El netib topgay meni, men özimni topmasam..?
Mendan köpçilik söraydi: “Youtube kanal oçmoqçiman, unda nima haqida gapirsam böladi?” Bu – notöğri savol!
Bu savolni berdingizmi, demak siz hali Youtube loyiha qilişga tayyor emassiz. “Subyektiv” loyihasini oçişdan avval men özimga savol berganman: Men kimman özi? Jamiyatga qaysi bilim yoki fikrim bilan yordam bera olaman? Meni qaysi mavzular qiziqtiradi yoki xavotirga soladi? Qaysi mavzularda men tinimsiz gapirişga tayyorman?
Ekologiya! Bu mavzu meni ança yillardan beri qiynab kelardi, şu sababli “Subyektiv”ning birinçi sonini aynan atrof-muhit muammosiga bağişladik. “Yedi”, minglab izoh, ön minglab layk, yuz minglagan körişlar soni bilan... Youtubeʼda ijod qilişni boşlamoqçi bölganlarga maslahatim ham şu! Şu savollarni özingizga beriş orqali kim ekanligingiz va ommaga nima bera olişingizni anglaysiz. Bu sohaga faqat pul uçun kirganlarning ketmoni uçmaydi.

Odamlarga yoqdi, endi bu masalada murosaga örin yöq
Bizning qadriyatimiz – qiziqarli, sifatli va foydali kontent tayyorlaş. Qiziqarli lekin foydasiz ham emas, foydali lekin sifatsiz ham emas. Hammasi birda bölişi kerak.
Agar maqsadimiz şunçaki hayp yoki taniliş bölganda edi, şunçaki biror bir maşhur insonga noqulay savollar berib, intervyu olgan yoki baçkana hazillardan iborat şou qilgan bölardik. Afsuski, jamiyatimiz haligaça bu turdagi kontentni köproq isteʼmol qiladi.
“Subyektiv” loyihasini endi boşlagan paytlarimizda özbekzabon auditoriya bu kontentni qanday qabul qilişi mavhum masala edi, lekin natijalar özini kuttirmadi. Bu loyiha sifatli va foydali kontent bilan ham tomoşabinlar eʼtibori va eʼtirofini qozoniş mumkinligini isbotladi. Demak, özbek xalqi yuqori saviyali kontent isteʼmol qilişga tayyor va aynan şunday kontentlarini qörqmasdan köpaytiriş mumkin.
Taʼlimdagi oqsoqlik – markaziy mavzu, u muammolarning doyasi
Meni media sohasiga tasodifan kirişimga aynan bizdagi taʼlim tizimining ayançli ahvoli sabab bölgan. Men haqiqiy abituriyent bölganman, oliygohga kiriş uçun tört yil tinimsiz tayyorlanganman va öşa paytlarda oliy taʼlimdan kutadiganlarim juda köp edi.
“Oliygohga kiriş şu darajada qiyin bölsa, u yerda beriladigan bilimlar ham şunga yaraşa bölsa kerak” degan fikr menga motivatsiya berardi. Afsuski, men öqigan yillar bu fikrning aksini tasdiqladi. Oliy taʼlim tizimidan hafsalam butunlay pir böldi va… Tizimdagi barça xato va kamçiliklar haqida videorolik tayyorlaşga qaror qildim. Mana şu video hayotimni 180 darajaga özgartirdi va media olamga yöl oçdi.
Keyinçalik jamoamiz bilan ham taʼlim, saviya va savod masalalarini goh alohida, goh boşqa mavzulardagi ijod namunalarimizning atrofida kötardik. Çunki, mening fikrimça, Özbekistondagi aksariyat muammolar negizida bilimsizlik, saviyasizlik yotibdi. Agar ötgan davrda taʼlim sifati yaxşi bölib, barça yoşlarni qamrab olganida hozir Rossiyada minglab qoraközlarimiz köça supurib yurgan bölarmidi?! Ritorik savol.
Özbek xalqi qora işçi emas!
Men bunga turli davlatlarda öz örnini topgan yurtdoşlarimiz bilan suhbatlaşib amin böldim. Oddiy misol: yer yuzidagi barça yangi texnologiya va innovatsiyalar markazi hisoblangan Kremniy vodiysidagi Google, Microsoft, Amazon, eBay, Facebook kabi gigant korporatsiyalarda köplab hamyurtlarimiz işlaydi.
Eng qiziqarli tarafi, men suhbatlaşgan Google muhandislari Özbekistonning deyarli heç kim bilmaydigan çekka-çekka qişloqlaridan çiqişgan. Lekin şunday holatdan dunyodagi top kompaniyagaça bölgan yölni bosib ötişgan. Işonçim komil, bunday hamyurtlarimiz dunyoning istalgan nuqtasida topiladi. Agar yurtimizdagi taʼlim sifatiga eʼtibor qaratilsa, bu effekt neça barobar oşişini endi tasavvur qilavering.

Özimizni hurmat qilişni örganişimiz kerak!
Millat imijini mozaika desak, undagi har bir bölak – bu bir özbekistonlikdir. AQŞ, Rossiya, Koreya – qayerda bölişimizdan qatʼi nazar – biz haqimizda şakllanadigan har bir fikr va taassurot millat imijiga taʼsir qilmay qolmaydi.
AQŞ va Meksika çegarasi haqidagi körsatuvimizni tayyorlaş jarayonida vatandoşlarimizga juda açindim. Öz hayotini xavfga qöyib, ön minglab dollar sarflab, botqoq, toğlar va örmon oralab uzoq yöl bosib ötib, özga yurtdan boşpana söraş – bu qayğuli holat. Bir narsa esimizdan çiqmasligi kerak: çegaradan nolegal ötib borgan har bir “talaba” yoki “sayyoh” vizasi bilan boşqa davlatga borib, qonunga zid ravişda qolib ketgan har bir özbek hamyurtimiz qolgan vatandoşlarimizga nisbatan ham munosabat özgarişiga olib keladi.
Birgina misol: juda köp özbekistonlik talabalar AQşga öqiş uçun borib, qolib ketişadi. Bu esa haqiqatdan ham öqiş uçun bormoqçi bölgan talabalar viza ololmasligiga olib keladi, çunki barçamizning pasportimizga “Özbek” deb yozilgan.
Söngsöz
Har bir özbekistonlik – bu Özbekiston ambassadori. Şu narsani barça hamyurtlarimiz iç-içlaridan his qilişlarini xohlar edim.
Global miqyosda barçamizning missiyamiz bir. “Men özbekman” deb uyalib emas, balki faxrlanib aytiş. “Men özbekman” deganda barçaning köz oldiga Özbekiston, uning ajoyib insonlari kelişi kerak.




