23-aprel kuni Fransiya poytaxti Parij şahrida Özbekistonlik. Generating Ideas xalqaro forumi bölib ötdi. Bu Uzbekistan’s Club kreativ jamoasining mana şunday global miqyosdagi ikkinçi forumi sanaladi. “Özbekistonlik” birinçi forumi 2022-yil 1-oktyabr kuni Germaniya poytaxti Berlin şahrida bölib ötgandi.
Parij forumida dunyoning turli burçaklarida katta muvaffaqiyatga erişib, jahon toifasidagi professionallarga aylangan 200dan ortiq vatandoşlarimiz, Özbekistondan taşrif buyurgan kreativ va media sanoatining yetakçi vakillari iştirok etdi.
Özbekistonlik. Generating Ideas xalqaro forumining maqsadi – xorijda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklar örtasida global netvorking maydonini yaratiş, Özbekiston taraqqiyotiga xizmat qilişi lozim bölgan muhim masalalarda fikr almaşişdan iborat. Şu maqsadda forum davomida inson kapitalini rivojlantiriş, ekologiya va yaşil iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar va kreativ sohalar kabi mavzularda muhokamalar paneli bölib ötdi.
Forumda “Özbekistonlik” filmining uçinçi qismi premyerasi bölib ötdi. Muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz hayotidan hikoya qiluvçi filmning navbatdagi epizodida Strasburg filarmoniya orkestri badiiy rahbari va dirijyori Aziz Şohakimov va Shell kompaniyasi IT-arxitektori Madina Berdiyevaning hikoyalari namoyiş etildi.
Forumning eng asosiy mavzularidan biri Orolböyi mintaqasi muammolari va tobora yöqolib borayotgan Orol dengizi haqida böldi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Aral Dream nodavlat notijorat taşkiloti jamoasi tomonidan tayyorlangan Orolböyi muammolari girdobida yaşayotgan qoraqalpoğistonliklarga bağişlangan “Tuz içidagi ayol” turkum loyihalari taqdimoti bölib ötdi. Loyiha qoraqalpoğistonlik ayollar portreti, qisqa metrajli film va Orol dengizidan ilhomlanib tayyorlangan modalar körgazmasini öz içiga oladi. “Tuz içidagi ayol” loyihasining maqsadi iqlim özgarişi va uning Orolböyi mintaqasida yaşovçi ayollar hayotiga taʼsiriga jahon hamjamiyatining eʼtiborini jalb qilişdan iborat.
Tadbir davomida, şuningdek, forum mehmonlari uçun Uzbekistan’s Club platformasi taqdimoti bölib ötdi. Xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan özbekistonliklarni bir yerga jamlaş maqsadida yaratilgan global platformaning maqsadi uşbu maydonni özbekistonliklarning aqliy salohiyati xabiga aylantirişdan iborat. Taqdimotda xorijda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklar endi uzbekistans.club sayti orqali röyxatdan ötib, özlari haqidagi maʼlumotlarni qoldiriş orqali Uzbekistan’s Club jamoasiga qöşilişi mumkinligi maʼlum qilindi.
Tomoşabinlar “Özbekistonlik” filmining rasmiy saundtrekini repper Konsta tomonidan jonli ijroda kuzatiş imkoniga ega böldi. Uzbekistan’s Club jamoasi xorijda muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz haqida yanada köproq hikoyalar beriş, yanada kengroq auditoriyaga bu haqda yetkaziş şuningdek, yangi trendlar yaratiş maqsadida yangi jurnal yaratişga qaror qildi. Uzbekistan’s Club jurnalining ilk soni navbatdagi «Özbekistonlik. Generating Ideas» forumida öquvçilar eʼtiboriga taqdim etiladi.
Forum hamkorlaridan biri Pepsi savdo belgisi bilan birgalikda kulinar şou taqdim etilgan bölsa, forumni taşkil etişda katta kömak bergan, qadriyatlari biz bilan öxşaş bölgan yirik kompaniyalar: Orient Group, Uzbekistan Airways, Pepsi, ANORBANK va Ucell rahbariyatining murojaatlari taqdim etildi. Ular nima sababdan mana şu loyihada Uzbekistan’s Club jamoasi bilan birga ekanliklari haqida sözlab berdi.
Navbatdagi Özbekistonlik. Generating Ideas xalqaro forum kuzda dunyoning yirik poytaxtlaridan birida bölib ötadi. Loyiha ijodiy jamoasi bu yil ham filmning yangi epizodlarini suratga oliş va premyera qilişni rejalaştirgan.



