Özbekistonlik. Podcast loyihasining uçinçi epizodida mikrofon qarşisiga Walmart kompaniyasi departament direktori Jörabek Azimov (Kaliforniya) va köçmas mulk savdosi böyiça 10 yillik tajribaga ega professional rieltor, Skyline Rieltors kompaniyasi asosçisi Akmal Xolboyevni (Filadelfiya) taklif qildik.
Unda kötarilgan mavzulardan ayrimlari: Nima uçun odamlar Amerika orzusi uçun harakat qiladi? Özbek farzandi Amerika tarbiyasi bilan katta bölişi qançalik yaxşi? Nima uçun Özbekistonda oziq-ovqat narxlari qimmat? Amerikada qaysi biznes qilgan maʼqulroq?
Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov.
Podkast boş homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.
Uzbekistan’s Club öz taşabbuslarini faol qöllab-quvvatlab kelayotgani uçun Yoşlar işlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratişdagi işonçli hamkorlari bölmiş — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brendiga va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasiga öz minnatdorçiligini izhor qiladi.
Apple Music: http://surl.li/rvmpo
Яндекс Музыка: http://surl.li/rvmse
Amazon Music: http://surl.li/rvmrs
Spotify: http://surl.li/rvmrw
Dolzarb · 8-may, 2024
Amerika orzusi, savdo va köçmas mulk haqida suhbat
Uzbekistan’s Club jamoasi tomonidan yölga qöyilgan “Özbekistonlik. Podcast” loyihasining, navbatdagi 3-epizodi premyerasi eʼlon qilindi.


