Bunday natijadorlikni kattaroq kölamda qöllab-quvvatlaş uçun öquv markazlari oçdim. Keyin aynan tadbirkorligim sabab bölib, hukumatga kirib keldim.

Xalq taʼlimi vaziri örinbosari bölganimda özim işlayotgan vazirlikda ham, umuman, barça davlat taşkilotlarida tengdoşlarim – yoş kadrlar köpayişini juda xohlardim. Faoliyatim davomida önlab noyob isteʼdod sohiblari, bilimli va kompetent tengdoşlarim, aka-uka, opa-singillarimni uçratdim. Quyida ulardan kiçik qisminigina keltiraman. Ular içida xorijda öqib, işlab qaytganlar köp, ammo barçasini ham şubhasiz jahon toifasidagi mutaxassis desa arziydi.

Alişer Saʼdullayev

Rustam Qoriyev, ingliz tili öqituvçisi, 33 yoşda

“Ibrat Academy” mobil ilovasi prodakt menejeri, professional ingliz tili öqituvçisi, Kembrij universitetining nufuzli CELTA sertifikati sohibi. U Malayziyaning SEGI universiteti kurslari hamda Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida tahsil olgan. Jonkuyar pedagog oflaynda köplab şogirdlar tayyorlaş bilan birgalikda Youtubeʼdagi “Ibrat farzandlari” sahifasida “Ingliz tilini noldan örganiş” mavzusida 200 ga yaqin videodarslar tayyorlaşga muvaffaq böldi.

Fazliddin Bahromov, loyihalar boşqaruvi böyiça mutaxassis, 32 yoşda

Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti hamda Vebster universitetining bakalavr, magistratura diplomlariga ega. Fazliddin Bahromov hozirda hukumat qoşidagi “Delivery Unit”ning loyihalar menejeri. U talabalik yillaridan boşlab tadbirkorlik bilan şuğullangan, Buyuk Britaniya yuridik firmasining Özbekistondagi vakolatxonasiga rahbarlik qilgan, xususiy klinika va optikalar oçgan. 2017-yildan buyon xususiy sektorda töplagan tajribasi asosida davlat xizmatida turli lavozimlarda işlab kelmoqda. 2023-yilgaça Yoşlar işlari agentligining innovatsiya boşqarmasiga rahbarlik qilgan.

Sirojiddin Olimov, taʼlim menejmenti böyiça mutaxassis, 29 yoşda

Sirojiddin Şotlandiyaning Edinburg universitetida taʼlim menejmenti böyiça magistratura bosqiçini “El-yurt umidi” jamğarmasining granti asosida öqib qaytgan. U “Yoş yetakçilarni qöllab-quvvatlaş”, “Prezident beş taşabbusi” loyihalarida, Özbekiston ingliz tili öqituvçilari uyuşmasida ofis menejerlik qilgan. Bugun “Ibrat Camp” oromgohlari doirasida 3000 ga yaqin yoşlarni jahonning top 100 ta universitetiga kiriş uçun amaliy tayyorlaşga hissa qöşyapti.

Saida Raşidova, özbek tili öqituvçisi, bolalar va onalar kitobxonligi tarğibotçisi, 38 yoşda

Saida Raşidova tinimsiz bilim oliş va öz ustida işlaş böyiça şaxsiy namuna egasi. U 15 yoşidan ijtimoiy loyihalarda köngilli sifatida qatnaşib, rus, ingliz va nemis tillarini örgangan. 10 yildan köproq vaqtdan buyon professional pedagogik faoliyat bilan şuğullanadi. 2021-yilda özining “Döpka voqeasi” bolalar ertak kitobi bilan “Tahsin” mukofotiga loyiq körilgan. Hozirda “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida özbek tili böyiça yuzlab videodarslari vatandoşlarimiz va yurtimiz mehmonlari eʼtiboriga havola etilmoqda.

Orian Mehroj Raşidov, yoşlar tadbirkorligini faoli, 28 yoşda

Özbekiston yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş markazi va Yoş tadbirkor universiteti rahbarligida yoşlar orasida startap madaniyati, işbilarmonlik ekotizimini rivojlantiradigan loyihalarni amalga oşirib kelmoqda. U, şuningdek, Markaziy Osiyo sunʼiy intellekt uyuşmasi raisi örinbosari va “Unicorns” vençur fondi asosçisi hamdir.

Alişer Saʼdullayev
Alişer Saʼdullayev

Uluğbek Ismatov, media professional, ijtimoiy loyihalar muallifi, 30 yoşda

Zamonaviy media, tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalarga qiziqişi katta bölgan Uluğbek Ismatov Toşkent axborot texnologiyalar universitetini bitirgan. “Be Creative Media” va “INTV” loyihalari bilan talabalar orasida tanilgan. Loyihalar Boşqaruvi Markazi (MPMG) rahbari bölmiş serğayrat lider öz portfoliosini “Marketing.uz”, “Design Club”, “Tezyoz.uz”, “Modul 5”, “Çegarasiz”, “Youtube Uzbekistan”, “Ustoz.org”, “Startup Market”, “Keys”, “AI COM” kabi loyiha va platformalar bilan töldirgan.

Nilufar Ahmedova, inklyuziv taʼlim mutaxassisi, para-suziş böyiça çempion, 24 yoşda

Nilufar para-suziş böyiça Özbekiston çempioni. U Yoşlar işlari agentligining Xorazm bölimida inklyuziv taʼlim böyiça tögarakka rahbarlik qiladi. Urganç davlat universiteti pedagogika fakultetini tamomlagan.

Miyassar Dauletbayeva, xonanda, 17 yoşda

Maktab partalarini tark etmay turib, katta sahnalarga talpingan, intiluvçan, xuşovoz xonanda. Isteʼdodli qoraqalpoq qiz “The Cover Up Kids” loyihasi orqali mamlakat böylab şuhrat qozongan. “Tahsin” mukofotiga loyiq topilgan, Qoraqalpoğistonning Bözatov tumanida Prezident taşabbusi bilan ötkazilgan “Yoşlar ovozi” respublika festivalida sovrindor bölgan.

Alişer Saʼdullayev

Islom Oxunov, xalqaro munosabatlar bilimdoni, milliy ekspert, 29 yoşda

Özbekiston yoşlar ittifoqi, Yoşlar işlari agentligi, Yoşlar işlari va sport vazirligi hamda BMTning Özbekistondagi turli agentliklari vakolatxonalarida faoliyat yuritgan. Islom Oxunov Markaziy Osiyo yoşlar forumi, Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida IV Yoş liderlar forumi iştirokçisi, Buxoroga Turkiy dunyo yoşlari poytaxti, Şanxay Hamkorlik Taşkiloti (ŞHT) doirasida “Unicorns” startap tanlovi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) doirasida Toşkent şahriga MDHning yoşlar poytaxti maqomini beriş kabi taşabbuslarni amalga oşirgan.

Şahzod Bahodirov, tadbirkor, 25 yoşda

Minglab yoşlar ilmiga poydevor bölgan maskanlar asosçisi. Uning “Thompson School” öquv markazini tamomlagan 1100 nafar yoşlar Özbekiston va dunyoning rivojlangan mamlakatlarida nufuzli oliy öquv yurtlarining talabasiga aylanişgan.

Saidaziz Aʼzamov suhbatlaşdi