Toşkent sanʼat asarlarini suvtekinga sotadigan kamdan kam uçraydigan poytaxtdir. Bugun ham bilet uçun atigi 35 ming söm – 3 dollar sarfladim. Kulgili narx, sahnada esa yuzdan ortiq odam ter tökadi. Xijolat bölasan kişi... Teatr jamoasiga açinaman – baʼzilari bizda öqituvçilardan ham battar kun körişadi, uysiz, maşinasiz, töylardagi çoy-çaqalarini aytmasa, maoş oyning öninçi kuniga ham bormay Orol dengizi kabi qurib bitadi. Azbaroyi sanʼatsevarligi yo bölmasa kelajakda şon-şuhrat borasidagi yaltiroq orzulari bilan yaşaydi. Ayrimlarining esa boşqa işni eplaşiga közi yetmagani uçun ham sahna atrofida öralaşib yuradi va biri ikki bölmay qariydi, ursang ham ketmaydi. Açinarlari taqdirlar.

Mayli, bugun men aktyorlar haqida öylab ezilgani emas, faqat va faqat sevgilim haqida şirin öylarga beriliş uçun keldim. Hozirgi kunda diqqatni bir soat bir joyda uşlab turişning özi möjiza bölib qoldi.
Oydin 22 yoşda. Men uni sevaman.
Ölay agar, uni bir körişdayoq telbaga aylanganman. Çin gapim şu: bir marta kördim, tamom, men avvalgi tartibli, halovatli hayotim butkul izdan çiqişini iç-içimdan angladim.
Oydinga kör-körona mubtalolik boşlanmasidan oldin menda heç qanday sevgi tajribasi, “öldim-kuydim” bölmagan, balki bari telbalikning boş sababi şudir, çunki bu dunyo faqat tajribasizlarning boşini ğurra qilişga usta.
Mana, oradan beş yilga yaqin vaqt ötsa ham, Oydin öjarlik bilan tutqiç bermaydi. Men esa borgan sari asabiy va jahldor oşiqqa aylanib qolayotganimni, qisqa qilib aytganda, hayotim tizginsiz, dabdala bölib ketganini sezib turibman. Tört oydan söng javobsiz sevgimga beş yil töladi va bu beş yil meni butunlay boşqa odamga, avvalgi hayotimdan faqat suratimni köçirgan bir yangi va baxtsiz nusxaga aylantirib qöydi. Men yangi odamga aylandim, u eskisiga pasportdagina öxşaydi, xolos. Men yangi odamni yomon köraman, lekin burungi kunlarga qaytişga ham yöl yöq.
Oydinga har kun Telegramdan yozaman, qisqa javoblar keladi, bölgani şu! Qoliplarga solingan soxta salom-aliklar – smayliklarni menga loyiq köradi. Itdan yomon köraman nimadir yozgan odamga osongina faqat layk bosib qöyadiganlarni, körgani közim yöq, nafratlanaman hatto... Bu nafrat faqatgina javobsiz muhabbatdan emas; 8 million qarz olib, uç yarim yildan beri bermayotgan va har muqaddas juma kuni bir xil sözlar ila tabrik suratini jönatadigan qöşnim ham sabab. Men unga bergan pulga qöşib maşina olmoqçi edim, plastik kartamga har oylik maoşdan bir million jamğargan edim, endi esa bu orzuni kömdim. Uning “erta beraman, indin beraman, uy sotaman, mol sotaman, keyin beraman” degan vajlarining turfa xiliga kömilib ketdim, men tongimni u qanday yangi sabab ixtiro qilişini öylab ottirgan kunlarim bölgan.
Hozir hammasidan çarçadim, asabiylik yuragimni tamom qilişidan qörqaman. Pul “quloğini uşlab” ketganidan ham emas, Toşkent köçalarida maşina haydaşga bardoşim yetmasligi haqida öylayman. Qöşnim qarzini berdiyam deylik, men yana özimni tergab-tejab pul yiğaman, maşina olaman va har qadamda turli balo uçraydigan köçaga çiqamanmi? Yöq, yöq! Bizda haydovçilarning töqson foizi negadir doim şoşgan va darğazab, nimadandir noligan, bir-birining ustiga haydagan, sabrsiz. Şu tödaga qöşilamanmi? Yöq, also!
Qöşnim qarzini bermagani durust ekan. Şu ötgan uç yarim yil içida şaharni piyoda kezişni qadriyatimga aylantirib oldim. Maşina olişdan butunlay voz keçdim, pulni esa maşina uçun yiğmoqçi edim. Demak, endi qarzini qaytarişi umuman kerak emas. Şu qarorga kelgan kunim eng baxtli kunlarimdan böldi.
Toşkentni piyoda kezganda ajib gözalliklarni körasiz, tartibsizlik içidagi bir uyğunlikni payqaysiz, rayhonlar ekilgan hovlilar bilan birga, tor kulbalarga duç kelasiz, uluğvor masjidlar oralab ajoyib-u ğaroyib bozorlarga ötib qolasiz. Muhtaşamlik va ğariblik içra ingrayotgan şahar manzaralari sizga bir ulkan sanʼat asarining dekoratsiyasini eslatadi.

Men bir kuni tongda unsiz közyoş tökayotgan Toşkentni körganman. O, dahşat! Unsiz, qöllari bilan oğzini berkitgança bir çekkada yiğlayotgan betakror Toşkent.
Şuning uçun har juma qarzdorning tabrik SMSlari kelar ekan, menga umidsiz javoblar berayotgan sevgilimdan boşqa narsani esga olmayman. Qiz na yöq, na ha deydi, na erga tegadi, na bizga imkon beradi; savol va jumboqlar içida uni battar sevib qolgandirman balki.
Körişganimizda ham doim jim, lablari titragança nimanidir aytmoqçi böladi-yu, ammo heç nima demay, doim bezbetlarça irşayib, uni kutib turadigan qizil maşinasi tomon çopadi.
Gohida asabiylikdan uning hayotiga suqilib kirişni istayman, buning yomonligini bilaman, lekin nima qilay, Telegramdan keladigan smayliklarga işonib yaşamayman-ku!
Oydin maşina qöyadigan joyga kameralar qöyganimga sabab ham şu. U ulovini öçirayotganda yoki öt oldirayotganda körib turişni istayman, joyiga kimdir maşinasini qöyganda asabiylaşadi – yanada gözallaşadi, ança vaqt kutadi va öşa onlarda mening aziz filmim biroz çöziladi va bu menga Neftlix teleseriallaridan köra köp karra maroqli tuyuladi. Ammo uning dardini hamon bilmayman; kimni kutadi, kimga işonadi, kimni sevadi, kimniki böladi – şu savollar bilan umidsizlangança uni juda sevaman.
Men bugun yana uni öylaş uçun teatrga keldim, ammo bu yerda meni nimalar kutayotganini hali bilmasdim.
(Hikoyadan parça)




