200 kilogrammdan 20 tonnagaça
Özbekistonda tuğilib, ösib, 19 yoşimda “qaydasan, Malayziya” deb yölga otlandim. Malayziyadagi hayotimning beşinçi yilida “tang ahvoldagi talabalar” turmuşini yaxşilaş uçun döstlarim bilan biznes boşlaşga qaror qildik. Yonğoq va quruq mevalar olib kela boşladik. 200-300 kilogrammli partiyalarni kiçik dökonçalarga sotiş mening zimmamga tuşdi.
2017-yilda vizani yangilaş maqsadida qisqa muddatga Özbekistonga qaytdim-u vaqtinça işlab turiş uçun eksport kompaniyasiga joylaşdim. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini import qiliş istagi bildirilgan 200 dan ziyod, hatto oçilmagan elektron xabarlarni körganimda şokka tuşdim. Yana ozmunça emas, qöşa-qöşa yuk kemasiga ortgulik miqdorda mahsulot söralgandi. Dora, bu sening imkoniyating, dedim özimga. Malayziyada 200-300 kiloga xaridor topiş amrimahol bölsa, Özbekistonda xorijiy kompaniyalar ayni mahsulotni kamida 20 tonnalab sotib oliş uçun navbat kutayotgandi. Bu kompaniyada 9 oy işlab, Malayziyaga qaytiş haqida unutayozdim hisob.

Tört oy?! Yöq, ikki hafta!
Biznesda şunaqa: hozirgi darajangdan ösasan, va tabiiyki, yangi marralarni zabt etişga ehtiyoj sezasan. Biroz vaqtdan keyin yollanma işçi sifatida şaxsiy maqsad va vazifalarim kompaniya falsafasiga mos kelmay qoldi. Va işdan ketib, öz kompaniyamni röyxatdan ötkazdim. Yangi biznesga tikiş uçun sarmoyam yöq edi. Hammasini noldan boşladim, asosiy vazifa – xarajatlarni minimallaştiriş edi. Masalan, yarim yilgaça Şevçenko köçasidagi qahvaxona men uçun ofis vazifasini bajargan.
Biznes strategiya ustida işlarkanman, ilk buyurtmani oliş uçun özimga tört oy muhlat belgiladim. Ammo amalda vaziyat ança quvonarli böldi – atigi ikki haftadan keyin dastlabki buyurtma qölimda edi. Va hammasi jadal ilgarilay boşladi.
Özbekiston yonğoq va quruq mevalarining mazasi mutlaqo özgaça. Ijobiy maʼnoda. Ammo ularni tayyorlaş jarayoni maqtagulik emas. Afsuski, bu istiqbolli yönalişda salohiyatimizdan yetarliça foydalana olmayapmiz. Fermer va işlab çiqaruvçilar tayyorlov jarayonini texnologik jihatdan qanday töğri amalga oşirişni bilmaydi, şuning uçun “qöldan kelgança” qabilida iş tutadi. Bu esa tovarning qiymati va saqlaş muddatiga jiddiy taʼsir körsatadi. Bilim va könikma yetişmovçiligi mamlakatda mavjud bölgan yuqori salohiyatni samarali yuzaga çiqarişga tösqinlik qiladi.
Tekin reklama
Ayol tadbirkor böliş qiyinmi? Qiyin bölganda qandoq! Qiziği, bu erkak uçun ham, ayol uçun ham birdek qiyin. Tadbirkorlik faoliyatim haqida gapiradigan bölsak, kiçik qiyinçiliklar faqat va faqat odamlarning munosabati bilan boğliq. Masalan, fermer ilk uçraşuvda buyurtma tafsilotlarini men bilan emas, haydovçi bilan muhokama qilib ketadi. Aslida buni qiyinçilik deb ham bölmaydi. Ijobiy jihatlari yetarliça. Nazarimda, aynan ayol bölganim uçun yutuqlarim mediamakonda köproq nazarga tuşadi. Bugun mutaxassis sifatida men haqimda köplab intervyu, maqola va çiqişlar orqali tor doiralarda köpçilik bilişiga işonçim komil. Faoliyatimiz BBC va CNN efirlarida, MDH hududidagi internet jurnallarda, Özbekistondagi önlab yirik platformalarda yoritilgan. Qiziği, heç qaçon bu materiallar uçun çiqim qilmaganman. Tekin reklamaning ajoyib samarasi. Mening örnimda erkak kişi bölganida u haqida ham ayni qiziqiş bilan gapirişlari ehtimoldan uzoq bölardi.
Takliflar
Mendan söraşsa, avvalo, barça turdagi fermerlar va xöjaliklar uçun tizimli öqitişni taklif qilgan bölardim. Bilim va könikma darajasini uzluksiz rivojlantirib boriş kerak. Mediamakonni töyintiriş, köproq maʼlumot va öquv materiallarini yaratiş lozim. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlov beriş bilan boğliq barça masalalarda maʼlumot oliş imkoniyatini taqdim etadigan mobil ilovalar işlab çiqiş, taʼlimiy körsatuvlarni tayyorlaşga sarmoya kiritiş zarur.
Ikkinçidan, har bir tovar uçun yöl xaritasi işlab çiqqan bölardim. Masalan, anjir mevasi juda nozik, saqlaş muddati ham juda qisqa. Şuning uçun bu mevani yangi pişgan paytida eksport qiliş qiyin, bunda xatarlar köp. Bunday vaziyatda, masalan, eng maqbul yöl – qişloq xöjaligi mahsulotiga qayta işlov beriş. Fikrimça, xoh pomidor yoki limon, xoh qovun yoki yonğoq bölsin, har bir tovar yöl xaritasiga ega bölişi, unda işlab çiqariş va sotuv strategiyasi, tayyorlov uçun mavjud va belgilangan texnologiyalar aks ettirilişi kerak. Toki har kim kerakli maʼlumot bilan tanişib, amalda qöllaş imkoniga ega bölsin.

Murad NASIROV suhbatlaşdi.




