2026-yil 8-avgust kuni Toşkentdagi Humo Arena majmuasida Prezident sovrini uçun taşkil etilgan “Yangi Özbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Marosimda Prezident Şavkat Mirziyoyevning tanlov ğoliblariga tabrigi öqib eşittirildi.
Tanlov 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasida 10 ta kasb yönalişi böyiça taşkil etildi. Tuman va şahar bosqiçlarida 124 ming nafardan ortiq yigit-qizlar iştirok etdi. Yakunda 120 nafar iştirokçi ğolib va sovrindor böldi.
Tanlov doirasida qariyb 22 ming nafar yoşga iş topiş, taʼlim oliş yoki mehnat bozorida öz örnini topiş imkoniyati yaratildi.


