Men faqat sotuvga asoslangan biznesga işonmayman. Nazdimda, eng muhimi, biznes qiymat yaratişi kerak. “Şaharni qanday qilib qulay hududga aylantiriş mumkin? Bolalar aravaçasini yetaklagan onaning oğirini qanday yengillatsa böladi?” degan savollar ustida boş qotirsangiz, bu boşqa gap. Gap masʼuliyatda, odamlar bilan riştalarda. Mahsulot insonlar hayotini osonroq, qulayroq, yaxşiroq qila olsagina, qiymat hosil böladi. Şunçaki xizmat sotmasdan, ekotizim yaratiş ustida işlasangiz, ortingizdan iz qoldirayotganingizni his qilasiz. Mutlaqo boşqa biznes paydo böladi. Bu endi şunçaki “oldi-sotdi” emas. Bu dunyoga taʼsir körsatiş demak.
Yandex Uzbekistanʼning öz xaritalarida qulaylik belgilarini joriy qilişi yuqoridan tuşgan taşabbus bölgani yöq. Ğoya jamoaning özida tuğilgan. Kimdir onalar bolalar aravaçasi bilan zinapoyalardan kötarila olmayotganini payqadi. Va bunday bölmasligi kerak, degan xulosaga keldi. Hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda xaritani maʼlumotlar bilan boyitib boryapmiz: qayerda pandus bor, qayerda yölaklar keng, nogironlar aravaçasi bilan harakatlaniş mumkin, qayerda liftdan foydalansa böladi. Şuningdek, Agentlik taşabbusi bilan Özbekistonning uçta şahrida sinov tariqasida ijtimoiy taksi loyihasini yölga qöydik: nogironligi bölgan bolalar davlat tomonidan ajratiladigan oylik byudjet hisobidan taksida maktabga qatnay olişadi. Bunday safarga Yandex Go ilovasi orqali buyurtma beriş mumkin, xizmat uçun komissiya tölovi mavjud emas, davlat tomonidan ajratiladigan barça mablağlar töğridan-töğri haydovçilarga tölanadi.

Işonaman: Özbekiston yoşlari dunyodagi eng sara tengdoşlari bilan bellaşa oladi. Bizdagi isteʼdodlar qatʼiyatli, bilimga öç, maqsadlari yuksak. Bunga har kuni öz kompaniyamiz misolida guvoh bölaman. Mening vazifam nima? Uçqun yoqiş va uning alangalanişiga imkon beriş. Bugun mamlakatda davlat va xususiy vençur taşabbuslar paydo bölmoqda, kapital hajmi oşib boryapti. Ammo startaplar hali oz. Bu meʼyoriy holat: tavakkalçilik unça rivojlanmagan, şov-şuvli holatlar ham sanoqli. Ammo bu vaqt masalasi. Bozorda AT kompaniyalar va ekspertizalar ortgani sari yoşlarda özini sinab köriş imkoniyati ham oşib boradi. Muhimi – texnologiyalar şunçaki iş emas, balki dunyoni özgartiriş uçun imkoniyat ekanligini körsata oliş. Bunday muhitda örganiş qiziq, hamfikrlar köp. Şuning uçun bozorni imkoniyatlar bilan töldiryapmiz: dasturlaş maktablari, amaliyotlar, pedagoglar uçun dasturlar, Yandex Cup kabi çempionatlar.
Yoşlar ATʼga şunday qarasinki, uni amalda foyda beradigan, insonlarga naf keltiradigan nimadir yaratiş imkoniyati sifatida körsin. Yoş dasturçi özi yaratgan kodning mahsulini amalda körsa – mana bu möjiza. Minglab insonlar foydalanadigan tugma. Buni amalga oşiriş uçun maktabdagi ilk qadamlardan tortib, kompaniyalarda professional ösişgaça bölgan tölaqonli aylanma kerak. Yeçim qanday? Maktablar, oliygohlar, kompaniyalar va davlatni öz içiga oluvçi uzluksiz öquv tizimini yölga qöyiş. Yandex Uzbekistanʼda loyihalarni aynan şu qaraş asosida – qadamba-qadam, hamkorlar va jamoa bilan birgalikda amalga oşiramiz.
Asosiy ustunligimiz – murabbiylik. Amaliyotçi ekspertlar talabalar bilan işlaşadi, natijalar esa hayratlanarli. Buning qatoriga sunʼiy idrok kabi zamonaviy vositalardan foydalaniş imkoniyati ham qöşilsa, şunçaki koderlarni emas, novatorlarni tayyorlayotgan bölasiz. Turli şaharlarda ötkazilayotgan xakatonlarimiz körsatdiki, maktab öquvçilari real muammolarga yeçim taklif qiladigan prototiplarni bir kun içida yaratişga qodir ekan. Informatika öqituvçilari uçun esa Pedagogik mahorat milliy instituti bilan birgalikda 2024-yil noyabridan boşlab bepul onlayn kurslarni işga tuşirdik, bu 10 ming nafargaça pedagogni tayyorlaş imkonini beradi. Maqsad – butun ekotizim texnologiyalar şiddatiga hamohang tarzda rivojlansin.
Odamlarni toifalarga ajratmayman. Ayollar va erkaklar örtasidagi, poytaxt va viloyatlar örtasidagi tenglik tarafdoriman. Jamoamizda ayollar eng yuqori mansablarni egallaşgan. Ammo jamiyat hali buni tölaqonli anglab yetganiça yöq, şu bois qöllov zarur. Xalqaro “Technovation Girls” STEM dasturini Özbekistonda amalga oşiriş uçun homiylik bunga ajoyib misol böla oladi. Jamoamiz mamlakat böylab minglab qizlarning AT sohasiga kirib kelişlari, özlariga işonişlari uçun kömaklaşmoqda. Eng muhimi şu. Viloyatdagi yoşlar poytaxtdagilardan heç bir jabhada kam emas. Şunçaki ularda imkoniyat biroz çeklangan. Istagimiz – xoh Urgançda bölsin, xoh Nukusda, har bir qiz, har bir yigit tuşunsin: “Men heç kimdan aslo kam emasman”. Asosiysi – xohiş.
Xato – muvaffaqiyatsizlik emas. Bu olğa qadam. Öxşamadimi, qayta urinib kör. Şu tariqa salohiyat ösib boradi. Muhimi, qörqmaslik kerak. Özimiz ham qaçonlardir noldan boşlab startapni yölga qöyganmiz. Xaritada harakatlanadigan körsatkiçni ilk bor körganim yodimda, uni bizning mutaxassis yozgandi. Bu haqiqiy möjiza edi.
Oradan şunça yil ötdi, hozir mamlakat rivojlanayotganiga guvoh bölyapman. AT markaziga aylaniş, dunyoga isteʼdodlarni yetiştirib beriş va öz Vatanimizda bunyodkorlik qiliş uçun imkoniyatimiz yetarli. Çetga ketgan döstlarim bor. Ular xorijda bir-biridan ajoyib loyihalar qilişyapti. Kimdir qaytadi, kimdir sarmoyasini şu yerga tikadi – bularning bari bir butun jarayonning qismi. Ertangi kun mukammal böladimi, bilmayman. Ammo bir narsaga işonçim komil: ertangi kun keçagidan oz bölsa-da yaxşilanişi uçun bor imkoniyatimizni işga solyapmiz. Zero, mohiyat aynan şunda.

Tina IMAMJAN suhbatlaşdi.




