1. “Tutqunlik” (L'Eclisse) – italyan rejissyori Mikelanjelo Antonioni tomonidan 1962-yilda işlab çiqarilgan film Piero (Alen Delon) ismli odam va Vittoriya (Monika Vitti) ismli ayol örtasidagi murakkab munosabatlar haqida hikoya qiladi. Filmda yolğizlik, munosabatlardagi murakkablik ayol psixologiyasi orqali oçib berilgan. Film jahon kinosining klassik namunalari qatoriga kiradi.
2. “Muhabbat kayfiyatida” (Fa yeung nin wah) – gonkonglik rejissyor Vong Kar-vay tomonidan suratga olingan film. U nafaqat syujeti, qahramonlarining mohir ijrosi bilan, balki vizual uslubi, rejissyorning suratga oliş mahorati bilan ham tanilgan. Kartinada boş rolni ijro etgan aktrisa Meggi Çun maşhur Kann kinofestivalida “Eng yaxşi aktrisa uçun” mukofoti bilan taqdirlangan.
3. “Turnalar uçmoqda” (Летят журавли) – 1957-yilda rejissyor Mixail Kalatozov tomonidan yaratilgan sovet filmi. Asarning markaziy syujetida Vera ismli ayol sevgilisining uruşdan qaytişini kutadi. Vaqt ötib, front ortidan qora xat keladi. Uşbu asar uruş haqidagi eng muhim va unutilmas filmlardan biri sanaladi.
4. Özbek rejissyori Ali Hamrayevning “Laylak keldi, yoz böldi” filmi qişloqda yaşovçi özbek oilasining hayoti, ijtimoiy va madaniy qarama-qarşiliklarga duç kelgan öğil va qiz örtasidagi muhabbat haqida hikoya qiladi. Mazkur kinoasar Özbekistonda ham, xorijda ham katta muvaffaqiyatga erişgan.
5. “Begona” (Die Fremde) – nemis rejissyori Feo Aladagning 2010-yilda yaratilgan drama uslubidagi filmi. Germaniyada yaşovçi Umay ismli turk ayoli zamonaviy nemis jamiyatida oilasining urf-odatlari va madaniyatiga qarşi turişga majbur obraz sifatida gavdalantiriladi. Kartina syujeti migratsiya, madaniy moslaşuv, oilaviy munosabatlar va ayol qalbidagi içki ziddiyatlarni oçib bergan.
6. “Uç yuz” (Se rokh) – Eron kinosanoatining 2018-yilda yaratilgan durdonasi. Noyob asar rejissyori Jafar Panahiy jamiyat hamda urf-odatlarga boğliq muammolarga duç kelgan va ularni hal qiliş uçun qişloqqa sayohatga çiqqan uç ayol qahramonning keçinmalarini mahorat bilan oçib bergan.
7. “Ayka” – Sergey Dvortsevoyning uşbu drama filmi 2018-yilda çiqdi va rus kinosida muhim voqeaga aylandi. Moskvada “surrogat ona” bölib işlayotgan qirğizistonlik yoş ayolning hayoti va uning qiyinçiliklari fonida migratsiya, ijtimoiy tengsizlik va inson qadr-qimmati mavzulari yoritilgan.
8. “Qarindoşlar” (Родня) – 1981-yilda Nikita Mixalkov tomonidan suratga olingan sovet tragikomediyasi. Unda oddiy qişloq ayoli va uning oilasi timsolida Rossiyaning ijtimoiy va siyosiy muammolari tasvirlangan.
9. “Usama” – afğon rejissyori Siddiq Barmakning dunyo böylab kinofestivallarda keng tan olingan va mukofotlarga sazovor bölgan filmi sanaladi. Kinoasar Afğonistonda Tolibon hukmronligi davrida yaşovçi Usama ismli yoş qizning taqdiri haqida hikoya qiladi.
Uşbu filmlar yönalişi, syujeti va qahramonlar ijrosi böyiça eng nufuzli mukofotlarga loyiq topilgan. Ayol irodasi va ruhiyatini teranroq anglaş uçun körişni tavsiya qilamiz.




