Bruklinning Midvud mahallasidagi ğiştin, qönğir binolar devorlariga ham kun kulib boqqan. Ammo bunda yaşovçilar öşa-öşa tussiz: egnida kulrang-qoramtir kiyim, oşiqqan, qölidagi telefonidan har-har zamonda köz uzib yölga termulib qöyadi va zumda nigohlarini telefonga qayta qadaydi, simli quloqçin taqqanlari boşini sarak-sarak qilib boradi.

Saidaziz Azamov — Qurbon ölam

Köçaning kunlik ahvoloti şu, men sizga aytsam. Uyni şu bahona şamollatib olaman. Bir sovuq yugursa, isitiş amri mahol. Derazani odatdagidek içkariga qattiq tortdim-da, romlariga mixlab qoqilgan qirmizi çoyşabning bir çetini tirqişga joylab, söng dastakni burab mahkamladim. Bu uyga endi-endi köçib kelganimda xonamning kengligi yoqdi-yu, xonani nos hidi tutib ketgani taʼbni xira qilardi. Ha, Amerikada nos. Mendan oldin bu uyda yaşagan akamiz nos çekmasa xumori tutarkanmi, lab-lunjidagini polga sarçatib tupurib, söng uyquga ketarkan. Uyga köçib kirgaç, 5-6 soatlab derazani oçib qöyib, neça kun deganda hiddan arang qutuldim. Biroq xona muzlab, keyin unça-munçaga isimasligidan qiynaldim.

Şahar şovqini qiyilib, uy içidagi fayzli baqir-çaqir quloqni tutdi. “Bacheem! Inja biyo!..” Samarqandlik oila bilan ikki haftadan oşiq yaşab, tojikçani ham sal tuşunib qoldim. Faqat eng köp qaytariladigan sözlarni xolos: “çiroqni öçir”, “eşikni yop”, “idişlarni joyla”, “tezroq qayt”, “tuşundingmi...” Menga eng yoqqani – “ziyod gap nazan” böldi, yaʼni köp gapirma. Dasturxon ustida beixtiyor menga ham tojikçalab “oling” deyişsa, fahmlab ketadigan böldim.

– Saidjo-o-on! Keling, issiqqina non yeng.

Oşxonaga ötaman. Non isi dimoqqa uriladi.

– Ooo, zör-ku. Qarasam, dökondan non olib yemas ekansizlar-a, kennayi?

– Şunnay. Non yopib qöysam, haftaga yetadi. Köçadan olsak qimmat! Keling, ötiring, ötiring.

Kennayi biri öndan oşgan, ikkinçisi ön sakkizga yetib qolgan ikki qoraköz dilbandlarini men bahona stullarga çorladi. Kenjatoyi qölini siltab-siltab öziça rep xirgoyi qiladi. Tönğiçi telefondan közini uzmaydi, özi aytgandek, “sokker” öynaydi. Men ham öz işimga unnayman, öqişga tutinaman. Bugun dam oliş kunim, axir.

Öspirinlar rep, sokkerdan çarçagaç, avtomobil va internetdagi memlar haqida suhbatni qizitdi. Har ikki gapning birida “bruh” deb qöyadi. Qoyil qolsa ham, hafsalasi tuşsa ham, jahli çiqsa ham – “bruh”.

“Ikkita katta pitsa bilan Ginger Ale buyurtma qilsak, zör ketardi-a?” deb ularning gapini böldim. “Facts!” – dedi Şeroz taklifimni maʼqullab. “Xonaga şunça avqot... bularni kim yeydi?” – dedi kenjatoy Amir muştini tugib, onasidan baloga qolişimiz mumkinligiga işora qilib.

Amir maktabda va döstlari orasida inglizça, uyda tojikça sözlaşadi, şuning taʼsirida bölsa kerak, özbekçasi oğzidan na inglizça, na tojikça talaffuzga yaqin bir aftoda sirğalib çiqadi.

Saidaziz Azamov — Qurbon ölam
Saidaziz Azamov — Qurbon ölam

Xullas, bolalar bilan ota-onasi işda mahali biror kun zanjabilli içimlik bilan pitsaxörlik qilişga kelişib oldik. Bu xonadonda ortiqça xarajat, bölib ham, köçadan ovqatlanişga toqat qilinmaydi. Bolalar xona-xonasiga çiqib ketdi, men esa şu yerda – oşxonada qolib, mutolaada davom etdim.

Xonadan kennayining taşvişli ovozi eşitildi. Uzoqdan tuşunarsiz yangragan ovoz yonimga kelgunça balandlab borar, suhbat röparamdagi stulga keliboq uzilişi körinib turardi. “Xöş, Nafis, xöş. Salomat boş”, deb xayrlaşib oldi hamki, kennayi çuqur nafas olib menga yuzlandi.

– Saidjo-o-on, siz telefonni yaxşi tuşunasiz-ku. Şu menga bir odam SMS yozyapti, şuning kimligini topib bilasizmi?

– Kim yozyapti? Nima bölyapti?

– Telegramdan bittasi yozyapti-da... Eringizga köz-quloq böling, men sizni öylab aytyapman, deydi. “Ering kimdir bilan yuradi”, deyapti çoği.

– Tavba, qayerdan topibdi bu gapni?

– Hozir Nafisa bilan gaplaşsam agar, moşenniklar deyapti.

– Ha, şunaqa bölişi mumkin. Hozir köpayib ketgan. Menimça, Telegramdagi guruhdan olgan-da kontaktingizni.

– Eh, buni qarang, erim bölmasa men nima qilaman?!

Şu damda kiçkintoy Amir oşxona eşigini yugurib kesib ötarkan, “Inja biyo, bachem” deb yoniga imladi kennayi. Söng unga tojikçalab taşvişini tuşuntira ketdi. “Dadangsiz nima qilamiz?” degandek maʼnoni anglab olgandek bölaman. Buni ham bola Amirning inglizça aralaş javobidan tuşunaman:

– Biyi, in “scam”* ast. Parvo nakuned.

– Scam? Scami çist?

Kennayi dod solib, tönğiçini ham çaqiradi. Telefonga kelgan boyagi xabarni körsatib, alami tarqamaydi. Qaytanga, battar alanga oladi. Endi men ham xavotirga tuşdim: “Nahotki Farhod aka yurib ketgan bölsa”.

Kennayi qariyalarga ğamxörlik qiladi. Eri Farhod aka ham. Ular Amerikada “home attendant” (uy xizmatçisi) deb ataladigan bu kasbni “xomaten” deb zabonlariga moslaştirib olgan. Farhod aka xizmatdan çiqib, Toyota Camry maşinasida kira qiladi. Inglizçada “yes” va “no”dan boşqa aytarli heç vaqoni bilmaydigan akamizga Uber taksi xizmati texnologiyasi juda qöl keladi.

Töğrisi, umrimda bunday qattiq mehnat qiladigan odamlarni uçratmaganman. Er-xotin haftasiga oltmiş-yetmiş soatlab işlaydi. Bir gal Farhod aka uç kun körinmadi – ikkita işda işlasangiz-ku, uyga kelişga ham vaqt topiş qiyin. Törtinçi kuni kennayim “вот, мой муж молодец, нет слов” deb qarsak çalib kutib oldi.

Xomuş tortib, xayol surib qolibman, kennayim özi qolib meni ovuta ketdi:

– Saidjo-o-on, hay, siz öylamang. Bu erim erta-yu keç işlaydi. Özi-çi, bu kişim haftaga bir çömiladi (xoxolab kuladi). Köçadagi kimga kerak edi u, unga köçadan kim kerak? Heç kim! Farzandlarini yaxşi köradi...

– Ha, kennayi, töğri aytasiz, gumonga bormang. Yozgan odam könglingizga ğulğula solmoqçi bölgan-da...

Avval meni, söng öğillarini özi siqtovga olib, özi ovutgaç, eriga bir neça marta qönğiroq qiladi. Hali uyga kelganida yuzma-yuz gaplaşişga sabri yetmay, boyagi xabarlar daragini söraydi. Göyoki nega xiyonat qilayotganini bilişga oşiqadi. Javobdan qanoatlanmay, göşakni özi qöyib qöyadi. Söngra bir soat nari-berisi yana sim qoqadi.

– Qayerdasiz? Nima qilyapsiz?

– Nima edi? – bu gal göşak ortidan Farhod akaning baqiriği butun xonaga eşitiladi.

Kennayi tişini tişiga qöyib irşayadi-da. Çuqur uh tortib özini bosib oliş uçun barmoqlarini silkitib, oğzini pöşlaydi. Keyin yana “jabrdiyda xotin” roliga kirib: “Sizni birortasi aldab ketsa, men qannay yaşayman?” deydi garçi telefondan bu körinmasa ham, közlarini suzib.

– Bu xotin esdan oğganmi?!

– Sizsiz nima qilamiz? Xonavayron bölamiz-ku. Bu yoqda kreditlar, Samarqandda ipoteka... kim tölaydi? – deydi qitmirona ayuhannos solib.

– Men öynab yurganim yöq, iş-la-yap-man! Bor-ey, xotin bölmay...

Yarim soat deganda jumboqning javobi topildi. Aynan şu akkauntdan Brayton Biçda yaşaydigan bir özbekistonlik ayolga yozişgan ekan. U ayol “haqiqat”ni biliş uçun 500 dollarning bahridan ötib, keyin laqillatib ketişganini bilib qolgan. Nima ham derdim, bu yerlarda odamlar işonçiga kirib, turli yöllar bilan pul undiriş köp uçraydi.

Saidaziz Azamov — Qurbon ölam

Uy tinçlandi. Zalda televizor qöyildi. Ana endi eski odatga köra Samarqanddagi töy videosi kennayini sel qiladi. Ötgan yili ukasining töyi el oğzida doston bölganini sözlay ketadi. Töy rasm-rusumlariga qiziqib televizorga qarayman, serhaşam restoran, pörim kiyingan, şodon odamlar, qiy-çuv, turnaqator kortej. Xayolimga faqat bir gap keladi: nihoyatda gözal.

– Men Yulduz Turdiyevani şunnay yaxşi köraman, Saidjo-on. Töyona bir tomon, Yulduzxon bir tomon böldi-da, qarang, – deb kuy avjida televizor ovozini balandlatadi. “Xalqayi zulfi parişoningga qurbon ölam”...

Xonamga kiraman. Nos hidi anqibmi, tağin derazani oçib, çuqur nafas olaman. Köçalar tobora çiroy oçgan, maşinalar ğuv ötgan, ğuv qaytgan, odamlar özaro söz almaşgan, itlar xurgan, quşlar sayragan, dökonlar gavjum, meksikalik zahmatkaş amigolar yuk maşinalaridan mahsulotlarni yaşiklab taşiyapti. Xullas, Bruklinda hayot qaynayapti.

Söng isitiş amri mahol bölgan baland şiftli xona haroratini öylab, derazani yopaman. Taşqarining şovqini töxtaydi va uydan kennayining jörovoz ohangi eşitiladi:

Man sana qurbon ölam,
Yor sana qurbon ölam...

* Scam – ingliz tilida qalloblik, firib degan maʼnolarni bildiradi.