2024-yil 26-dekabr kuni Özbekiston mahallalari uyuşmasida “Qonimda ğalaba” keng kölamli loyihasi ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi. Tanlov ğoliblari – Özbekistonning turli hududlari va xorijiy mamlakatlardan qatnaşgan mualliflar hamda suratga oliş guruhlariga 50 million sömdan pul mukofoti topşirildi. 

Uşbu tadbir futbol böyiça Özbekiston olimpiya terma jamoasini qöllab-quvvatlaş, yurtdoşlar orasida vatanparvarlik ruhini kuçaytiriş va 2024-yilgi Parij yozgi Olimpiya öyinlari arafasida Vatan şarafi va ğalaba ruhini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etildi. 

Taşabbus doirasida sportçilar va sanʼat vakillari iştirokida videorolik suratga olindi. Şuningdek, dunyoning turli burçaklarida yaşayotgan vatandoşlar bilan xalqaro video-çellenj taşkil etilib, unda 2 mingdan ortiq roliklar jamlandi.

2024-yil 13-avgust kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan eng yaxşi önta videorolik eʼlon qilingan edi. Uzbekistan’s Club taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur loyiha özbekistonliklardan iborat xalqaro auditoriyani birlaştiriş, sportçilarni qöllab-quvvatlaş va yoşlarning ijodiy taşabbuslarini rağbatlantirişga xizmat qildi.