir.
Ilhom. Taqdir
Taqdirga gohida işongim kelmaydi, baʼzida esa işonişdan bölak çoram qolmaydi. Menimça, inson taqdirini muayyan darajada özi yarata oladi. Hammasini taqdirga havola qilib, qöl qovuştirib ötirmasdan, harakat qiliş kerak. Optimistman, şuning uçun har narsaga taqdirni rökaç qiliş hayotdagi tamoyillarimga töğri kelmaydi.
Men istalgan odamdan ilhom olişim mumkin. Ota-onamdan tortib begona odamgaça. Stiv Jobs-u şaxmatçi çempionlarimizgaça. Hatto tirikçilik taşvişida yurgan oddiy insonlar ham kezi kelganda ilhom bağişlaydi. Mukammal odam yöq, mukammallikka intilişning özi xato.

Umr
Men sotib olişni istagan, lekin imkoni bölmagan narsa bu – vaqt. Yoş ötgani sari vaqt tobora şiddatliroq ötayotgandek, sutkada 24 emas, 14-15 soat yaşayotgandekman xuddi. Rejalaştirilgan işlarga ulguriş qiyin. Hozir 33 yoşdaman. Ilgari bu yoş juda uzoq manzildek tuyulardi...
Vaqt eng qimmatli narsa, uni sotib olib bölmaydi. Heç narsa bilan baholab bölmaydigan yana bir boylik – soğlik. Bu ham qaysidir maʼnoda vaqt bilan boğliq, vaqt ötgani sayin soğlikdagi muammolar ham özini bilintira boşlaydi.
Tina IMAMJAN suhbatlaşdi.




