2023-yil 23-aprel kuni Parijda ötkazilgan “Özbekistonlik. Generating Ideas” forumida “Özbekistonlik” filmining uçinçi epizodi premyera qilindi.

Uşbu badiiy-hujjatli film loyihasi Uzbekistan’s Club taşabbusi bilan amalga oşirilmoqda. Film xorijda yaşab, turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimizning hayotiy hikoyalari orqali Özbekistonning inson kapitali va salohiyatini namoyon etadi.

3-epizodda Strasburg filarmoniya orkestri badiiy rahbari va dirijyori Aziz Şohakimov hamda Shell kompaniyasining IT-arxitektori Madina Berdiyevaning hayot yöli yoritildi. Ommaviy namoyiş 26-aprel kuni YouTube va MY5 telekanalida bölib ötdi.

2023-yil oktabr oyida esa Londonda ötkazilgan III xalqaro “Özbekistonlik” forumida törtinçi epizod premyera qilindi. Uşbu qism qahramonlari Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki direktori Kamola Mahmudova hamda Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusov böldi.

Uzbekistan’s Club kömagida film muvaffaqiyatli özbekistonliklarni bir-biriga va Vatan bilan boğlaydigan, yoşlar uçun ibrat va motivatsiya manbai böladigan media platforma sifatida rivojlanib bormoqda.