Forumda butun dunyodan kelgan 200 dan ziyod özbekistonlik vatandoşlar, Özbekistondan taşrif buyurgan delegatlar, şuningdek, Buyuk Britaniyadagi nufuzli şaxslar, biznesmenlar, diplomatlar va jamoat arboblari iştirok etdi. Tadbirni Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Muvaqqat işlar vakili Baxtiyor Xöjayev va Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil Reno-Basso oçib berdi. 

“Özbekistonlik” forumining maqsadi – butun dunyo böylab yoyilgan özbekistonliklar örtasida global netvorkingni yölga qöyiş va Özbekistonni intellektual, isteʼdodli va mehnatkaş insonlar mamlakati sifatida tarannum etiş. Uzbekistanʼs club ijodiy jamoasi tomonidan taşkil etiladigan xalqaro “Özbekistonlik” forumlari avvalroq Berlin (Germaniya) va Parij (Fransiya) şaharlarida muvaffaqiyatli ötkazilgan edi.

Forumning asosiy voqealaridan biri ayni nomdagi “Özbekistonlik” filmning 4-epizodi premerasi böldi. Yuz minglab tomoşabinlarning mehrini qozonib ulgurgan badiiy-hujjatli filmlar turkumi öz sohasida olamşumul natijalarga erişgan vatandoşlarimizning hayotiy hikoyalarini sözlab berişda davom etmoqda. Bu safargi epizod qahramonlari YeTTB direktori Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusovlar böldi. Film Youtube tarmoği va MY5 telekanali orqali 19 oktyabr kuni soat 18:00 da premera qilinadi. 

Forumga taşrif buyurganlar “Uzbekistanʼs club” nomli yangi jilokor jurnalning ilk soni bilan ham tanişiş imkoniyatiga ega böldi. Zamonaviy va öziga xos uslubga ega uşbu jurnal trendlarni boşlab beriş uçun çop etilgan. Uning vazifasi – zamonaviy özbekistonlikning yangi qiyofasiga namuna bölayotgan şaxslar va ularning obrazlarini tarğib qiliş. Jurnal yiliga ikki marta özbek va ingliz tillarida çiqadi. U bepul ravişda Toşkentdagi gavjum jamoat joylarida, qolaversa, xorijiy mamlakatlarda diplomatik vakolatxonalar orqali tarqatiladi. 

“Uzbekistanʼs club” jurnalining yangi sonida tahririyat versiyasiga köra eng progressiv özbekistonliklarning TOP 20 taligi eʼlon qilindi. Bunday röyxat millatning şu nomga eng munosib vakillarini aniqlaş va ularning faoliyatiga jamoatçilik eʼtiborini qaratiş uçun muntazam tuzib boriladi. Jurnalning yana bir trendi – ESG (atrof-muhit va jamiyat oldidagi masʼuliyat) konsepsiyasini ommalaştirişdir. Buning uçun tahririyat ijtimoiy masʼuliyatli bizneslarning kuçli yettiligini tuzdi hamda tahririyat versiyasiga köra şu röyxatdan joy olgan eng yaxşi loyihalarni jurnalning birinçi sonida eʼlon qildi.

Londondagi forumda Uzbekistanʼs club jamoasi “uzbekistans.club” onlayn platformasi hamda ayni nomdagi Android va iOS mobil ilovalarining töliq funksionalini taqdim etdi. Uşbu platforma orqali klub taşabbuslariga qöşiliş, diasporamiz yangiliklari va yaratilayotgan kontent bilan tanişib boriş mumkin böladi. Xorijda yaşayotgan faol özbekistonliklar uçun esa unda bepul ariza topşiriş orqali Uzbekistanʼs club rezidenti böliş imkoniyati bor.

Klub tomonidan vatan hamda diasporalar orasida yaratilgan “köprik” öz natijalarini bermoqda. Uzbekistanʼs club rezidenti, investor va moliyaçi Alişer Jumanov yangi GulfCA Corp. kompaniyasi rejalari bilan bölişdi. U uşbu kompaniyani özbekistonlik vatandoşlar bilan Fors körfazi mamlakatlaridan 10 milliard AQŞ dollaridan köproq qiymatdagi investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida taşkil qilgan. Klubning yana bir rezidenti bir neçta muvaffaqiyatli bizneslar egasi Mirşod Şokirov Uzbex.com platformasi haqida sözlab berdi. U uşbu maydonçani Özbekistondagi tadbirkorlarga öz bizneslarini jahon miqyosiga olib çiqiş va “Made in Uzbekistan” brendini dunyoga yoyiş maqsadida işlab çiqmoqda.

Forum mehmonlari şuningdek Uzbekistanʼs club'ning yangi ijodiy loyihalari tafsilotlari haqida ham bilib oldilar. Ëşlar auditoriyasi uçun maxsus yaratilgan “Özbekistonlik student” nomli yangi serial namoyişi kelasi oy ham davom etadi. U dunyoning eng yaxşi universitetlarini körsatib berib, Özbekistondan çiqqan isteʼdodli talabalar misoli orqali şunday bilim yurtlariga kiriş jarayoni haqida sözlaydi. Noyabr, dekabr va yanvar oylarida tomoşabinlar eʼtiboriga uşbu serialning Buyuk Britaniyada suratga olingan yana 3 qismi havola etiladi. Keyingi mavsum esa AQŞdagi oliy taʼlim muassasalariga bağişlanadi. 

Uzbekistanʼs club – Özbekistondagi kreativ industriya professionallari tomonidan taʼsis etilgan xalqaro nodavlat notijorat taşkilot. Jamoaning barça loyihalari homiy va hamkorlarning beminnat kömagi tufayli amalga oşirilmoqda.

Londondagi tadbir oxirida Uzbekistanʼs club jamoasi, anʼanaga köra, navbatdagi forum hamda “Özbekistonlik”ning yangi epizodi premerasi qayerda va qaçon bölib ötişini eʼlon qildi. Jamoa uçun keyingi manzil AQŞ böladi. Tadbirlar 2024 yilning bahorida bölib ötadi.