Bloger “Özbekistonlik” loyihasining muhimligini taʼkidlab, u turli tarkibiy qismlarni öz içiga olişi haqida sözladi: bu xorijdagi öz sohasida muvaffaqiyatga erişgan, ulkan va ajoyib işlarni amalga oşirayotgan şuningdek, forumlar ötkazayotgan vatandoşlarimiz haqidagi biografik hujjatli filmlar turkumidir.
Uzbekistan’s Club media-rezidenti Feruzxonning aytişiça, Parij forumi bir maydonda dunyoning turli şahar va davlatlarida yaşovçi vatandoşlarni birlaştirgan. Bu şu turdagi ikkinçi forumdir, birinçisi Berlinda bölib ötgan edi.
“Bunday forumlarning eng katta maqsad va vazifasi — aloqalarni mustahkamlaş, bir-birini bilişi kerak bölgan ajoyib odamlarni bir-biriga taniştirişdir. Agar ajoyib odamlar bir-birini tanimaganida, “Qasoskorlar” ham, “Adolat ligasi” ham bölmasdi”, - deydi Feruzxon Yoqubxöjayev.
Bloger, şuningdek, forum doirasida panel sessiyalari ötkazilganini, unda turli masalalar, jumladan, Özbekistonda media sohasini rivojlantiriş masalalari muhokama qilinganini ham sözladi.


