Yoşligimdan anglagan eng muhim haqiqatim şu böldiki, öqituvçilar men uçun kerakli, özim istagan barça bilimni bera olmaydi. Ular faqat mutaxassislikka oid ilmlarni örgatadi. Bu esa yetarli emas. Muloqot kompetensiyasi, kirişuvçanlik, taqdimot qiliş könikmasi va boşqa şu kabi “soft skills” tajriba orqali özlaştiriladi. Mukammal ilmga tinimsiz mehnat bilan erişiş mumkin.

Taqdirdan qoçib bölmaydi. Taqdiringizda nima bitilgan bölsa, u albatta sodir böladi, şunçaki uni rad etmang. Yaxşimi, yomonmi, albatta, yaxşilikka böladi. Bunga işonaman. Agar oliy maqsadingiz bölsa, unga qarab intilsangiz, boşingizga tuşadigan yaxşi kunlar ham, yomon kunlar ham sizni kuçli qiladi.

Barvaqt turiş qiyin, töğrisini aytaman. Soat 7.00 da zörğa uyğonaman. Aslida neça soat uxlaşimning farqi yöq, kayfiyatim yaxşi bölsa, işlab ketaveraman. “Kitobida yozilganidek” tuxum, mevalar va sut mahsulotlaridan iborat soğlom nonuşta qilaman. Şakarsiz, ikki hissa espresso içaman.

Tabiatni juda yaxşi köraman. Köllarni tomoşa qiliş jon-u dilim. Ayniqsa, Botanika boğidagi köl oldida vaqt ötkaziş juda maroqli. Döstlar, oila aʼzolarim, yaqinlarim bilan ham tabiat qöynida dam olib turaman. Ammo yolğiz qolişni, sokinlikda dam olişni ham afzal köraman.

Mehnat qiliş va öz ustida işlaş – eng muhimi! Bilim oliş ham mehnat. Ota-onam menga buni bolaligimdan uqtirişgan. Yana öz-özini aldamaslikka örganiş ham muhim odat. Insonlar yolğon gapirişga moyil, undan ham yomoni – öz-özini aldaş va unga işoniş. Illyuziyalar bilan yaşaş. Yoşlikdan samimiy bölişga intiliş zarur.

Odamlar işonçimni oqlamasa, birinçi navbatda özimni ayblayman. Men ulardan köproğini kutganim uçun ular aybdor emas. Bölgan işni boriça qabul qilaman. Gina-kudrat saqlamayman. Ammo öşa odamning kamçiliklari haqida fikrimni albatta aytaman. Xulosa çiqarib, özini özgartirsa, keçirimli bölib, işlaşda davom etaman.

2008-yili birinçi marta çet elga çiqdim. Öşanda Koreyada nafaqat tahsil oldim, balki u yerda yaşaş tajribasi ham kaminani har jihatdan özgartirdi. Sayohat qildim, dunyoqaraşim kengaydi, qadriyatlarim sayqallandi. Bu menga keyinçalik şaxsiy rivojlanişim va karyeramni qurişga yordam berdi.

INHA universitetiga rektor etib tayinlangan paytimdagi va hozirgi Muzaffar – boşqa-boşqa odamlar. Şaxsiy tajribam meni yanada rivojlanişga, yangiliklar qilişga undadi.

Odamlardagi kamtarlikni juda qadrlayman. Vaqt ötib yöqolib ketiş ehtimoli katta bölgan bu xislat har bir insonning xulqini bezaydi, muvaffaqiyat pillapoyalariga olib çiqadi. Lavozim va oylik daromaddan qatʼi nazar inson kamtar bölib qolişi lozim. Dangallikni hurmat qilaman. Ayrim anʼanalarimiz andişa tufayli odamning yuziga gapirmaslikka örgatadi, lekin bu ikkiyuzlamaçilikni rağbatlantirib qöyadigandek, nazarimda. Bu yaxşi emas. Mark Tven aytganidek, haqiqatni nam soçiqni yuzga otgandek emas, paltoni uzatgandek taqdim etiş kerak.

Muzaffar Jalolov

Men, avvalo, ikkiyuzlamaçi, munofiq odamlarga toqat qilolmayman. Ulardagi içi qoralik, hasad kabi illatlarni yomon köraman. Şunçaki açinaman, çunki ular havas nimaligini bilişmaydi. Dangasalikni qoralayman. Agar şu dangasalik bölmaganida dunyoda muvaffaqiyatli va baxtli odamlar yana ham köp bölar edi.

Loyiha menejerlari, ayniqsa, ixtisoslaşgan IT yönalişidagi boşqaruv xodimlariga, professionallarga doim talab bor. 2030-yilga borib ayrim kasblar sunʼiy ong rivojlanişi ortidan boşqa kasblarga qöşilişi yoki umuman yöqolib ketişi mumkin. Lekin, deylik, tibbiyot, şaharsozlik yoki qişloq xöjaligida IT mahsulot yaratiş uçun dasturçilar va boşqa tomonlar bilan işlaydigan yaxşi loyiha menejerlariga doimo talab yuqori. Maʼlumot tahlilçilar (data analysts) ham sönggi yillarda ommalaşayotgan soha. Ularning “noni” – maʼlumotlar. Qançalik maʼlumot köpaygani, tahlil va başoratga ehtiyoj oşgani sari dolzarblik kasb etaveradi.

Afsuski, perfeksionistman. Men uçun hamma narsa joy-joyida bölişi şart. Bundan yaqinlarim va hamkasblarim aziyat çekişi mumkin. Ötaketgan işparastligim ham yaqinlarimni qiyin vaziyatga soladigan odatlarimdan biri. Iş beruvçi közi bilan qaraganda bu yaxşi. Mahsuldor işlaşim, biror vazifani tugatmagunimça kunni keç qilişim, hatto işxonada tunab qolişim mumkin. Sönggi paytlarda bu odatlarimni meʼyorlaştiriş ustida işlayapman, sababi özim, oilam va farzandlarim tarbiyasi uçun ham vaqt ajratiş zarur.

Heç narsadan afsuslanmayman. Ortga qaytib, biror xatomni tuzata olganimda, yana-da köproq vaqtimni öz ustimda işlaşga sarflagan bölar edim. Koreys tilimni yuqori darajaga olib çiqardim. Qöşimça kurslarni öqib tugatardim. Çunki bundan ön yil avvalgi vaqt hozir menda yetişmayapti.

Kelajakda yaşil siyosatni iqtisodiyotimizning asosiy drayveriga aylantirsak, Markaziy Osiyoda özimizning “Şengen” hududimizni qursak, Jahon Savdo Taşkilotiga kirsak, dunyodagi pozitsiyamiz yanada mustahkamlanişiga işonaman.

Tina Imamjan suhbatlaşdi