Registon maydoni yaqinidagi “Döstmatboy” madrasasi binosida taşkil etilgan yirik tadbirda 100 nafardan ortiq delegat iştirok etdi. U AQŞ, Yevropa, Osiyo-Tinç Okeani mintaqasi, şuningdek, qöşni mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspertlarni töpladi.
Biz inson kapitalini şakllantiriş hamda xalqaro taʼlimni rağbatlantirişga qaratilgan muhokamalar maydonçasini yaratişdan mamnunmiz. Uşbu forum Uzbekistan’s Club'ning “Uzbekistan: Land of Talents” ğoyasi bilan hamohang bölib, jamoamiz Özbekistonda uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlar, qiziqarli loyihalarni qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Global Talent Forumni ham anʼanaviy tarzda ötkaziş, unga muhim steykxolderlarni jalb qiliş niyatida.
Xorijlik mehmonlar hamda mahalliy mutaxassislar, soha vakillari, şuningdek, jamğarma stipendiatlariga manzur bölgan yirik loyihani taşkil qilişda Özbekiston Milliy banki boş hamkor sifatida namoyon böldi. Şunday keng kölamli taşabbusni qöllab-quvvatlaş Özbekiston Milliy bankining taʼlim va kadrlar tayyorlaş sohalariga hissa qöşişdagi fidoiyligining yaqqol aksidir.
Şuningdek, Mikrokreditbank, Xalq Banki, Agrobank, Uzbekistan Airways kabi ijtimoiy masʼuliyatli kompaniyalarning qöllovini ham alohida taʼkidlaş lozim.
GLOBAL TALENT FORUM 2026
Mamlakatda inson kapitalini şakllantiriş böyiça muhim muassasa “El-yurt umidi” jamğarmasi bilan hamkorlikda Uzbekistan’s Club 29-30-oktyabr kunlari Samarqandda Global Talent Forumini ötkazdi.


