TOŞKENT, 6-aprel – Uzbekistan’s Club global diasporamiz vakillarini birlaştiriş va ular orasida özaro fikr hamda tajriba almaşişni rağbatlantirişga qaratilgan onlayn platformani (uzbekistans.club) işga tuşirdi. Unda klub haqidagi batafsil maʼlumot hamda yangiliklar, şuningdek, jamoatçilikka maşhur “Özbekistonlik” xalqaro yuqori sifatli taʼsirçan kontent loyihalarining yangi mahsulotlari ulaşiladi. Undan taşqari, u klubimizga resident sifatida qöşilgan vatandoşlar haqidagi muhim maʼlumotlarni öz içiga oladi.
Xorijda öqiyotgan, işlayotgan yoki yaşayotgan har qanday özbekistonlik bizning xalqaro loyihalarimiz hamda madaniy, grastronomik yoki netvorking iventlarimizda iştirok etişga xayrixoh bölar ekan, u resident böliş uçun ariza topşirişi mumkin. Ariza quyidagi link orqali topşiriladi:
https://uzbekistans.club/become-a-resident
Butun internet sarhadlari böylab ziyolilar, siyosatçilar, maşhur insonlar va yoşlar tomonidan ulaşilib, ön minglab foydalanuvçilarga yetib borgan maxsus promo rolik orqali platforma işga tuşirilgaç, ikki kundan kamroq vaqt içida maxsus anketani töldiriş orqali Şimoliy Amerika, Yevropa, Fors Körfazi, Osiyo va Tinç Okeani mintaqalaridan jami 100dan ortiq nomzodlar klub rezidenti böliş istagini bildirganlar.
Ularning deyarli uçdan biri dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan yoki izlanişlar olib borayotgan yoşlarga töğri keladi. Rezident böliş istagidagi özbekistonliklar safida Mercedes Benz, Hewlett Packard (HP), Bank of America, New York Times, Amazon, Meta, InterContinental Hotels Group, Allianz hamda “katta törtlik” deb guruhlanadigan yirik global auditorlik kompaniyalarda işlaydiganlar ham bor.
Uzbekistan’s Club uşbu platformani dunyo böylab yuz minglab hamyurtlar uçun aqliy salohiyat xabi va integratsion maydonga aylantirişni maqsad qilgan. Uşbu maydonda siz vatandoşlarni yaşayotgan şahri, işlayotgan sohasi va kompaniyasi kabi filtrlar orqali izlaşingiz mumkin, zero özaro manfaatli munosabatlarni boşlaş uçun bu imkoniyatga katta zarurat bor.


