2026-yil 29-30-oktabr kunlari Samarqand şahrida “Özgarayotgan dunyoda inson kapitalini şakllantiriş” mavzusida Global Talent Forum xalqaro forumi bölib ötdi.

Forum Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan Uzbekistan’s Club xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida taşkil etildi.

Anjumanda AQŞ, Turkiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Qozoğiston, Malayziya, Singapur, Germaniya, Yaponiya, Ozarbayjon va boşqa mamlakatlardan 100 nafarga yaqin ekspert, xalqaro taşkilot, davlat idorasi, taʼlim muassasasi hamda stipendiya dasturlari vakillari qatnaşdi.

Forumning kun tartibidan xalqaro taʼlim, ilmiy aloqalar va kasbiy tajribani iqtisodiyot hamda jamiyat taraqqiyoti uçun aniq natijalarga aylantiriş masalalari örin oldi. Sunʼiy intellekt, raqamlaştiriş, energetika va mehnat bozoridagi özgarişlar şaroitida zarur könikmalarni rivojlantiriş ham muhokama qilindi.