Uçiş-qöniş yölagining ikki çetiga öt öçiriş maşinalari borib joylaşdi. Ular yuqoriga qarab suv purkay boşladi. Favvoralar tutaşib, yoy hosil qildi. Aniqroği, guvillagan, jilğali bir ark. Yangi Let L-410 havo kemasi uşbu yomğir arki ostidan ötib, belgilangan joyda töxtadi. Salomlar, qutlovlar, gullar, intervyular, fotosuratlar... Flotning yangi aʼzosi muvaffaqiyatli va tantanali kutib olindi.

Uzbekistan Airways boşqaruv raisi Şuhrat Xudoyqulov aeroportdan yana ofisiga oşiqmoqda. Yölda suhbatimiz boşlandi:

Şuhrat Xudoyqulov — Orzular parvozi

– Bu L-410 flotimizda uçinçisi böldi, avvalroq şu modeldagi havo kemasidan ikkitasini sotib olgan edik. Bu uçoqlar Möynoq, Zomin, Şahrisabz kabi hududlarga boradigan yölovçilarimiz uzoğini yaqin qiladi. Odamlarimiz bugun köp uçişyapti. Mahalliy aviaqatnovlar bozorida biz, xususan, bizga qaraşli Silk Aviaʼdan taşqari bir neçta aviakompaniya bor.

– Demak, Uzbekistan Airways ortiq monopolist kompaniya emas. Raqobat bor.

– Ha, lekin biz mahalliy aviakompaniyalarimiz uçun raqobatçi emasmiz. Bu aviakompaniyalar rahbarlari, mutaxassislarining aksariyati avval Uzbekistan Airwaysʼda işlagan... Ular bilan yaqin hamkormiz. Misol tariqasida, bir xususiy aviakompaniya uçoqlar sotib olgaç, rejalari keçikdi, biz u kemalarni qisqa muddatli şartnoma bilan ijaraga oldik. Xullas, hamjihatmiz, munosabatlarimiz döstona.

Şuhrat Xudoyqulov — Orzular parvozi
Şuhrat Xudoyqulov — Orzular parvozi

Ofisga kirgaç, qahva ustida transformatsiya haqida gaplaşa boşladik.

– Buning barçasi – Özbekistonda 2017-yildan keyin boşlangan katta islohot dasturining şarofati. Davlat rahbarining taşabbusi va maxsus farmoni bilan 2018-yilda bizning kompaniya özining turli funksiyalaridan ozod qilinib, aviakompaniya sifatida ajratildi. Aeroportlar alohida kompaniyaga ötkazildi, alohida regulyator taşkilot şakllantirildi. Kompaniyamizning transformatsiyasi ham, fuqaro aviatsiyasi sohasini zamonaviylaştiriş ham ayni şundan start oldi, deb öylayman.

Iş nimadan boşlandi? Men xorijdan qaytib, aviakompaniyaning tijoriy direktori böldim. Çet davlatlarda men kabi 40 dan ortiq vakilimiz bor edi. Biz ularni Özbekistonga qaytarib, töplagan bilim va tajribalarini şu yerda joriy etişga undadik. Çipta narxini tuşirdik, qatnovlar sonini köpaytirdik, aviaparkimizdagi samolyotlar sonini muntazam oşirib kelyapmiz. Yiliga 7-8 ta uçoq qöşib. Flot kengayyaptimi, demak, köproq işçilar, uçuvçilar, bort kuzatuvçilar, havo kemalariga xizmat körsatuvçi, ularni taʼmirlovçi jamoa kerak. Hamma xodimlarni özimizda xalqaro standartlarga mos tarzda va milliy öziga xosliklarni hisobga olib öqitiş tizimini rivojlantirdik. Eng sönggi modeldagi samolyotlarga ham çet elda emas, özimizning Uzbekistan Airways Technics korxonasida xizmat körsatiladi.

Şuhrat Xudoyqulov — Orzular parvozi

– Şu yil yozda Uzbekistan Airways rebrending qilganida “Markaziy Osiyo qanotlari” degan şiorni tanladi. Demak, kompaniya raqobatçilarini mamlakat içidan emas, mintaqamizdan qidirişi kerak ekan-da?

– Nafaqat mintaqadan! Bu butun dunyoga qaratilgan messej. Avval Havo yöllari kompaniyasi aeroportlarga egalik qilardi. Xorijiy kompaniyalar qaysi şaharlarimizga parvoz oçişini ham “Havo yöllari”ning özi hal qilar, aviatsiya tilida aytganda, “slot” berar edi. Hozir Uzbekistan Airports kompaniyasi bilan şartnomamiz bor, dunyoning boşqa aviakompaniyalari ham biznikiga öxşaş şartlarda Özbekistonga kirib kelyapti. Mana eng katta raqobat! Bizning ham Turkiyaga reyslarimiz bor, Turkish Airlinesʼning ham. Biz ham Koreyaga parvozlar yölga qöyganmiz, Korean Air ham. Bozor munosabatlariga asoslangan bunday yangi vaziyat bizni yangiça fikrlaşga, kompaniyaning turli böğinlari böylab katta özgarişlar qilişga undayapti. Bozor çipta narxini belgilayapti, xizmat körsatiş hamda ketring (uçoqda ovqat bilan taʼminlaş) sifatini yanada oşirişni taqozo qilyapti.

Töğri, köplab körsatkiçlar böyiça biz Air Astanaʼni özimizga raqobatçi sifatida köramiz. Ammo mintaqamizda Nyu-Yorkka faqatgina Uzbekistan Airwaysʼning töğridan-töğri reysi bor. Tokioga ham. Qöşni mamlakatlardan avval Toşkentga kelib, keyin boşqa davlatlarga uçib ketiş tendensiyasi rivojlanyapti.

– Toşkentni ham Istanbul kabi şarq va ğarb uçraşadigan yerga aylantiriş öta balandparvoz maqsad emasmi?

– Ha, lekin biz geografik jihatdan unikal hududda joylaşganmiz. Özaro köp yölovçilarni almaşadigan manzillarning qoq örtasidamiz, Osiyo va Yevropani boğlab turibmiz. Aslini olganda, bizda transfer yölovçilar böyiça ijobiy körsatkiçlar yöq emas. Şu yil yakuniga qadar umumiy mijozlar sonida transfer orqali uçadiganlar uluşini 10 foizga yetkazmoqçimiz. Jamoamiz kelayotgan yillarda buni 30 foizdan ham oşiriş niyatida.

– Asosan qaysi yönalişlar boğlanyapti şunda?

– Masalan, Uzbekistan Airways orqali Dehlidan Toşkentga kelib, Londonga uçib ketiş mumkin. Biz orqali Koreyadan Yevropaga yöl oliş mumkin.

Umuman, Toşkentni xalqaro reyslar bir-biriga ulanadigan xabga aylantiriş uçun parvozlarimiz geografiyasini ham kengaytirişimiz kerak. Yaqinda Toşkent-Lahor-Toşkent reysi qayta tiklanadi. Biz uçun Pokiston ham katta bozor.

Biroq bizda bir katta oğriqli masala bor. Bu ham bölsa, aviayonilği. Aviatsiyamiz talabining nari borsa 50 foizi mahalliy taklif bilan qondiriladi. Yaʼni yana şunça import qilişimiz zarur, import qilinadigan aviakerosin esa 30 foiz qimmatroqqa tuşadi. Dunyodagi geosiyosiy vaziyat tufayli narx oşib borişi mumkin. Bu esa albatta tannarxga, oxir-oqibat çipta bahosiga taʼsir qiladi. Transfer reyslar odatda arzonroq böladi, bu maydonda raqobat qiliş juda qiyin.

Qiyinçiliklar bor, lekin nima bölganda ham biz oldinga intilyapmiz, biznes optimizatsiya böyiça eng zör mutaxassislar jamlangan departamentimiz moliyaviy hisob yurituvini ham xalqaro standartlarga moslayapti.

Respondentim onlayn sotuvlar tizimi, yangi dasturiy taʼminotni joriy qiliş kabi erişilgan natijalar haqida iştiyoq bilan sözladi.

– “Juda katta maqsad qöyib yubormadingizmi?” degan savolingizga javob bular ham. “Markaziy Osiyo qanotlari” nomiga loyiq bölişga intiliş har kuni işga kelarkanmiz bizni, jamoamiz aʼzolarini ilhomlantiradi, ğayrat bağişlaydi.

Soatimga qaradim, 19:00 dan oşibdi. Tabiiy savol tuğildi:

– Özi neçagaça işlaysiz?

– Eng ertasi 22:00 da ketyapman. Mana, qarang, hali şunça xatni körib çiqişim kerak.

Rais stol ustida turgan jildlarni körsatdi. Çamalab, 15 taça jild sanadim.

– Mana bu jild aviakompaniyamizda 90-yillarda işlatilgan ekan. Ofisdan topib oldim va har kuni işlatyapman. Nega? Sababi bu ham ilhom manbayi. 1993-yilda “Özbekiston Havo Yöllari” Airbus A310 rusumli, öşa davrdagi Özbekiston uçun “kosmos” hisoblangan uçoqni xarid qilib, uni Özbekiston bayroği rangiga böyab, jahon böylab parvozlar oçgan. Bunaqa samolyot butun MDHda faqat bizda bölgan, hatto Rossiyada ham yöq edi. Milliy valyutamiz bölmagan, mutaxassislar esa anqoning uruğidek yetişmayotgan vaqtlar... Bu bir kiçik misol. Eh-he, öşa zamonda aql bovar qilmas işlar qilingan.

Suhbatimiz şu nuqtada emas, kompaniyani toblayotgan qiyinçiliklar, ammo işning nihoyatda qiziqarli ekaniga oid muşohadalardan söng nihoyaladi.

Kabinetdan çiqqaç, Şuhrat Xudoyqulovning biografiyasi haqida öyladim: 2006-yil Sankt-Peterburgdagi aviatsiya bilim yurtini tamomlab, bir umr Uzbekistan Airwaysʼda işlagan inson. Jamoasi bilan yiliga 5 million yölovçiga xizmat körsatayotganidan behad faxrlanayotgan qahramonimiz nafaqat siz-u biz, balki yuzlab xodimlarning orzulari parvoziga javobgardek.