Dilfuza Kurolova, inson huquqlari böyiça yurist, Global Şapers Taşkent Hub (World Economic Forumʼning yoşlar harakati) asosçisi.
Özbekistonda uzoq yillar davomida faollik yoki huquq himoyasi “yaşirin” faoliyat sanalgan, xatarli hisoblangan. 2016-yilda siyosiy tizim yangilangaç, mamlakatdagi vaziyat tubdan özgardiki, buni “siyosiy mahbus”larning qamoqxonalardan ozod qilinişi, yangi faol va huquq himoyaçilarining paydo bölişi, fuqarolik jamiyatining harakatga kelgani hamda davlat organlari va fuqarolar örtasida muloqotning yölga qöyilgani tasdiqlaydi.

Şaxsiy tajriba: faollik
Balki oilada heç qanday kamsitişga duç kelmaganim uçunmi, maktabda ham, universitetda ham meni jinsga köra kamsitişayotganini unça tuşunmaganman. Afsuski, buni inson huquqlari sohasida iş boşlaganimdan keyingina tuşunib yetdim. Ammo har doim huquqlarimni peş qilib kelganman, adolatsizlikka mutlaqo toqatsizman. Ehtimol, aynan şuning uçun ham Özbekistonning huquqni muhofaza qiliş yoki sud organlarida faoliyatimni davom ettirmay, nodavlat sektorga ötib ketgandirman. 2017-2018-yillarga qadar bugungi har bir faol borki, fikrlarini tilga çiqariş mumkin emas, deb öylagan yoki qörqqan. Menda ham şunday bölgan, çunki ijtimoiy tarmoqlardagi postlarim rahbarlarimning “sizni deb kaltak bizning boşimizda sinadi” qabilidagi vajlari bilan öçirilgan holatlar köp bölgan.
Lekin mamlakat siyosati özgarib, fikrga, soğlom muloqotga oçilgaç, odamlar savollarni örtaga taşlab, javoblar ola boşlaşdi. Şunda özimga savol berdim: “Odamlarga, jamiyatga, atrofimdagilarga qanday yordam bera olaman?” Buni dugonam bilan muhokama qiliş çoğida ijtimoiy tarmoqlarda aholiga dastlabki yuridik maslahatni bepul taqdim etiş fikri tuğildi. Şu tariqa faollik harakatim boşlandi. Qolaversa, bunday maslahatlaşuvlar muntazam ravişda yuridik yeçimlar izlaş, huquq meʼyorlarini aholi uçun sodda tilda tuşuntiriş va amaliy tajribalar böyiça izlanişga undardi.
Murojaatlarni tahlil qilgan holda aksariyat sörovlar oilaviy zöravonlik, iş joyidagi kamsitiş, institutsional loqaydlik, yoşlar örtasidagi işsizlik, ajraşiş jarayonlari va boşqa masalalar bilan boğliqligini tuşundim. Ana şunda jamiyatda huquqiy savodxonlik va yuridik klinikalar tanqisligi fojiali ahvolda ekanini angladim hamda milliy qonunçilik va inson huquqlari böyiça xalqaro meʼyorlarni, öz xulosa va kuzatuvlarimni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qila boşladim.
Inson huquqlari böyiça amaliy va akademik sohada ançadan beri şuğullanib kelayotganim tufayli 2020-yil örtalarida Özbekistondagi ayollar huquqlari masalasida loyiha doirasida YouTube uçun katta intervyuga taklif qilişdi. Buning ortidan tarmoqda misli körilmagan negativlar va tahdidga nişon böldim. Bunday nafrat va tahdidlar bilan ilk bor töqnaş kelişim edi, köpçilik çindan ham ayollarga nisbatan zöravonlikni legitimlaştirişi va öz dalillarini turli asossiz sabablar bilan oqlaşga urinişlarini körib, hayratdan yoqa uşladim. Şunda bu haqida oşkora gapira boşladim va mazkur vaziyat haqida barça tegişli muassasalarga yozib çiqdim, çunki bunday holatda sud tizimi yordam bera olmaydi. Va albatta, nafratga qarşi kuçni – ön minglab odamlarning qöllovini his qildimki, bu menga faollik işida işonç bağişladi.
Bu qimmatli va unça yoqimli bölmagan tajriba tufayli haligaça fuqarolik jamiyati institutlariga BMTning kelişuv organlari uçun muqobil hisobotlar yozişda yordam beraman, çunki röyxatdan ötgan NNT va faollar guruhlarining hammasi ham bunday hisobotlarni organlar talabiga muvofiq yoza olişmaydi.
Şaxsiy tajriba: huquq himoyaçisi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oilaviy zöravonlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaşga oid qonun işlab çiqiş uçun tuzilgan işçi guruh tarkibida olgan tajribam bebaho, negaki öşanda ayollar koalitsiyasining kuçini öz közim bilan kördim. Işonçim komil, bizning (“NeMolçi.uz” loyihasi faollari, UNICEF va Boş prokuraturaning kuçli va jasur ayollaridan iborat kiçik guruh) harakatlarimizsiz va siyosiy taʼsirga ega ayollarning qöllovisiz oilaviy zöravonlik uçun haligaça jinoiy javobgarlik belgilanmagan bölardi. Bu qonun, şuningdek, zöravonlikdan bolalar himoyasini ham kuçaytirdi. Ammo qonunning qabul qilinişi barça muammolarning hal bölişini kafolatlamaydi, qonun içkarida – sudgaça bölgan tergov jarayonida, sudda va undan keyin qanday işlaşini tuşuniş uçun, fuqarolik jamiyati va davlat sifatida zöravonlik qurbonlarining himoyasini kuçaytira olişimiz uçun jinoiy-maʼmuriy işlar böyiça advokat litsenziyasini olişga qaror qildim.
Keyin-çi?
Özbekiston Respublikasi Oliy sudining sönggi maʼlumotlariga qaraganda, oilaviy zöravonlik va jinsiy tegajoğlik qurbonlari sudga ariza kiritiş uçun özlarida kuç topa olişyapti (çunki qonun qabul qilingunga qadar qurbonlar işonçsizlik, bosim va şubhalar sababli heç qayerga murojaat qila olişmagan), öz navbatida, huquqni muhofaza qiliş va sud organlari bu murakkab masalaga nisbatan yuqori huşyorlik namoyiş qilişmoqda (ayblov hukmlari va huquq buzilişiga qarşi belgilanayotgan sanksiyalardan kelib çiqqan holda).
Qayd etiş zarurki, faollar va huquq himoyaçilari köp hollarda turli tösiqlarga duç kelib, boşi berk köçaga kirib qolişadi, bu hissiy va kasbiy zöriqişga olib keladi. Ustiga-ustak, iş/faollik va şaxsiy hayot örtasida muvozanat (work and life balance) saqlaş juda qiyin. Men ham bundan mustasno emasman.
Faollik yoki huquq himoyasi bilan şuğullanadiganlar uçun şaxsiy tavsiyalarim:
- Qarindoşlar, yaqinlar va professionallardan yordam söraşdan uyalmang, zöriqiş apatiya yoki depressiyaga aylanib ketişi mumkin;
- Stressdan çalğituvçi hobbiga ega bölgan maʼqul, doimiy taranglik yaqinlaringizning sizga munosabatiga taʼsir körsatişi mumkin;
- Döstlaringiz va qadrdonlaringizga nisbatan “toksik” munosabat, lekin bu uzoqqa çözilmasligi kerak;
- Unutmang, huquq bor joyda, burç ham bor. Bu haqiqat köpinça közdan qoçiriladi;
- Işni imkoniyatingiz doirasida bölgan, kuçingiz yetadigan narsalarni özgartirişdan boşlang, şunda köproq işonç, kuç va qöllovga erişasiz, bu esa hammasidan ham muhim;
- Har doim yodda tuting, ijtimoiy tarmoqlarda, gazeta va jurnallarda yozadigan har bir sözingiz sizga qarşi qöllanişi mumkin (bu, “Miranda qoidasi”ni eslatadi). Oliy yuridik taʼlimga ega bölgan holda men çegara va qizil çiziqlar qayerdaligini juda yaxşi tuşunaman, ularni aslo, hatto bugun ham kesib ötiş mumkin emas. Şu bois har doim nimani va qanday yozayotganimni qayta-qayta tekşiraman. Bu içki senzuradek tuyular, balki, ammo faollar va huquq himoyaçilari mana şu voqelik bilan yaşaydi.
Özbekistonda vatani uçun qayğuradigan, mamlakatni rivojlantiriş, islohotlarni izçil davom ettiriş uçun hukumat bilan yelkama-yelka işlaşga şay bölgan faollar va huquq himoyaçilari köp. Bu örinda davlat organlari tomonidan ham tolerantlik namoyiş etilişi juda muhim. Barça qiyinçiliklariga qaramay, bizning faoliyatimiz mamlakat uçun suv va havodek zarur. Zero, faollar va huquq himoyaçilarining ovozi joylardagi haqiqatni foş etuvçi, muqobil manzarani körişga yöl oçuvçi vositadir. Barçaning ovozi muhim, soğlom tanqid – vatanini sevadigan vatanparvarlarning fikri. Şuning uçun ovozlarimiz yanada baralla va dadilroq yangraşi kerak.


