Kuni kecha barcha vatandoshlarimizni birdek quvontirgan yangilik chiqdi — Oʻzbekistonlik Botir Qobilov jahonga mashhur Garvard universitetida fan doktori ilmiy darajasiga erishdi. Bu bilan Botir Qobilov bunday natijaga erishgan birinchi oʻzbekistonlik boʻldi.
Botir Qobilov oʻzining iqtisodiyotga oid chiqishlari, fikrlari va intervyulari bilan koʻpchilik yurtdoshlarimizga yaxshi tanish hisoblanadi. Oʻtgan yilgi Prezidentimizning AQShga tashrifi doirasida u yerda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan boʻlgan uchrashuvda ham prezidentimizga oʻzining bir qator takliflarini bildirgan edi.
Shuningdek, Botir Qobilov oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi platformalarida ham Oʻzbekiston va jahon iqtisodiyotiga oid oʻzining fikrlari, qarashlari va yangiliklarini muntazam ulashib boradi.
Endi esa ushbu muvaffaqiyatli millatdoshimiz Uzbekistan's Club jamoasi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan va Muxlisa Azizova rejissyorligida suratga olinadigan "Oʻzbekistonlik" turkum hujjatli filmining 5-epizodi qahramoniga aylandi!


