Özbekistonning Berlindagi elçixonasida “Özbekistonlik” xalqaro forumi va xorijda muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz haqida hikoya qiluvçi “Özbekistonlik” filmining ikkinçi epizodi premyerasi bölib ötdi.
Forum ikki yuz nafardan ortiq muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz, şuningdek, Yevropa diplomatlari, biznesmenlar, kreativ industriya vakillari va yevropalik ekspertlarni birlaştirdi.
“Özbekistonlik” forumi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Yoşlar işlari agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Orient Group kompaniyasi va Uzbekistan Airways milliy aviataşuvçisi kömagida taşkil etilgan. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad – çet davlatlarida yaşab, faoliyat olib borayotgan va turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklarni birlaştiriş hamda ular bilan ona vatan örtasida muloqot örnatib, hamkorlik köprigini yaratişdir. Şuningdek, mamlakatning intellektual hamda iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaşda hamkorlikdagi loyihalar amalga oşiriş közda tutilgan. Forumning oçilişida Boş vazir örinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov videomurojaati namoyiş etildi.
Forum doirasida “Aral Dream” xalqaro PR-dasturi taqdimoti ötkazildi. Uning yordamida tadbir mehmonlari öz mobil qurilmalarida yangi Araldream.com onlayn-habidan foydalanib, Orolböyi muammolari hamda ularni hal etişning innovasion yöllari haqida töliqroq maʼlumotga ega bölişdi.
Bundan taşqari, mehmonlarga Orolböyi muammosiga bağişlangan “Şörxok” qisqa metrajli filmi premyerasi hamda Özbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov va Elektrooko guruhi ijrosidagi “Ertangi kun” videoklipi namoyiş etildi. Uşbu musiqiy kompozisiya “Orol orzusi” loyihasining bir qismi bölib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi Narzullo Oblomurodov özining videomurojaatida taʼkidlaganidek, bugungi kunlda jamoatçilik eʼtiborini ekologik fojea va iqlim özgarişlariga jalb etiş öta zarur.
Forumning yakunlovçi qismida “Özbekistonlik” filmining ikkinçi epizodi premyerasi namoyiş etildi. Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev ğoya muallifi sifatida forum qatnaşçilari qarşisida videomurojaat orqali sözga çiqdi.
Rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan filmda ikki nafar vatandoşimiz bosib ötgan murakkab yöl va ular erişgan yutuqlar haqida söz boradi. Ulardan biri – Dmitriy Bogdanov. Dastlab Toşkentda, keyin esa Berlinda öqişni tamomlagan. Xorij taʼlim muassasasida u fazoviy texnologiyalar yönalişini tanlagan va bu qaror uning hayotida hal qiluvçi bölgan.
Bugun hamyurtimiz dunyoga maşhur milliarder Ilon Maksning “Space X” kompaniyasi uçun sunʼiy yöldoşlarni yetkazib beruvçi ExoLaunch kompaniyasi asosçisidir.
Navoiylik Muştariy Şarifovaning hikoyasi tomoşabinlarni befarq qoldirmasligi aniq. U Özbekistonda va xorijning University of Applied Sciences in Europe oliygohida biznes va menejment yönalişida tahsil olgan. Muştariy Tesla kompaniyasiga işga kirgan ilk özbekistonlik qiz böldi.


