Mehmon beş yulduzli mehmonxonadan nima kutadi? Albatta, xalqaro standartlarga mos yuqori darajadagi xizmatdan foydalaniş va milliy madaniyat ruhini his qilişni. Faoliyatida mana şunday uyğunlikka intilayotgan InterContinental Hotels Groupʼning mintaqadagi boş menejeri Erik Sayler Uzbekistan’s Club jurnali bilan suhbatda bölib, mamlakatdagi eng peşqadam mehmonxonalardan birida oliy darajadagi mehmondöstlik muhitini yaratiş jarayoni bilan taniştirdi.
ÖZBEKONA TAJRIBA
Özbekiston boy mehmondöstlik madaniyatiga ega. Özbekça taomilga köra, mehmon oila aʼzosidek qabul qilinadi. Ularni iliq kutib olişdan tortib, jamoamizning puxta öylangan har bir xatti-harakati orqali mehmondöstlikni aks ettirişiga intilamiz. Biz milliy madaniy elementlardan nozik, ammo unutilmas tarzda foydalanamiz, masalan, mahalliy uslubdagi dizayn orqali yoki nonuştada, röyxatdan ötişda va xonalarga iltifot tarzida milliy taomlarimizni taklif qilamiz. Bu mehmonga haşamatdan bahra oliş barobarida Özbekistonning madaniy merosini çinakamiga his qiliş imkonini beradi.

UNUTILMAS XOTIRA - HAŞAMAT
Beş yulduzli mehmonxonadan kutiladigan yuqori darajadagi servisning muhim omillaridan biri – xodimlar. Ularni tanlaşda men eʼtibor qaratadigan muhim jihatlarga: öz vazifasiga töğri munosabat, iştiyoq va yuqori darajada xizmat körsatişga intiliş kabi xislatlar kiradi. Biz tabiatan mehmondöst bölgan, unutilmas xotiralarni haqiqiy haşamat ekanligini tuşunadigan xodimlarni izlaymiz.
Xodimlar uçun majmuaviy öquv dasturlariga sarmoya kiritamiz, ular xizmat körsatiş könikmalarini takomillaştiriş bilan birga brendimizning qadriyatlari haqida tasavvur ham hosil qiladi. Ijobiy muhit, ösiş imkoniyati va beqiyos xizmatlarni eʼtirof etiş orqali sara xodimlarni uşlab qolişga harakat qilamiz, bu esa faxr va jamoaga taalluqlilik hissini oşiradi.
Bizga nima motivatsiya beradi? Maqsad va eʼtirof. Men oçiq muloqot va xodimlarning yutuqlarini eʼtirof etişni hamda doimiy rivojlanişni qöllab-quvvatlayman. Buning uçun munosib xizmatlarga rağbat sifatida “Oy xodimi” mukofotidan tortib, netvorking uçun turli dasturlarni joriy qilganmiz. Qolaversa, umumiy maqsadlar, muntazam timbilding tadbirlari, har kimni maksimal harakatga undaydigan muhitni yaratiş orqali kuçli jamoaviy ruhni şakllantirganmiz.
SADOQAT
Har bir mehmon öziga nisbatan alohida eʼtibor, unutilmas taassurot lar va mahalliy madaniyat hamohangligida munosabatda bölişlarini kutadi. Maqsadimiz detallarga eʼtibor qaratiş, innovatsiyalarni joriy etiş va Özbekistonning boy merosini aks ettirib, kutilmalardan ham ortiq muhit yaratiş bilan boğliq taassurot larni taklif qiliş orqali kutganlaridan ziyodasini bera olişdir.
Vaʼdalarni bajarişdagi izçillik meh monga kutilmagan xursandçiliklar hadya qilişdek muhim ahamiyatga ega. Sifat va yuqori darajadagi xiz matga doim kamarbasta ekanimiz mijozda sodiqlik hissini uyğotadi, ijobiy fikrlarni oğizdan oğizga köçişiga sabab böladi.
Mehmonda unutilmas taassurot qoldirişda eng muhimi – özbekça elementlarni xalqaro standartlar bilan töğri uyğunlaştiriş. Toki ular özaro bellaşmasin, aksinça, bir-birini töldirsin. Xonalarni tozaşdan tortib taomlanişgaça barça yönalişlarda brendning yuqori standartlariga amal qilinişini kafolatlaş uçun qatʼiy sifat nazoratini olib boramiz. Öz navbatida, xizmatlarimiz özbek dizayni, taʼmlari va anʼanalarini özida aks ettiradi. Masalan, xonalar mahalliy hunarmandçilik namunalari bölgan hoşiyalar bilan bezatilgan, restoranlarimizda eng sara mahsulot lardan tayyorlangan anʼanaviy özbek taomlari tortiladi. Bu haşamat va özbek milliy merosi hamohang bölgan öziga xos muhitni yaratadi.




