Bobir Akilxanov “Forbes Tech Council” röyxatiga kiradi. U Avstraliyada IT sohasida taʼlim olgan, hozirda esa biznesmen va investor, şuningdek, biznes-konsultant sifatida faoliyat yuritadi.
Uzbekistan’s Club rezidenti Özbekistonda texnologiya rivoji haqidagi xotiralari bilan örtoqlaşdi.
“2005-yildan boşlab Özbekistonda dasturçilar paydo böla boşladi. Biroq, bu qiyin davrlar edi. Biz hatto Skypeʼdan ham foydalana olmasdik, çunki u bloklangandi. Keyin internetning jadal rivojlaniş davri keldi, Özbekistonda 100 million dollarlik daromadga ega kompaniyalar bölişi mumkin edi. Hammasi bor edi: sarmoya kiritişga tayyor işbilarmonlar, yaxşi mutaxassislar. Lekin biz öz imkoniyatlarimizdan foydalanmadik”, – deydi u.
Yillar ötib vaziyat özgardi. Hozir Özbekistonda AKT rivojlanişi uçun yanada köproq imkoniyatlar paydo bölyapti.
“Hozir Chat GPT ommalaşgan, çunki bu texnologiya hamma uçun oçiq. Yoşlar özlarining informatsion mahsulotlarini yaratişi, chat sörov asosida öquv dasturi va boşqa hujjatlarni işlab çiqişi mumkin”, – dedi Bobir Akilxanov.


