“Men özbekistonlikman – qonimda ğalaba” loyihasi önlab katta-kiçik kompaniyalar homiyligida ötkazildi. Loyiha doirasida futbol böyiça Olimpiya terma jamoamizning rasmiy madhiyasiga aylangan “Özbekistonlik” trekiga maxsus videorolik suratga olindi. Rolik hamkor kompaniyalardan iborat maxsus ijodiy guruh tomonidan tayyorlandi va, eʼtiborlisi, uşbu kompaniyalar vatanparvarlik körsatib öz xizmatlarini bepul amalga oşirişdi.

Undan taşqari, Instagram va boşqa ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega bölgan öndan ortiq bloger va inflyuenserlar “Özbekistonlik” videoroligida beğaraz suratga tuşib, loyihani öz akkauntlarida bepul tarğib qilişdi. Bir söz bilan “Kreativ haşar” amalga oşirildi.

Yana bir maʼlumot, homiylarimiz bilan kelişgan holda faqatgina 9 nafar blogerni Parij şahriga 3 kunga çellenj ğoliblarini eʼlon qilişda işlatiladigan maxsus videorolik oliş uçun yubordik. 

Uzbekistan’s Club – xalqaro nodavlat notijorat taşkilot. Uning boş ğoyasi: Özbekiston – isteʼdodli va mehnatkaş insonlar mamlakati. Uşbu ğoyani ilgari suriş uçun kreativ loyihalar amalga oşiriladi.  

Bu safargisi #qonimdagalaba kampaniyasi böldi!

Bizni qöllab-quvvatlayotgan barça-barçaga çuqur munnatdorçilik bildirib, kelgusida ham Özbekistonimiz ravnaqi yölida katta-katta loyihalarni birgalikda amalga oşiramiz!