Olimlar şaharçasida ulğayiş

Bolaligim Toşkentda, Yadro fizikasi instituti olimlari uçun taşkil etilgan Uluğbek posyolkasida ötgan. Ota-onam – fizika sohasi olimlari. Samarqanddan şu institutda işlaş uçun poytaxtga kelişgan. Dadam, Izzatilloh Nuritdinov, hali ham şu institut professori. Onam, Hafiza Nasrulloh, institutda qisqa vaqt işlagandan söng ijtimoiy masalalar, ayollar muammolari, tarix, jurnalistika va falsafa yönalişida faoliyat yuritdi va Özbekiston mustaqillikka erişgan vaqtlarda Xotin-qizlar qömitasi oyoqqa turişiga katta hissa qöşgan.

Ota-onamizdan namuna olib öqiş, izlaniş va öz ustida işlaş kabi muhim xislatlarni har qanday insonda bölişi kerak bölgan tabiiy fazilatlar sifatida qabul qilganmiz. Boz ustiga, bolaligim Özbekiston endi mustaqillikka erişib, oyoqqa turayotgan yillarga töğri kelgan. Davlat ilm uçun mablağ ajrata olmagan davrlarda olimlar rözğor tebratiş uçun özini turli sohalarga urib, öz komfort hududlaridan çiqişga majbur bölganini köriş menda keyinçalik hayotda kerak böladigan köp sifatlarni tarbiyalagan.

Ota-onam, ular yaratgan muhit, tarbiya, akam va opamning qöllovi, yöl-yöriği bugungaça erişganlarim zamiridagi muhim omillardir.

Murosasiz yoşlik. Kontrakt emas, grant. Meynstrim emas, internet…

Ilmdan böş vaqtlarda tor va rubob çalib, qöşiq aytadigan dadam, dolzarb muammolarni yoritadigan maqolalar bilan Özbekistonning oldi gazeta jurnallarida ijod qilib kelgan onam tufayli men yoşlikdan kreativlikka intildim. Çizgan rasmlarimni odamlar körib zavqlansa, men ham xursand bölardim. Ijod orqali odamlarda qandaydir hissiyotlar tuğdira oliş superqobiliyatdek edi göyo. Şuning uçun maktabni bitirib, insonlar hayoti va hislariga kattaroq kölamda taʼsir körsata oliş uçun jurnalistikani tanladim. Xorijiy tilga qiziqqanim uçun, Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetiga tayyorlana boşladim.

2000-yil birinçi marta imtihon topşirganimda kontrakt asosida öqişga qabul qilindim, lekin tört yil pul tölaş masʼuliyatini böynimga olişni istamadim. Yana bir yil qattiqroq tayyorlanib, ikkinçi urinişda grant asosida öqişga kirdim. Öqiş davomida juda köp yaxşi insonlar bilan hayot yölimiz kesişdi, köp narsa örgandim. Universitetdagi taʼlim, “Maʼrifat” gazetasida amaliyot ötaş, keyin işlaş, nafaqat jurnalistika nazariyasi, balki uning asl ahvoli, qiyinçiliklari bilan ham tanişiş imkonini berdi. Bosma va televizion OAV söz erkinligidan yiroqligi, fakultetda taʼlim bilan birga içki senzurani singdiriş elementlarini kuzatib, yangi şakllanib kelayotgan alternativ media, xususan, internetga qiziqişim ortdi.

Natijada özim vebsayt yasaşni, Photoshop orqali dizaynlar qilişni örgandim. Kursdoşim va döstim Davronbek Tojialiyev bilan u taşkil qilgan Ziyo.uz portalining ilk versiyasini bizning uydagi kompyuter orqali internetga yuklaganimizdagi hayajon hali ham esimda.

Turkiya, tanazzul, tadbirkorlik…

Turk litseyida öqiganman. Turk tili va madaniyatini katta iştiyoq bilan örganganman. AQŞ va Germaniyaga grant dasturlari orqali ketiş nasib qilmagan bölsa-da, universitetni bitirayotib, öşa paytda Angliyada yaşayotgan akamning tavsiyasi bilan Turkiyaga ketdim. Va u yerda naq 6 yil yaşadim. 2008-yilgi jahon inqirozi ortidan men işlagan kompaniya qiynalib qoldi…

Onam meni harakatçan bölişga, mehnat qilib pul topişning qadriga yetişga köp taşviq qilgan. Maktabda yozgi taʼtillarim mahallamiz bozorçasida ular pişirgan somsalarni, keyinçalik Oloy bozorida ayron, qovun-tarvuz, Sergeli maşina bozorida gazli içimliklar sotiş, Yunusoboddagi qassoblik, repetitorlik kabi ğimir-ğimirlar bilan ötardi.

Oradan yillar ötib, endi Turkiyada tadbirkorlik qiliş imkoni tuğildi. Bir kiçik reklama byurosini sotib olib, uni tez orada şahrimizdagi birinçi raqamli marketing agentligiga aylantirdik. Öz işini yuritişning eng katta afzalliklaridan biri – bu erkinlik, öz vaqtingizni özingiz boşqarişingizdir. Men öşanda endi oila qurgan va farzandli bölganim uçun bu erkinlik juda asqotgan edi.

Magistraturadan katta “törtlik” va startaplar olamigaça

Rivojlangan çet mamlakatida taʼlim oliş va malakaga ega böliş orzusi hamda akamning Angliyada mavjud bölgan kengroq imkoniyatlar haqidagi maslahatlari meni London Metropolitan universitetiga töliq grant yutib olib, yana bir bor köçişimga sabab böldi. Magistraturada bir yil öqiganimdan keyin Britaniyada qoliş uçun işçi vizasini olişga homiy iş beruvçi kerak edi. Öz soham marketing böyiça işga kiriş qiyin. Biroq global konsultatsiya va moliya kompaniyalari har yili yuzlab talabalarni işga olardi. Ular xodimlar olişda moliya sohasidagi diplomga emas, insoniy sifatlarga eʼtibor bergani uçun “Deloitte” kompaniyasiga auditor sifatida qabul qilindim. Qolganini “ularning fakulteti”da öqib oldim.

Ham olti yil faoliyat yuritganim “Katta törtlik”dagi “Deloitte”, ham undan keyingi iş joyim “Mitsui” hayotimda muhim rivojlaniş omili böldi. Navbatdagi ikki tajribam – marketing va texnologiyalar hamda moliya kesişuvidagi yönaliş fintex maydonidagi London özbeklari asos solgan kompaniyaga çaqirişdi. Korporatsiyalardagi karyera hamda startap dunyosi tanlovida men ikkinçisini özim uçun jozibali deb topdim. Zarraça ham afsus qilmaydiganim şu qaror ortidan bilim, tajriba, xatolar, xulosalar, şaxsiy va professional ösiş ergaşdi.

Erkak ayoliga izlanişlarda yordamlaşişining foydasi

Ikki yil avval turmuş örtoğim nutritsiologik terapiya sohasida malaka oşirişni boşladi. Öşanda biz bu sohadagi yangiliklarga qiziqib, turli gadjetlarni tekşirişni boşladik. Ulardan biri davomiy glyukoza monitori bölib, uşbu uskunani ikki hafta davomida taqib yurdim. Qiziqiş bilan boşlangan uşbu tajriba orqali mening organizmimda glyukoza normadan balandligini aniqladik. Keyin diabetga moyil (prediabet) deb taşxislandim. Şifokorlar: “ratsionga eʼtibor bering, sport bilan şuğullaning”, dedi.

Avvallari özimni sportga yaqin inson deb hisoblamas edim. Lekin hozir sport insonning ham şaxsiy, ham professional hayoti uçun juda muhimligini anglab yetdim. Bizning badanimiz, organizmimiz – bamisoli butun umr yaşaydigan xonadonimiz. Nega sotib olib yaşaydigan uyimizga doim eʼtibor berib, taʼmirlab, uskunalar olib, yaxşi qaraymiz-u, bir umr özimiz yaşab keladigan tanamiz haqida şunday qayğurmasligimiz kerak?

Qaysi sport bilan şuğullanişga ikkilanganimda, men uçun eng osoni yuguriş degan xulosaga keldim. Çunki boşqa sport turlari uçun yo maxsus joy, yo maxsus uskuna, yo jamoa kerak edi. Yugurişga esa bir juft yuguriş poyafzali va köça bölsa bölgani. Bizning CTOʼmiz bir neça yildan beri yuguriş bilan professional şuğullanadi. U maslahatlar va yöl-yöriq berdi, trener bilan taniştirdi. Şu bilan yugurişga kirişdim.

Otabek Nuritdinov

Ona xotirasi va uning maqsadlarini röyobga çiqariş

Aytganimday, onam Özbekistonda ayollar muammolarini yoritiş, bu borada ilmiy işlar va maqolalar yoziş böyiça köp tadqiqot olib borgan. Şu mavzudagi konferensiyalarda faol qatnaşib kelgan. Mening internetga qiziqişim bilan onam jahon örgimçak törining çeksiz imkoniyatlarini payqadi va 2002-yilda ayollarga bağişlangan özbek tilidagi ilk elektron jurnal – “Ayol.uz”ga asos soldi. Bu platforma orqali onam öz yozgan materiallari bilan dunyo auditoriyasiga çiqişni maqsad qilgan edi.

Afsuski, sayt faoliyat boşlaganidan keyin bir neça oy vaqt ötib onam avtohalokat qurboni böldilar. Onamning xotirasi va reja qilgan maqsadlarini amalga oşiriş uçun saytni öz kuçimiz bilan yuritişda davom etdik. Qisqa vaqtda bu sayt ommabop bölib, bir neçta internet tanlovlari sovrindoriga aylandi. Ayol.uz yonida erkak.uz va farzand.uz loyihalarini ham taşkil qildik. Maqsad ayollarimiz, erkaklarimiz va farzand tarbiya qilayotganlar uçun foydali maslahatlar berib boradigan resursni yölga qöyiş bölgan.

Odamlarga naf keltiriş orzusi

Orzum har doim bir bölgan: boşqalarga nafi tegadigan işlar qiliş, ularning hayotini biroz bölsa ham yaxşi tarafga özgartiriş. Bolalikda rasm çizib, kimnidir quvontirişdan tortib, texnologik yeçimlar bilan millionlab insonlarning moliyaviy masalalarini yengillaştirişgaça… Dunyodagi har qanday ijobiy özgarişga öz hissamni qöşa olsam, orzum uşalgan deb hisoblayman.

Mening Turkiyaga ketişim, uning ketidan Angliyada magistraturada öqib “Katta törtlik”dan birida işlaganim köp yoşlarda qiziqiş orttiradi va köpçilik yoşlar maslahat bilan murojaat qilişadi. Doim ularga qöldan kelgança maslahat bilan yordam berişga harakat qilib kelaman. Keyinçalik örgangan mavzulardagi qiziq maʼlumotlarni, iş faoliyatimdan kelib çiqqan tajribalarim bilan kengroq auditoriya bilan baham köriş maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda özbek va ingliz tillarida postlar yozib turaman. Mening falsafamda bilim bu bizga berilgan omonat, uni xuddi biz boşqalardan olib örganganimizday, boşqalarga tarqatişga masʼulmiz.

Albatta, biz özimiz tuşungan va bizga yaqin bölgan masalalarda köproq foyda keltira olamiz. Men deyarli 20 yildan beri çet elda yaşayman. Vatandan uzoqda yaşayotgan özbekistonliklarning özaro jipslaşişi, bir-birini qöllab, maslahatlar berişi juda muhim. Turkiyadaligimdayoq çet eldagi özbeklarni birlaştiradigan qanday loyiha bölsa, qatnaşişga harakat qilganman. Britaniyaga kelib ham şu yönalişda faol bölişga urinaman.

Buyuk Britaniyada özbekistonliklar jamiyatining dinamikasi doim vatandagi siyosat, uning hukumatining kayfiyati bilan boğliq bölgan. Şunday paytlar böldiki, asosan Londondagi elçixonamiz taşabbusi bilan tadbirlar ötkazilardi, unga ham köpçilik bir ilojini qilib, bormaslik payida bölardi. Moliya sohasida işlaydiganlar alohida, siyosiy qoçoq yoki siyosatçilar alohida, boşqa soha vakillari yana ayro bir holatda öta sust aloqada bölardilar.

Bugun Britaniyadagi özbekistonliklar ança birdam. Buni YeTTB bilan hamkorlikda ötkazilgan xayriya loyihalari, pandemiya paytida vatan uçun körsatilgan gumanitar kömak, Navröz, Mustaqillik bayramlaridagi faolliklarda köriş mumkin. Ehtimol, 2023-yilning iyun oyida London şahrida, Tauer Brij ostida ötkazilib, minglab qatnaşçini öz bağriga çorlagan özbek madaniyati va taomlari festivali ana şu pozitiv tendensiyaning yaqqol namunasi böldi.

Britaniyadagi özbekistonliklar uçun yana bir muhim masala – bu ikkinçi avlod vatandoşlar, yaʼni farzandlarimiz, bu yerda katta bölayotgan yigit-qizlardir. Ularga özbek tili va madaniyatini örgatiş, öz qadriyatlarini saqlab qolişda kömaklaşiş nihoyatda zarur. Şuning uçun 2018-yilda Özbekiston madaniyati markazi taşkil etildi.

Gohida köpçilikning hamohang xatti-harakatlarini talab qiladigan diaspora loyihalariga kimdir boş bölişi, hammani faollikka çaqirib turadigan insonlar kerak. Agar qaysidir lahzada ana şunday vazifani öz böynimizga oliş kerak bölsa, bundan heç qaçon qoçmaganmiz. Buni jamiyatim oldida öz burçimni ado etiş, ijtimoiy javobgarligim deb bilaman.

Saidaziz Aʼzamov suhbatlaşdi