Örta sinf toifasi özi kimlar?

Örta sinf tuşunçasi burjua inqiloblari va kapitalizmning gullab yaşnaşi, XX asrdagi ijtimoiy evrilişlar taʼsirida şakllangan. Faqat oxirgi önyilliklarga kelib örta sinf tuşunçasi burjuaziya yoki tadbirkor, mulkdorlar qatlami ştamplaridan kengroq maʼno anglata boşladi.

Örta sinf muhimligi haqida qadimgi davrlardan beri qayğurişlari bejiz emas. Çunki örta sinf jamiyat va davlat uçun juda muhim uç vazifani bajaradi: siyosiy – örta sinf siyosiy hokimiyat tizimi mustahkamligini taʼminlaydi. Iqtisodiy – örta sinf yangi iş örinlarini va barqaror isteʼmol talabini yaratadi. Ijtimoiy – jamiyatdagi ziddiyatlarni yumşatadi, taraqqiyotning evolyutsion yölini taʼminlaydi.

Qora palto va şlyapadagi erkak, yuzi oldida yaşil olma, orqasida dengiz va bulutlar

Jahon banki tasnifi va metodologiyasi böyiça örta sinf kambağallikning yuqori darajasidan 1,5 barobariga köp daromadga ega qatlamdan boşlanadi. Lekin bu mezon köproq farovon va erkin davlatlarda yaşovçi örta sinfni identifikatsiyalaş uçun mos tuşadi (Özbekistonda kambağallik darajasi 621 ming söm etib belgilangan, lekin bu raqam mamlakatda örta sinfning daromadlari 932 ming sömdan boşlanadi, degani emas). Jahon banki metodi böyiça örta sinfga oidlik oyiga 3500 dollardan boşlanadigan barqaror daromadlardan tayanç olişi köpinça eʼtibordan çetda qoladi.

Şuning uçun örta sinf mezonlari haqida gap ketganda, turfa mamlakatlar va mintaqalar uçun turliça ölçovlarning mavjud bölişi örinliroq. Iqtisodiy taʼlimotlarda örta sinfga oidlikni belgilovçi uçta asosiy yondaşuv köproq qöllaniladi. Bu daromadlar, yaʼni farovonlik darajasi, mulkdorlik va taʼlim darajasini qamrovçi ijtimoiy maqom va identifikatsiya, yaʼni şaxsning özini özi örta sinfga taalluqli deb bilişi.

Daromadlar yondaşuvi haqida gap ketganda, örta sinf vakilining daromadlari, aytaylik, import tovarlarni sotib oliş, sayohat (jumladan, xorijga) va taʼlim (oliy taʼlim), jamğariş uçun yetarli bölişi kerak, deb hisoblaniladi. Oziq-ovqat uçun xarajatlarga daromadlarining katta qismi töğri keluvçilarni örta sinfga qöşiş qiyin. Yana bir belgiga köra, örta sinf muhim bölmagan xarajatlar uçun ayniqsa, komfortga pul sarflay oladi, masalan, ikkinçi yoki uçinçi telefon sotib olişga, biznes klassda uçişga. Örta sinf sifatli va yuqori texnologik tovarlarga doimiy talab hosil qiladi. Örta sinfning daromadlari faqat bir manbaga boğlanmagan, ular foyda, renta, foiz körinişida aktiv yo passiv tadbirkorlik daromadlari bilan taqsimlangan.

Otabek Bakirov qora kostyum va galstukda, kulrang fonda

Ijtimoiy maqom yondaşuvida asosiy belgi mulkdorlik va taʼlim darajasiga boğlanadi. Örta sinf kişisi öz uyiga ega, uning oilasida kamida bitta avtomobil mavjud. Uluşdorlik, aksiyadorlik yoki bevosita tadbirkorlik subyektlarni örta sinf qatoriga qöşadi. Yollanma işçi bölganida ham, qoida tariqasida, örta sinf vakili oliy maʼlumotli, asosan aqliy mehnat orqali daromad topadi.

Yuqoridagi mezonlar bölmasa yoki töliq bölmasa ham örta sinfga taalluqli bölişi mumkin. Bu şaxs özini örta sinf qadriyatlariga yaqin deb hisoblaşi bilan boğliq. Aytaylik, mulkdor bölmagan şoir, mustaqil jurnalist yoki buyurtmasiz qolgan rassom ham özini örta sinf vakili deb hisoblaşi uçrab turadi.

Örta sinf vakilligi

“Davlatga barqarorlik baxş etmoqçimisiz? Unda qutbli darajadagilarni imkon qadar örtaga yaqinlaştiring, boylarni ham, qaşşoqlarni ham ayamang. Ular doim xalq erkinligi bilan savdo qiladilar, birinçisi sotib oladi, ikkinçisi sotib yuboradi”, deb yozgan edi Jan-Jak Russo. Uluğ fransuz faylasufi jamiyatning bu ikki çekkadagi qatlami, boylar va qaşşoqlar mavjud bölişini rad etmagan. Lekin ularning ikkisida ham davlat barqarorligi uçun xatarlarni köra olgan. Şuning uçun faylasuf mazkur sinflar örtasidagi farqni kamaytiriş, tengsizlikni yumşatiş, qonun kuçi bilan qutblarni örtaga tortiş haqida orzu qilgan.

Örta sinf şakllanişi va kengayişi uçun qaror qabul qiliş jarayonida fuqarolarning iştirok etişini taʼminlaydigan davlat siyosatining mavjudligi juda muhim. Bu siyosat davlat organlarining hisobdorligi va şaffofligini oşiriş, örta sinfdan tortib muhtoj bölgan qatlamlarning siyosiy jarayonlarga jalb qilinişiga bölgan harakat va xohişlarni öz içiga olişi kerak.

Örta sinfning köpçilikni taşkil etişi va barqarorligi mötadil tengsizlik konsensusini yaratadi. Barqaror jamiyatning ideal modelida örta sinf umumiy aholining 80 foizigaçani taşkil etadi, bunday jamiyatda taqsimot va qayta taqsimotga katta zaruriyat kerak bölmaydi. Barqaror bölmagan jamiyatlarda örta sinf 25 foizga ham yetmaydi. Bunday jamiyatlar uçun doimiy ijtimoiy norozilik xarakterli bölib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş va siyosiy barqarorlik uçun resurslar yetarli bölmaydi. Har qanday taqsimot va qayta taqsimot oğriqlar va ziddiyatlar yaratadi.

Örta sinfning rejalaştiriş gorizonti doimo uzun. Uni kambağallikdan ajratuvçi asosiy belgilardan biri ham şu. Individlarda rejalaştiriş gorizonti qança uzun bölsa, iqtisodiyotning barqaror taraqqiyoti uçun mustahkam omillar şakllanadi.

Örta sinf inklyuzivlikni oşiradi. Ayniqsa ijtimoiy neʼmatlar orqali. Kambağal qatlam bolalarining kambağallikdan çiqişiga rağbat beradigan omillardan biri aynan maktab yo universitetda örta sinf vakillari bilan birga öqişi va muloqot qilişi hisoblanadi. Kambağallik tuzoğini parçalab taşlaşda davlatga eng katta ijtimoiy yordamçilar bu örta sinf vakillaridir.

Örta sinf demokratiyani yaratadi

Örta sinfning eng katta bunyodkorlik kuçi bu – uning befarq emasligida. Örta sinf vakillari doim atrofida nima bölayotgani bilan qiziqadi va albatta jarayonga öz munosabatini bildiradi, imkoni boriça aralaşadi. Ular doim siyosiy faol va davlatdan ijtimoiy neʼmatlarning adolatli taqsimlanişini söraydi. Örta sinfga taʼlim, tibbiyot va infratuzilma doim kerak. Örta sinf vakillari tölayotgan soliqlarining natijalarini körişni istaydi. Şu maʼnoda örta sinf demokratiyaga, demokratik institutlarga talabni yaratadi. Barça klassik adabiyotlarda demokratik institutlarning qaror topişida örta sinfning hal qiluvçi roli urğulanadi. Sotsiolog Barrington sözi bilan aytganda, “burjuaziya bölmasa, demokratiya bölmaydi”. Demokratik jarayonning ajralmas bölagi hisoblangan klassik parlament institutining şakllanişi va ravnaqida öz haqlari va vakilliklarini talab qilişni boşlagan, boşqaruvda özining munosib örnini köriş uçun tinimsiz kuraşgan örta sinfning hissasi katta.

Juda qiziq tarafi şundaki, demokratiya uçun asosiy kuraşuvçi sinf hisoblangan örta sinf demokratiya natijalaridan eng köp naf köradigan ham. Bu haqda maşhur iqtisodçilar Boş, Ajemoglu va Robinsonning tadqiqotlariga murojaat qilmaslik mumkin emas. Demokratlaşuv jarayonidagi sinfiy modelga köra, örta sinfning kambağallar bilan koalitsiyasi resurslarning kambağallar tomon qayta taqsimlanib oqişini taʼminlaydi va demokratiyalaşuv jarayoniga yöl oçadi. Şuningdek, amerikalik iqtisodçi Aaron Direktorning gipotezasiga köra, demokratik jamiyatda hukumat nisbatan boy va kambağal guruhlardan örta daromadli guruhlarga taqsimlaş siyosatini qöllaydi. Direktor gipotezasi siyosiy va ijtimoiy spektrning örtasidagi saylovçi eʼtiborini qozoniş maqsadlariga tayanadi. Öz-özidan, demokratiyada siyosatçilar örtaça daromadli guruhlar manfaatlariga qarab işlaşadi.

Davlat qurilişida örta sinfga asosiy tayanç sifatida qaralişi – oçiq, erkin va farovon jamiyat yölida eng işonçli, tajribada sinalgan va samarali işlaydigan modeldir.