Özbekistonda oliygohlar qanday jamoatçilik vazifalarini bajarişi lozim?

– Şaxsan mening hayotimda oliy taʼlim har doim misli körilmagan inqilobiy rol öynagan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamfikr döstlar berdi, yaxşi öqiş orqali hammasiga erişiş mumkinligiga, taʼlim juda muhimligiga işonç paydo qildi. Magistratura tahsili yangi ilhom bağişladi, tafakkur doiramni kengaytirib, xalqaro biznes sohasidagi poydevor bilimlarni hosil qildi. Keyinçalik har gal biznes maktablarda tahsil olarkanman (Özbek-yapon markazi, Skolkovo biznes maktabi, Mustaqil direktorlar uyuyumasi) aniq maqsad va kutilmalarga asoslangan, ixtisoslaşgan yangi bilimlarni olardim.

Hikmat Abdurahmonov Salvador Dali obrazida köz qisib turibdi, möylovi halqa şaklida burab qöyilgan. Oq-qora portret
Hikmat Abdurahmonov

Keyinçalik “Universitetlar qanday boşqariladi” taʼlim kursi va “21-asrda oliy taʼlim” kurslarida öqigaç, zamonaviy jamiyatda oliy taʼlim dargohi funksiyalari haqida öylay boşladim. 2020-yilda TEAM Universityʼni taşkil etiş orqali biz, mamlakatdagi yetakçi tadbirkorlar jamoasi bu loyihada eng ilğor ğoyalarimizni amalga oşirişni maqsad qildik. Hukumatning ilk tadbirkorlik universiteti – TEAMʼni taşkil qiliş haqidagi qarori katta ustunlik berdi, sodda qilib aytganda, ilgari yurtimizda kuzatilmagan yangilik tajriba tarzida amalga oşirildi. Şunday qilib, avvaliga tinglovçi, keyinçalik esa universitet hammuassisi sifatida taqdir izni bilan, nazarimda, bu muhim amaliy vazifa – universitetlar jamiyatimizga qanday ijobiy taʼsir körsatişi kerakligini tuşuniş jarayoni iştirokçisiga aylandim. Demak, bu mavzuda birgalikda fikr yuritişga harakat qilamiz.

“Universitetlar va diniy muassasalar yuz yillar davomida barhayot yaşaydi”. Qayerdadir şu jumlani öqigandim. Keyin öylanib qoldim: çindan ham, biz yaratadigan kompaniyalar va ularning mahsulotlari nari borsa 5-10 yil yaşar; mabodo kompaniya 25 yil faoliyat körsatsa bormi, bu asosçi va jamoani tabriklaşga arzigulik yirik voqeaga aylanadi. Bir öylab köring-a, oliygohning missiyasi avloddan avlodga ötib oradi. 2005-2006 yillarda Sent-Endryuz (St Andrews) universitetida magistratura tahsilini olayotganimda uning yubiley sanasiga faol tayyorgarlik körilardi. Öşa paytda uning asos solinganiga 592 yil bölgan, 8 yildan keyin esa 600 yillik yubiley sanasi nişonlanişi kerak edi. Mamlakatingda bunday universitetlar bir-ikkita emasligini tuşunganingda, ularning insonlar va sohalarga taʼsiri milliy yoki hududiy çegaralar bilan çeklanib qolmasligini, ular global kölamga egaligini anglaysan. Bunday uzoq muddatli rejalaştiriş, missiya va istiqbol kölamini tuşuniş masʼuliyat hissini paydo qiladi. Fikrimça, Özbekistondagi oliy taʼlim muassasalari öz missiyalari haqida, jamiyatda qanday vazifani bajarişlari haqida öylab körişlari lozim.

TEAM UNIVERSITY hammuassislari

Zafar Hoşimov

Korzinka.uz asosçisi va boş direktori

Hikmat Abdurahmonov

HM Partners kompaniyalar guruhi hammuassisi

Muzaffar Qosimov

HM Partners kompaniyalar guruhi hammuassisi

Anvar Irçayev

Orient Capital Management asosçisi, Universalbank kengaşi raisi

Umid Hakimov

Asia Alliance Bank boşqaruvi raisi

Alişer Jabborov

Alinfarm asosçisi va muassisi

Maqsud Abdusamadov

Kapitalbank kuzatuv kengaşi raisi

Arsen Dlyançev

Unique Present Media Holding asosçisi va rahbari

Xurşid Röziyev

“Dodo Pizza” savdo belgisi muassisi, Kimberly-Clark Uzbekistan

Laziz Adhamov

“TOR-Contact” va Dalatek muassisi

Murat Mahkamov

“FOM GROUP” YAT MÇJ IT kompaniyasi asosçisi

“ArzonApteka” farmatsevtika kompaniyasi asosçisi

Majoziy maʼnoda aytganda, oliy taʼlim dargohlari “fil suyagidan yasalgan minoralar” emas, yaʼni ular jamiyatdan, sanoatdan, kundalik hayotimizdan alohida mavjud bölib, alohida faoliyat yurita olmaydi. Vaholanki, Özbekistondagi oliy taʼlimning eng “qora kunlari”da vaziyat aynan şunday edi. Yodimda, 2000-yillar boşida ilk iş joyimga borganimda birinçi rahbarim şunday degandi: “Böldi, universitetda nimaiki örgatgan bölişsa, hammasini unutasan, hammasini qayta, amalda örganamiz”. Istalgan oliy taʼlim muassasasisining istalgan talabasi ayni şunday messejga duç kelardi. Birinçidan, tört yillik mehnatdan söng buni eşitiş oğir botadi. Ikkinçidan, bu 2000-yillar boşida iş beruvçilar oliy taʼlim sifatini qanday baholaşini oçiq-oydin körsatib berardi.

Nazarimda, öşandan keyin vaziyat uzoq vaqt özgarmadi. Özbekiston oliygohlari bozorda na bir raqobat, na bir akademik erkinlik, öquv rejalarida na bir özgariş bölmagan, arang 10 foizga yetar-yetmas qamrov (yaʼni talabgorlarning öndan bittasigina oliy taʼlim dargohiga kira olgan), iştiyoqi hamin qadar öqituvçilar, arxaik boşqaruv uslubi va qaror qabul qilişda heç qanday mustaqilliksiz yigirma yildan ziyod vaqt davomida hayot haqiqatlaridan ortda qolişdi, xorijiy hamkasblaridan, öz şahar va mamlakatlarida ança jiddiy jamoatçilik-maʼrifiy harakatlarini olib borgan universitetlardan qançalik ortda qolganini-ku aytmasa ham böladi.

2020-yillardan boşlab sohada buriliş röy berdi, hukumat bu vazifani yakka uddalay olmasligini, taʼlim muammolarini bir özi hal qila olmasligini tuşundi. Va oliy taʼlim sohasida liberallaşuv boşlandi. Oxirgi 5 yil içida 100dan ziyod turli OTMlar paydo böldi. Ularning bir qismi sifatli taʼlim yölini tanladi, boşqa bir qismi tajribaliroq xorijiy hamkasblari bilan hamkorlikni maʼqul kördi. Yana bir qismi esa ommalaştiriş yölidan bordi, yaʼni köp miqdorda talaba qabul qilib, diplomga, oçiq va qoliplaşgan taʼlimga talabni qondirişga kirişib ketdi. Ayniqsa, viloyatlarda bu avj oldi. Fikrimça, uzoq davom etgan taqiqlar davri, raqobatga yopiq taʼlim bozoridan keyin bunday holatning kuzatilişi tabiiy.

Öndan ziyod xorijiy, jumladan, qöşni mamlakatlar tajribasidan kelib çiqqan holda aytiş mumkinki, ulardagi taʼlim modeli, universitetlar evolyutsiyasi çamasi ön yil davomida tabiiy tanlaniş, yiriklaşuv va bozorning professionallaşuv jarayonini boşdan keçiradi. Bozorda bu işga jiddiy va uzoq muddatni közlab kirganlargina qoladi. Haqiqiy universitet faoliyati juda katta kapital talab qiladi, kampus, axboriy resurslar va eng muhimi, intellekt uçun jiddiy sarmoya kerak böladi. Modomiki universitet ChatGPT talabaning örniga esse va dissertatsiya yozib berayotgan XXI asrda bilim va isteʼdodlar uçun hab vazifasini bajarişni maqsad qilgan ekan, talabalar va öqituvçilar tamoman kiçik guruhlarda işlaşiga, yoşlarda çin maʼnoda tafakkurni rivojlantirişga diqqat qaratilişi lozim. Yaxşi oliygohlarda butun kuç-eʼtibor yumşoq könikmalarni rivojlantiriş, hamfikrlarni şakllantiriş, ijtimoiy lift funksiyasini bajariş, yoş avlodni katta va mustaqil hayotga tayyorlaşga qaratilgan böladi.

Xulosa örnida şuni qayd etmoqçimanki, hayotimizda universitetlarning rolini jiddiyroq miqyosda – tadqiqotlar, innovatsiyalar sohasida, tadbirkorlik tafakkurini rivojlantirişda, eng muhimi, raqobatbardoş yoşlar avlodini tarbiyalaşda köraman. Yana bir amaliy misol bu – qizim öqiş baxtiga muyassar bölgan Edinburg universiteti. Unda 18 nafar Nobel laureati, evolyutsiya nazariyasini işlab çiqqan Çarlz Darvin, “Bozorning körinmas qöli” nazariyasi muallifi, uluğ iqtisodçi Adam Smit tahsil olgan. Bunday universitet mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari uçun namuna böla oladi, toki ular bilimlar markazi bölişga va jamiyatni yaxşilaşga intilsinlar.