“Delivery Unit” modeli ilk bor 2001-yili Buyuk Britaniyada vujudga keldi. Mazkur model natijadorlikka erişişda öta samarali hisoblanadi, negaki u kam sonli ustuvor vazifalarni belgilab olib, ularga kuçli eʼtibor qaratiş, maʼlumotlarni töplaş hamda tahlil qilişga asoslanadi. Şuningdek, vazirliklar va idoralarning özaro munosabatlarida böladigan odatiy byurokratik formatlarga barham berib, muammolarni tezkor hal qiliş va hisobdorlikni taʼminlaşga yordam beradi. Keyinroq uşbu yondaşuvdan köplab boşqa mamlakatlar, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Çili, Tanzaniya, JAR, Syerra-Leone, Gana, Kosta-Rika, Avstraliya, Pokiston, Peru, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ugandada ham foydalanilgan.

Bizning ofisimiz – tajriba maydonçasi, bu yerda davlat xizmatlarini körsatiş yondaşuvlari qayta körib çiqiladi, ijtimoiy innovatsiyalar joriy etiladi, yangi samarali mexanizmlar işlab çiqiladi.
“Delivery Unit” Özbekistonda uçta asosiy sohaga urğu beradi: xalq taʼlimi infratuzilmasi, ijtimoiy soğliqni saqlaş va suv taʼminoti. Prezident Administratsiyasi tomonidan fuqarolar farovonligi uçun katta ahamiyatga molik 12 ta ijtimoiy indikator tasdiqlangan. Masalan, ijtimoiy soğliqni saqlaş sohasida 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan 8 million nafar bolalarni yod preparatlari bilan taʼminlaş haqida söz boradi. Yoki ayollar orasida kökrak va baçadon böyni saratoni keltirib çiqaradigan erta ölimni kamaytiriş, çekka hududlardagi 5,2 million aholini markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlaş, 10 ta yirik sanoat şaharlarida sanoat oqava suvlarini monitoring qiliş yoki markazlaştirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olingan şahar aholisi uluşi oşirilişini taʼminlaş kabilarni misol sifatida keltiriş mumkin. Taʼlim sohasida asosiy eʼtibor infratuzilmaga qaratiladi. Viloyatlarda suv, internet tarmoği va boşqa tegişli jihozlar bilan taʼminlangan, nogironligi bor şaxslar uçun qulayliklar yaratilgan yangi maktablar, ijtimoiy inşootlarning energiya samaradorligi va ularning suv bilan taʼminlanganligi hamda sanitariya şart-şaroitlari – uşbu barça körsatkiçlar fuqarolarimiz uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
“Delivery Unit” bizga nima beradi? Özbekistonda şunday holat yuzaga kelganki, davlat dasturlarini amalga oşirişda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlaşga juda köp eʼtibor qaratiladi, biroq oldinga qöyilgan vazifalarni amalga oşiriş yoki dasturlarni amalga tatbiq etiş samaradorligini baholaşga kamroq ahamiyat beriladi. Biz “Delivery Unit” sifatida aniq natijalarga diqqatni jamlab, kamçiliklarni tuzatişni maqsad qilib qöyganmiz. Davlat dasturlari qanday amalga oşiriladi? Natijalar monitoringiga fuqarolar jalb etilganmi? Maqsadga erişiş jarayonidagi natijalarni tahlil qiliş uçun dinamik maʼlumotlar töplanyaptimi? Barça davlat organlari hukumat tomonidan qöyilgan maqsadlariga erişiş uçun jipslikda iş olib boradimi? Jamiyatda biron-bir axloqiy meʼyor va odatlarni özgartiriş zarurmi? Bizni şu kabi savollar qiziqtiradi.
“DELIVERY UNIT” MODELI ILK BOR 2001-YILI BUYUK BRITANIYADA VUJUDGA KELGAN. MAZKUR MODEL NATIJADORLIKKA ERIŞIŞDA ÖTA SAMARALI HISOBLANADI.
Masalan, agar byudjetdan yoki xalqaro moliya institutlari kredit mablağlari hisobidan hududlarda suv taʼminoti böyiça infratuzilma loyihalari moliyalaştiriladigan bölsa, qayta aloqa botini işga tuşiriş va aholi punktlarida quriliş xarajatlari miqdorini körsatuvçi bannerlarni joylaştiriş mumkin. Bundan maqsad: odamlar aynan qaçon ularning qişloqlariga quvurdan suv kelişi haqida boxabar bölsinlar. Aholi tortib kelinayotgan quvurning rangi va parametrlari qandayligi, qayergaça – uylarigaçami yoki katta köçagaçami – yetib kelişi, uyga qayerdan çelaklarda taşib keliş kerak bölişini bilişi lozim. Şuni qayd etmoqçimanki, xalqaro moliya institutlarining suv taʼminoti sohasidagi joriy portfeli hajmi 2,2 mlrd AQŞ dollaridan ortiq bölgan 22 ta loyihani qamrab oladi. Joylarda jamoatçilikni jalb etmasdan turib loyihalar amalga oşirilişini kuzatib boriş deyarli imkonsiz. Muhimi, fuqarolarning infratuzilmaviy loyihalarda faol iştirokçisi bölişidir.
Muxtasar qilib aytganda, muammolarning samarali yeçimlarini izlaş zarur, nostandart yöl tutişdan çöçimaslik kerak, natijadorlikni albatta baholaş va barçasini raqamlar bilan asoslaş lozim. Biroq, şu bilan birga har qanday davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oşirilişini taʼminlaş uçun barça manfaatdor tomonlarni birlaştiriş maqsadga muvofiq. Va albatta, jiddiy samaradorlikni taʼminlaş uçun strategik kommunikatsiyani ham unutmaslik kerak.
MAQSADLI AUDITORIYA UÇUN TV, RADIO, IJTIMOIY TARMOQLARDA ANIQ VA TUŞUNARLI XABARLARNI BERIB BORIŞ LOZIM.
Yil oxiriga qadar barça fuqarolar geografik axborot tizimi asosida maqsadga erişişni amalga oşirişdagi ösişni monitoring qilişi mumkin. Bundan taşqari, biz çoraklik onlayn hisobotni joylaştiramiz va erişilgan natijalarga bağişlangan matbuot anjumanlari ötkazamiz.
Mening ikki iştiyoqim – davlat boşqaruvi samaradorligi va ijtimoiy soha – “Delivery Unit” faoliyatida birga jam böldi.
Quyida biz davlat taşkilotlariga natijadorlikka erişişda kömaklaşayotgan 12 kompleks ustuvor maqsadlarni keltiryapmiz. Ularni faqat birlaşibgina amalga oşiriş mumkin. Axborotlarni tahlil qiliş, ijtimoiy innovatsiyalar va jamoatçilik bilan işlaş borasida faollik talab qilinadi.

Qayd etişim kerakki, barça davlat organlarida biz progressiv rahbarlarni, serğayrat professionallarni uçratamiz. Ular bilan mamlakatimiz taqdiri uçun muhim bölgan maqsadlarga erişiş yölida birga işlaş – biz uçun şaraf.
12 ustuvor maqsad
1. Mamlakatning barça hududlaridagi bolalarni mikronutrientlar, antigelmint va boşqa dori vositalari bilan taʼminlaş hisobiga ularning jismoniy va aqliy rivojlanişini yaxşilaş;
2. 30-69 yoşlardagi aholi örtasida kasallikni erta aniqlaş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hisobiga yurak-qon tomir va qandli diabet kasalliklaridan bevaqt ölim holatlarini kamaytiriş;
3. Ayollar örtasida kökrak bezi va baçadon böyni saratonini erta aniqlaş va ularni davolaşga jönatiş hisobiga erta ölimni kamaytiriş;
4. Saratonni örganiş, uning oldini oliş va unga qarşi kuraş böyiça çora-tadbirlarni rejalaştiriş va baholaş uçun asos bölib xizmat qiladigan saraton registri axborot tizimini (xalqaro standartlar) yaratiş;
5. 2026-yilgaça maktablarda qöşimça 2,5 mln öquvçi örni yaratiş;
6. Har bir maktabda 2026-yilga kelib içimlik suvi, qöl yuviş suvi va sanitariya meʼyorlariga javob beradigan yaxşilangan hojatxonalar bölişi lozim;
7. 2026-yilgaça elektr energiyada uzilişlar bölib qolgan holatlarda öquv jarayonini qöllab-quvvatlaş uçun har uç maktabdan biri quyoş energiyasidan (panellar, maişiy jihozlar) foydalaniş imkoniyatini yaratiş;
8. 2026-yil oxirigaça qöşimça 5,5 mln kişini markazlaşgan suv tarmoği bilan taʼminlaş;
9. 8 ta sanoat şaharlarida sanoat oqava suvlarini kamaytiriş hisobiga aholi salomatligiga xavfni qisqartiriş;
10. Poytaxtdan taşqarida 6 ta hududda içimlik suvi taʼminotining mavjud davrini 50% (soatlar)ga oşiriş;
11. Isteʼmol qilinadigan içimlik suvi sifati töğrisidagi maʼlumotlardan aholining foydalanişini yölga qöyiş;
12. Markazlaşgan kanalizatsiya taʼminotini yaxşilaş.




