Men hatto onamning qişloqdagi eng erka kelin bölganiga ham işonmayman hozir, uning hayoti ham qişloqdagi qolgan ayollar hayotidan farq qilmagan – kelinlik esa yangi xonadonga tuşgan har bir qizning biroz vaqtgaça öşa xonadonga könikişi va töy atalmiş hayotni özgartiradigan voqea xursandçiligining biroz vaqt davom etadigan eyforiyasi deb öylayman. Onamdan farqli momom heç qaçon ötgan hayotini ökinç bilan eslamasdi. Uning qayğusi ölimidan edi. Bir kun qattiq yomğir yoğdi – jala edi.

Bizda qoramol va uşoq mollar ham bölingan edi. Mol asosiy boylik, momomning uçta har bahor egiz tuğadigan qötir eçkisi bor edi. Momom özi qarardi. Onamning bitta soğin sigiri va uning buzoği bor edi. Qaysidir pallagaça hamma qoramollar momomniki edi. Momomning mollarini nima qildik, sotib yeb yubordikmi, yo uyga nimadir oldikmi – eslolmayman. Balkim momom qoramollar ham, uy ham meniki, degani uçun onam öziga alohida mol qiliş qasdiga tuşib qolgan va qölidagi kasbi – hamşiralikdan, qişloqdagi kasallarning har birining uyiga borib qilgan muolajalari haqqidan orttirib mol oldi. Buning ustiga onam uyda noqonuniy tarzda bölsa ham dori sotardi. Markazdagi dorixonalardan dori olib kelib qöyar, faqat özimizning qişloqdoşlarmas, atrofdagi qişloqlardan ham odamlar kelib dori olardi. Bizning qişloqlar tuman markazidan ançayin uzoq, dori sotadigan odamlar kam, oxir-oqibat bu onamning özini va vaqti kelib bizning ham öqişimiz, ust-boşimiz uçun pul olib keladigan yaxşi daromad manbasiga aylandi.

Közoynakli ayol kaftini kameraga qarata çözib turibdi, oq-qora surat

Öşa jala yoqqan kun bahorning bir kuni edi. Maysalar kökarib, mollar endigina kök ötga tuşgan. Uşoq mollarni daladagi maysani yesin deb oçiq dalaga boğlardik. Momom dalada qolgan eçkilarini olib kelib, oğilxonaga boğlaş uçun ketgan, qaytib uyga kirayotganida esa darvozaxonaning oldida oyoği loyga toyib yiqilib tuşgan, ust-boşi, doim örilib boşiga öralgan römol ostidagi soçlarigaça loy va şalabbo edi. Momomga yomğirda yiqilib tuşgani qattiq alam qildi – hammadan alamlisi onam öşa darvozaxonaning oldiga bir toğora suvni ağdarib yuborgan, battar toyğoq bölib qolganiga momom çidolmagan edi. Onam, albatta, buni ataylab qilmagan, momom ham buni bilar, lekin ikkalasi ham bir-birini ayblaş va alam oliş uçun tuğiladigan har qanday sababni ötkazib yuborolmasdi.

Momom jahl, nafrat va xörlik bilan uyga kirar ekan, menga kelib – “men ölganimda kun körmay ötgan momom deb yiğla”, dedi. U şundan boşqa gap aytmadi. Aytgani ham mana şu gapçalik muhim bölmaganki, esimda qolmagan. Momom bu gapni şu tarzda aytdiki, xuddi ikki yelkamdan tutib silkitib-silkitib tahdid qilayotganday edi menga. Momom kelib meni silkitmagan bölsa ham, uning gapi butun aʼzoyi badanimni, ruhimni silkitib ötgandi. U bungaça ham bunaqa gapni aytgandir balki. Lekin ayni öşa safargidek iç-içdan töliqib va hamma narsadan çindan töygançalik ohangda aytmagan. Albatta, bu gapdagi zalvor va alam onamga tegişi, özini aybdor his qilişi uçun edi. Onam momomga öxşagan kampirlarni qişloğimizdagi köp öğil va kelinlar alohida qilib qöyib, non-oşiga qaramay qöygani, otam onasini boşida kötarib, momomga körsatayotgan bu izzat-hurmat uçun şukr aytişi kerakligi haqida nimalardir deb ğöldiragan bölsa ham, özini aybdor his qilganini közida körib qolgandim.

Bir-birlarini zimdan yançişlarining çeki yöq edi. Ayniqsa, otam sovxozlar tugatilib, işdan ayrilgani uçun köpçilikning tirikçilik manbayiga aylangan tumanning qöşni mamlakat bilan çegaradagi kölga baliq tutişga ketar, baʼzida köproq pul olib keliş uçun rözğorga, oylab uyga kelmay qolib ketardi. Otam bölmagan kunlar dahanaki janjallar avjiga çiqar, şunaqa paytlari tuşunardimki, otam bölganida har ikkalasi içidagi nafratini taşqariga çiqarişga hayiqişardi. Otam bölganida ham men uçun quvonçli edi deyolmayman. Endi otam va onam özaro janjallaşar, onamning nolib va yiğlab aytişiça, öşanaqa paytlar momom otamga aql bermas, xotiningni urma deb aytmas, qaytanga haybarakallaçilik qilib, yonğinga olov separmiş. Lekin men momomning otamga onam haqida biror narsa deganini eşitmaganman. Odatda, ular alohida sirlaşar edi. Aynan şu narsani onam qabul qilolmasdi. Faqat baʼzida xayol surib yarim tungaça uxlolmagan paytlarim – momomning yonida yotardim – momom piçirlab öz-öziga nimalarnidir gapirayotganini eşitardim. Boşida eʼtibor bermasdim, keyinçalik yaxşilab quloq solsam, onamning kun davomida qilgan işlari haqida öz-öziga gapirar, tabiiyki, norozi bölar, notöğri deb bilar, sökar va qarğar edi. Momom bu işni har tun qilardi. Men azbaroyi bu gaplarni eşitişdan içim oğriganidan, onamga yönalgan qarğişlarni xuddi eşitmagan kabi jimgina qabul qilişga majburligim, bu haqda birovga inday ham olmasligimni bilganimdan erta uxlab qolişga harakat qilar, xayollarimda yoruğ hayot yaratiş fikridan ham voz keçgandim. Xuddi şunday haqorat va qarğişlarni onam ham kanda qilmasdi.

Qöllari qöğirçoqdek iplarga boğlangan ayol oq fonda turibdi, oq-qora surat
Qöğirçoqdek iplarda osilib turgan ayol, oq-qora surat

“Mana şu oddiy hayotni yaşaş qiyin!”

Ruhimizning iltijolari onam va momom uçun oddiy va muqarrar qismati oldida yagona taskin, yupanç, men uçun esa uzoq-uzoqlarga ketib qoliş umidi edi.

Faqat onam momom kabi içida aytmas, töğridan-töğri aytib qöyaverardi, faqat momomga qarata aytmas, menga qarata aytar, qizim senga aytaman, kelinim sen eşit edi bu yoği. Men umuman tuşuna olmasdim, qaysi ayblarim uçun onam menga bunça nafrat soçadi, qarğaydi, haqorat qiladi. Momomning piçirlaşlaridan sezgandimki, aslida u gaplarning hammasi momomga qarata aytilar, lekin menga oğir taʼsir qilganidan men biror iş qilişdan dovdirar, ötirsam öpoq, tursam söpoq his qilib qolgandim özimni. Aslida esa onam momomning özini şunday his qilişini istar edi. Ammo men bola ruhiyatim bilan buni anglasam ham, kötarolmas edim. Onam va momom orasidagi kelişmovçilik bir-birini yoqtirmaslikdan yo turmuşning ikir-çikir taşvişlari ustidagi tortişuvdan köra çuqurroq edi. Ular heç qaçon bir-birini tuşunmas, bunga harakat ham qilmas, harakat qilganida ham bundan naf çiqmasdi, deb öylayman. Ular xuddi ikki butunlay boşqa joydan kelib bitta daryoga qöşilgan irmoq edi, Oktavio Pas özining şeʼrida taʼkidlagani kabi.

Momom va onamni butunlay boşqa-boşqa bölgan ötgan hayotlari muhiti va şuning natijasidagi hayotga qaraşlari keskin ajratib turardi.

Onam tuyğularini, iztiroblarini, kulgusini ham birovga körsatmasdi. Mendan ham doim şuni talab qilardi. Albatta, tuyğungni körsatma, deb aytmasdi, ammo talab qiladigan harakatlari şunga olib kelişi kerak edi. Bu mening nazarim böyiça, momomdagi oçiqlikka butunlay zid edi. Yozyapman-u, ammo men momomni baholay oladigan darajada yaxşi bilarmidim, degan şubhaga boryapman – demak, momom borasidagi baʼzi baholarimda hali nohaqman, yaxşi bilmasligimni tan olib boryapman. Onamdagi bu yopiqlik hayotni qabul qilolmasligidan deb öylayveraman – hozirça boşqa javobim yöq. Unga istaganini bergan emas, istaganini bermagan hayotni qabul qiliş – undan ham yomoni, bu hayotda oddiy bir insonligini, oddiy ayolligini... Men onamda körganim doimiy iztirob, viqor evaziga doim onamda oddiy bölmagan nimadir bor deb öylaganman yoki barça farzandlar onalarini şunday qabul qilişadi. Onam va momom örtasida qolib ketganimda ham momomning oddiy bir insonligini bilardim, lekin onam nazarimda unday emas edi va u özini öz viqoriga mos idealdagidek tutişi kerak edi. Biz ayni şu vajdan onam bilan juda köp janjallaşganmiz, bir-birimizni umuman tuşunmaganmiz va men onamni şunçaki bir oddiy ayol sifatida qabul qilişga yillar davomida qiynalib keldim. Odatdagi janjallarimizdan birida onamni jerkib taşlab, nimalarnidir tuşuntirarkanman – onam endi mutlaqo xotirjam tarzda: “Men oddiy ayolman, köp narsani bilmayman, qişloqdan çiqmaganman, faqat şu qişloq doirasidagi narsanigina bilaman, menga bunday tuşuntirişing şart emas, bölganim şu”, – dedi. Onam allaqaçon hayotiga könib bölganini öşanda nogoh anglaganman (onam köngan hayotga köniş baʼzan menga qiyin keçadi). “Mana şu oddiy hayotni yaşaş qiyin!” Bu gapni onam aytmagani aniq, ammo men onam aytgan gaplar taʼsirida yurganimda kimdir aytdi – balki köçada ketayotganimda kimningdir suhbatida eşitib qoldim, balki bu bir gallyutsinatsiya.

Onam, momom, men ham mana şu oddiy hayotimizda yolğiz va özaro bir-birini tuşunişga qiynalgan va öta bir-biriga boğliq odamlarning – har birimizning ruhimizning öz iltijosi bor edi. Onam öçoq ustida, qozonning 4 çetiga yoğ quyib iltijo qilar, momom yotayotganida duo öqir, men esa yerquduq böyida suvga qarab duo qilardim. Ruhimizning iltijolari onam va momom uçun oddiy muqarrar qismati oldida yagona taskin, yupanç, men uçun esa uzoq-uzoqlarga ketib qoliş umidi edi.