Uzbekistan’s Club jurnali özining ilk sonida, “Dolzarb” rukni ostida bu haqida maqola çiqargan va ijtimoiy masʼuliyatli kompaniyalarning TOP 7 taligi reytingini ham eʼlon qilgan edi.

Uzbekistan’s Club jamoasi bunday reytinglarni tuziş va eʼlon qiliş mamlakatda jamiyat va atrof-muhit haqida jon kuydiradigan işbilarmonlar va kompaniyalar köpayişini rağbatlantirişiga işonadi. Şuning uçun bu gal tahririyatimiz Progressiv islohotlar markazi, şuningdek, CARE CSR konsalting kompaniyasining ekspertlar guruhiga murojaat qilib, Özbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakçi kompaniyalarning ESG va CSR loyihalarini aniqlaşni söradi.

Uşbu loyihalar maxsus metodologiya orqali saralanib, baholandi hamda ulardan 7 tasi Uzbekistan’s Club yangi taʼsis etgan “Oltin Çinor” nomli korporativ ijtimoiy masʼuliyat böyiça milliy mukofotiga loyiq topildi.

Çinor – bardavomlik, uzoq umr köriş, mustahkamlik va köpçilikka foyda keltiriş ramzi. Nafaqat qisqa muddatda yaxşi daromad qiliş, balki jamiyat uçun uzoq muddatli naf keltirib, barqaror bölişga intilayotgan kompaniyalarga aynan şu daraxt timsolidagi öziga xos mukofotni topşiriş anʼanasini boşlaşga qaror qildik.

Ijtimoiy masʼuliyatli kompaniyalar reytingi

Reyting metodologiyasi. ESG va CSR taşabbuslari mahalliy ehtiyojlar va global trendlarni hisobga oluvçi 8 ta körsatkiç asosida baholandi.

TBC Bank

TBC Ornaments (2023) – Özbekistonning turli hududlaridan töplangan 300dan ortiq milliy bezaklar raqamli katalogini yaratiş.

Barqarorlik – 2
Taʼsir – 1,5
Şaffoflik – 0,5
Ijtimoiy maqsadlarga muvofiqlik – 1
Ekologik muvofiqlik – 0,8
Manfaatdor tomonlar iştiroki – 1
Innovatsion yondaşuv – 1
Axloqiy mulohazalar – 0,5

Umumiy ball: 8,3

Agrobank

Suvçilar maktabi: 2-mavsum (2024) – 13 ta hududda 2030-yilgaça 10 mingta fermerni öqitiş imkonini beruvçi öquv xonalari va tajriba maydonlari taşkil qiliş.

Barqarorlik – 1,8
Taʼsir – 1,4
Şaffoflik – 0,8
Ijtimoiy maqsadlarga muvofiqlik – 1
Ekologik muvofiqlik – 1,2
Manfaatdor tomonlar iştiroki – 1
Innovatsion yondaşuv – 0,8
Axloqiy mulohazalar – 0,7

Umumiy ball: 8,7

TBC — Ornaments (2023)

Korzinka

Eko-kitoblar töplami – ekologik mavzularni bolalarga oson va qiziqarli tuşuntiruvçi “Qahramonlar davri” nomli turkum kitoblar çop etiş.

Barqarorlik – 1,5
Taʼsir – 1,5
Şaffoflik – 0,5
Ijtimoiy maqsadlarga muvofiqlik – 1
Ekologik muvofiqlik – 1
Manfaatdor tomonlar iştiroki – 1
Innovatsion yondaşuv – 0,5
Axloqiy mulohazalar – 1

Umumiy ball: 8

Agrobank — Suv sohasi mutaxassislari uçun maktab

SQB

Tadbirkorlar maktabi – turli viloyatlarda quriliş materiallari işlab çiqaruvçi kompaniyalarning 120 dan ortiq vakillari, işbilarmonlarni öqitadigan markazlar taşkil qiliş.

Barqarorlik – 1,8
Taʼsir – 1,3
Şaffoflik – 0,6
Ijtimoiy maqsadlarga muvofiqlik – 1
Ekologik muvofiqlik – 0,4
Manfaatdor tomonlar iştiroki – 1
Innovatsion yondaşuv – 1
Axloqiy mulohazalar – 0,7

Umumiy ball: 7,8

Korzinka — Ekologik kitoblar turkumi

Uzum

Uzum IT akademiyasi (2024) – IT Park bilan hamkorlikda sohadagi dolzarb yönalişlar böyiça onlayn kurslarni yölga qöyiş va ularning bitiruvçilarini işga hamda amaliyotga yönaltiriş.

Barqarorlik – 1,5
Taʼsir – 1
Şaffoflik – 1
Ijtimoiy maqsadlarga muvofiqlik – 1
Ekologik muvofiqlik – 0
Manfaatdor tomonlar iştiroki – 1
Innovatsion yondaşuv – 0,5
Axloqiy mulohazalar – 0,5

Umumiy ball: 6,5

SQB — Tadbirkorlar maktabi

Kapitalbank

Havodek zarur (2024) – Özbekiston böylab bankning filiallari hamda Uzum Market buyurtma tarqatiş punktlarida 30 ta IQ Air havo monitoringi datçiklarini örnatiş.

Barqarorlik – 1,5
Taʼsir – 1
Şaffoflik – 0,5
Ijtimoiy maqsadlarga muvofiqlik – 1
Ekologik muvofiqlik – 0,5
Manfaatdor tomonlar iştiroki – 1
Innovatsion yondaşuv – 0
Axloqiy mulohazalar – 1

Umumiy ball: 6,5

Uzum — IT akademiyasi (2024)

Payme

Ayol tadbirkorligi tarafida (2023-2024) – ayollarga öz biznesini PAYME media resurslarida reklama qiliş imkonini beriş hamda PizzaPitç Women tanlovi orqali ularga pul mukofoti va ekspert maslahatlari taqdim etiş.

Barqarorlik – 1
Taʼsir – 1
Şaffoflik – 0,5
Ijtimoiy maqsadlarga muvofiqlik – 1
Ekologik muvofiqlik – 0
Manfaatdor tomonlar iştiroki – 1
Innovatsion yondaşuv – 0,5
Axloqiy mulohazalar – 0,5

Umumiy ball: 5,5

Kapitalbank — Havodek zarur (2024)
Payme — Ayol tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş (2023–2024)