2023-yil 23-aprel kuni Fransiya poytaxti Parij şahrida Uzbekistan’s Club ijodiy jamoasi tomonidan “Özbekistonlik. Generating Ideas” xalqaro forumi taşkil etildi.
Tadbirda dunyoning turli mamlakatlarida xalqaro darajada muvaffaqiyatga erişgan 200 nafardan ortiq özbekistonlik vatandoşlar, şuningdek, Özbekistondan taşrif buyurgan kreativ va media sohasi vakillari qatnaşdi.
Forumning maqsadi xorijda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklar örtasida global netvorking maydonini yaratiş, tajriba almaşiş va Özbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladigan masalalarni muhokama qilişdan iborat böldi. Dastur doirasida inson kapitali, ilğor texnologiyalar, ekologiya, yaşil iqtisodiyot va kreativ sohalarga bağişlangan muhokamalar ötkazildi.
Forumning muhim voqealaridan biri “Özbekistonlik” filmining uçinçi epizodi premyerasi böldi. Unda dirijyor Aziz Şohakimov va IT-arxitektor Madina Berdiyevaning kasbiy faoliyati hamda hayot yöli namoyiş etildi. Şuningdek, Orolböyi muammolariga bağişlangan “Tuz içidagi ayol” (“Salty Lives”) badiiy loyihasi taqdim qilindi.
Uzbekistan’s Club forum taşkilotçisi sifatida xorijdagi vatandoşlarni birlaştiriş bilan birga, Özbekistonning inson kapitali, madaniyati va dolzarb ekologik masalalarini xalqaro maydonda yoritişga hissa qöşdi.


