• Özbekistonliklar haqidagi primitiv tasavvurlardan qutulişimiz zarur.
  • Avloniy yuz yil oldin aytgan gap haligaça dolzarb: tarbiya – hayot-mamot masalasi.
  • Intellektual salohiyati kuçli odamlar – davlat uçun katta boylik.
  • Har bir özbekistonlik kiçik bölsa ham özgariş qila oladi.
  • “Men özbekman, özimga bekman” deb öziga bino qöyiş millatni tanazzulga olib keladi.

Hujjatlar qabuli va imtihon Toşkentdagi boşqa universitet binosida taşkil qilingan, mahalla içidagi kollej va sobiq boğça binosi qayta qurilib, uşbu universitet taşkil etilgan paytdan beri işlayotgan masʼul rahbar meni kiçik muzey bilan taniştira ketdi. 2018-yilda Şerzodxon Qudratxöja öz jamoasi bilan “Milliy universitetning 16-fakulteti” bölgan jurfakda kafedra mudiri bölib işlagan vaqtda mamlakat Prezidenti qöllovi bilan universitetning quruliş işlari boşlangani, ilk yilda 119 ta talaba qabul qilingani haqida menga sözlab berişdi. Keyin faxr bilan bugungi holat haqida aytişdi: ÖzJOKU umumiy 25 qavatdan iborat, öz kutubxonasi, tele-radio studiyalari, media markazi, zamonaviy öquv binolari va yotoqxonalari, deyarli 4000 nafar talabasi, 350 nafar professor-öqituvçilari bölgan, 17 ta jurnalistika yönalişlari hamda siyosatşunoslik, psixologiya, sotsiologiya kabi fanlar öqitiladigan istiqbolli, yirik universitetga aylandi.

Rektor qabuliga kirdim, yiğiliş tugab, yangi darsliklar ustida işlayotgan professor-öqituvçilar çiqib ketayotganida Şerzodxon Qudratxöja ularni stoli oxirida uyulib turgan kitoblar tomonga çaqirdi:

Şerzodxon Qudratxöja — Isteʼdodlar ramzimiz bölsin

“Mahallamizdagi 260-maktabga yuboryapman. Bir nusxadan bersam, bolalar talaşib qolmasmikan? Yaxşisi, ikkitadan beray. Mana qarang: “Törtinçi sanoat inqilobi”, “Molxona”, “Latte omili”... Xö-öş, bunisi nima ekan? Vo, “Gruziya muvaffaqiyatga qanday erişdi?”, mana, “Qörqma”, “Mehrobdan çayon”... Şu kitoblar maktabda yöq ekan-da...”

18:40. Eʼzoz, izzat-ikrom bilan kutib olindim. Çoy va şirinliklar bunday joylarda taklif qilinişi alohida aytib ötiladigan gap emas. Hurmatli rektor keçagina kimdir vohadan eltgan tandir göştga ham oğzim tegişini istadi. Şunday samimiyat bilan suhbatni “özbekistonlik” tuşunçasi, bizning özimiz, özligimiz haqida gaplaşişdan boşladik...

Istiqlol tongida özligimizni anglaşni boşlaganimizda “Özbekiston” deganda laganlar-u çoponlar, qirmizi rang sözanalar yoki art restoranlar misolida loysuvoq devorlar köz oldimizga keltirardik. Özbek tilida bitta ham sözni bilmaydigan tanişlarim bor, ular bayramlarda puşti, sariq rangli adras kiyimlarimizni kiyişardi. Millat sifatidagi bizning muştarak qadriyatlarimiz faqat taomlarimiz, kiyimlarimiz, kuy va raqslarimiz emas. Kişining ayrim tadbirlarda boşiga iroqi döppi qöndirib olişi uni özbek yoki özbekistonlik qilib qöymaydi.

“Özbekistonlik” deganda, xususan, xorijda biz şunday taşqi anturajimizga asoslangan qaraşni özimiz şakllantirdik, ammo bu juda primitiv tasavvur va biz buni özgartişimiz kerak.

Şerzodxon Qudratxöja — Isteʼdodlar ramzimiz bölsin
Şerzodxon Qudratxöja — Isteʼdodlar ramzimiz bölsin

Men uçun “özbekistonlik” – bu katta tuşunça. Bu – bizda şakllanib, rivoj topib borayotgan inson kapitali. Özbekistonliklar – nafaqat özbeklarni, balki yurtimizga özini mansub deb hisoblovçi barça fuqarolarimiz va çet eldagi vatandoşlarimizni qamragan katta sinf. Qaysi viloyat yoki hududda tuğilib, katta bölmasin, Özbekiston xalqi vakillari özini “Özbekistondanman”, “özbekistonlikman” deb bilişi va taniştirişi muhim.

– Şu katta xalq bölgan özbekistonliklarni nima birlaştira oladi özi?

– Barça özbekistonliklarni oş birlaştiradi. Boşqaça aytganda, ularni ikki narsa: töy yoki aza birlaştiradi. Men bunga ham ijobiy qaramayman. Bu yetarli emas. Buyuk jadidçimiz Alixontöra Soğuniy aytgan edi: “Agar özbeklar boşqa işlarga ham oşga kelgandek birlaşib yiğila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bölmas edi”. Şuning uçun bizni dasturxon, yeb-içar, çoyxona emas, bizni öz muammolarimiz, masalan, ilm-fan, taʼlimga hissa qöşiş masalasi jipslaştirişi zarur.

– Masalan, qanday qilib?

– Misol uçun, Özbekistonda 10 750 ta maktab bor. Davlat ularni birlamçi şaroitlar bilan taʼminlayapti, öqituvçi va xizmatçilarga maoş berişga 5-6 trln söm pul ketyapti. Ammo şunça maktabga smart doskalar, eng sönggi kitoblar yoki boşqa zamonaviy qulayliklarni birdaniga yetkazib berib bölmaydi. Şu masala yuzasidan özimizdagi va xorijdagi özbekistonliklar öz saʼy-harakatlarini birlaştirişi darkor.

Bugun dunyo böylab qayerga qaramang, isteʼdodlar uçun kuraş ketyapti. Hindlar va xitoyliklarni olaylik. Nazarimda, ular örtasida yaqin yillarda katta raqobat böladi. Nima uçun hindistonliklar BMT va dunyodagi boşqa nufuzli xalqaro va gigant transmilliy kompaniya korporatsiyalarda top menejerlarga aylanişyapti, ulardan köp sohalarda yetuk mutaxassislar yetişib çiqyapti? Nima uçun har bir rivojlangan davlat poytaxtlari va yirik şaharlarda “chinatown”lar bor? Nima uçun iPhone Xitoyda işlab çiqariladi? Bu hammasi aholi köp bölsa, uning mehnatga layoqatli qismi ham, uning million odamdan bitta çiqadigan noyob isteʼdodlari ham tabiiy ravişda köp bölişidek haqiqatga borib taqaladi. Ehtimollar nazariyasiga köra, köpdan “daho” va noyob iqtidorlar çiqişi ehtimoli köp böladi.

Hindistonda ingliz tili rasmiy til, köplab hindlar ingliz tilini mukammal darajada biladi va dunyo böylab imkoniyatlar sari intiladi. Hindistonlik yoki xitoylik yoşlar moslaşuvçan, hayot tarzi yangiliklarini dinamik va tez özlaştira oladi, “flexible”. Yana ularda havas qilib, intilişga arzigulik misollar köp.

– Biz bu yölda qayerdamiz va nimalar qilişimiz kerak?

– Qarang, bu jarayonga kirib borişimiz uçun bizda katta imkoniyat, demografik dividend mavjud. Şu kunlarda 37 million böldik. Şoyad yangi isteʼdodlar çiqsa. Aholimiz uçun sifatli tibbiyot va taʼlimni taʼminlaş yaxşi ketyapti. Yoşlarimiz ilmli, bilimli bölişsa, ular iqtisodiyotga katta hissa qöşişi mumkin. Baʼzida, afsuski, “özbekistonlik” deganda odamlar nigohida birinçi navbatda xorijiy mamlakatlardagi mezbon xalq qilişni istamaydigan işlarni bajaradigan mehnat muhojirlari şakllanadi. Albatta, bu köp yillar yurtimizda şakllangan zaif iqtisodiyot bilan boğliq böldi, bu bosqiçdan köp millatlar ötgan. Lekin yangi avlod öz oldiga katta maqsadlarni qöyişi va jahon miqyosida öz örniga ega bölişi lozim. Men buni “Maslow” piramidasiga öxşataman: avval qorinni töyğazamiz, keyin boşqa masalalarni öylaymiz. Menimça, biz mana şu yangi bosqiçga keldik. Taʼlimni rivojlantirar ekanmiz, albatta ham oilada, ham maktabda, ham jamiyatda umuminsoniy qadriyatlarni, tarbiyani kuçaytirişimiz kerak.

Yana bir misol: Olmoniyadagi turk immigrantlari tarixiga qarang. Uruşda mağlub bölgan va nufuzi kamaygan Olmoniya Turkiyadan millionlab migrantlarni qabul qilgan. Ular qora işlarda işlagan, ammo yillar ötib, bugun ularning farzandlari yirik bizneslar egasi, turli sohalarda yetuk professionallar bölib yetişdi. Hattoki, Bundestagga [Germaniya milliy parlamenti – tahr.] ham turk millatiga mansub vakillar saylangan.

– Yoşlarimiz katta maqsad qöyişi kerak, deyapsiz. Özbekistonliklar uçun umumiy maqsad va ğoya qanday bölişi kerak?

– Qarang, turklarda qanday çiroyli ğoya bor: Ne mutlu Türkʼüm diyene! [Turkman degan odam naqadar baxtli – tahr.]. Yoki fransuzlar “Liberté, Égalité, Fraternité” [Hurriyat, Tenglik, Hamjihatlik – tahr.] deydi, AQŞda “Amerika orzusi” bor, masalan.

Men özbekistonliklar özini katta mamlakatda bir isteʼmolçi yoki heç nimani hal qilmayman deb emas, Özbekistonning rivojlanişiga kiçkina bölsa ham hissa qöşa olaman, deb fikrlaşlarini xohlardim. Şuni anglab, şunday oliy maqsadga intilib yaşasa arziydi.

Uning uçun biz Özbekistonni, uning asosiy muammolari, juğrofiyasi, tarixi va özbek tilini yaxşi bilişimiz talab qilinadi. Axir, qanday qilib öz vataningizni bilmay turib, uni seva olasiz va aksinça, sevmay turib, unga qanday qilib hissa qöşasiz?

Taassufki, xorijga ketgan özbekistonliklarning u yerda katta bölayotgan farzandlarini qöya turing, mamlakatimizning özida ulğayayotgan bolalar özbek tilini yaxşi bilmaydi. Axir, til – bu bir millatning boşqalaridan ajratib turuvçi, öziga xos qismi-ku! Hamyurtlarimiz “farzandim uçta tilni biladi” deb maqtanişadi, öğil-qizlarini çet tilli maktablarga berişadi, lekin özbek tilidagi sözlarni bilişmaydi yoki umuman özbek tilida gaplaşa olişmaydi.

Yana afsus bilan aytaman, köpçilik yoşlar Özbekistondan böla turib, u haqida köp narsa bilmaydi. Masalan, “double-landlocked country” biz uçun qanday muammo ekanligini yoxud Andijon Özbekiston hududining neça foizini egallaydi va u yerda qança odam yaşaydi, bilişadimi?

(19:20. Ança-munça suhbatlaşib qöyganimizga eʼtibor qaratib, rektorga teran suhbat, men töplagan qiziqarli material uçun minnatdorlik bildirdim).

Şerzodxon Qudratxöja — Isteʼdodlar ramzimiz bölsin

– Yana nimalar haqida gapirgan bölardingiz-u, men söramadim?

– Şuni qörqmay yozing: menga bu gapni mana şunaqa notöğri işlatişlari yoqmaydi. Özimga bekman, deb turib faqat özini öylaş – bu xudbinlik va kaltabinlik. Ayniqsa, jamiyatda maʼlum darajaga erişgandan keyin yoki boylik orttirgandan keyin şunday tuşunça bilan yaşaş notöğri.

Biz hammamiz ötib ketamiz, bizdan faqat qilgan yaxşi işlarimiz va ulaşgan ilmimiz qoladi. Dunyoda ne-ne boylar ötib ketdi, biz ularni eslamaymiz-ku! Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Xorazmiylarni eslaymiz, ming yil ötsa ham. Ular özimga bekman, deb özi uçun yaşamagan. Imom al-Buxoriy özi uçun şunça hadis töplaganmi, masalan? Rasuli Akram (s.a.v.) barça musulmonlar uçun husni-xulq namunasi bölib, qanday yaşaş kerakligini körsatib ketmadilarmi? Axir, ular kiçkina bir kulbada yaşab, oddiy böyrada yotganlar, peşinda uylariga kelgan neʼmatlarni keçgaça ehtiyojmandlarga tarqatganlar. U kişining ikki kuraklari jakuzi körmagan, haftalab taomlanmaganlar, töqlik effekti bölişi uçun qorinlariga toş boğlab yotganlar. Arabistonda yaşab, bir marta haj, tört marta umra qilganlar, xolos. Hozir özimizda 10-15 marta umra qilganlar bor – farzandining kundaligiga qaramaydi, mahallasidagi maktab va poliklinika esa bir ahvolda...

Alloh taolo Qurʼoni Karimda bizga “Iqro”, “Iqro”, “Iqro” (Öqing) deb aytadi. Ilm oliş biz uçun farz hisoblanadi. Ilm olişda gap köp, aksariyat muammolarimizning yeçimi ham öqib-örganişda, millat sifatida rivojlanişimiz ham intellektual salohiyatimiz oşişiga töğridan töğri boğliq.