2022-yilning 18-22-may kunlari 75-Kann kinofestivalida Özbekiston milliy pavilon bilan iştirok etdi. Beş kunlik iş davomida Özbekiston delegatsiyasi turli mamlakatlardan yuzdan ortiq mehmonlar: rejissyor, prodyuser, televideniye va kino sanoati olami ekspertlari va yulduzlarini öz pavilonida qabul qildi. Özbekiston milliy paviloni Özbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, şuningdek, Yoşlar işlari agentligi va Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi kömagida taşkil etildi.

Milliy pavilon kunlarida “Uzbekistanʼs club” global motivatsion platformasi taqdimoti bölib ötdi. Uning loyihalaridan biri 2022-yil mart oyida ekranlarga çiqqan va ommaviy axborot vositalari va keng tomoşabinlar orasida köplab qiziqişlarga sabab bölgan “Özbekistonlik” filmidir. Bundan taşqari, yangi “Aral Dream” loyihasi yordamida Orolböyining ekologik muammolariga alohida töxtalib ötildi. Milliy stend işi davomida Özbekistonning jahon kino sanoati mutaxassislari bilan hamkorligi, Yevropa kinematografiyasi vakillari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça muzokaralar olib borildi va memorandumlar imzolandi.

Kann kinofestivali — Kann: Özbekiston kinosi uçun xalqaro suhbat

Festival doirasida mediakompaniyalar va rejissyorlar bilan kelişuvlarga erişildi, xususan, London Focus Film Fair tijorat direktori Klara Li bilan memorandum imzolandi, şuningdek, britaniyalik prodyuser va rejissyorlarni Özbekistonda suratga oliş işlariga jalb etiş böyiça hamkorlikda iş olib boriş rejalaştirildi. Şu bilan birga, Milliy PR-markazi va Yevropa jurnalistlar uyuşmasi yetakçilaridan biri Dirk Vanderijken örtasida loyihalarni birgalikda amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi. Assotsiatsiya Özbekistonga taşrif buyurişga katta qiziqiş bildirdi. Şuningdek, Yevropaning yetakçi davlatlari jurnalistlari amalga oşirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanişiş, mamlakatimizning turizm salohiyatini oşiriş maqsadida Özbekistonga press-turlar taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, Kanada va eronlik rejissyor Mustafo Keşvariy bilan Umar Xayyom haqidagi filmni Özbekistonda suratga oliş böyiça kelişuv imzolandi. Rejissyor iyul oyida Buxoro va Qoraqalpoğistonga taşrif buyurib, joylarni tanlaşi, filmning özi esa joriy yilning sentabr oyida suratga olinişi rejalaştirildi.

Taniqli “Ameli” filmi muharriri Erve Şnaydning Özbekistonga bölgan hurmati va Özbekistonga imkon qadar köproq xorijiy suratga oliş guruhi taşrif buyurişini istaşini bildirdi. Kino sanoatining yana bir nufuzli mutaxassisi – Şveysariya festivali vakili Adolfo Edoardo Bader Özbekistonning jangovar filmlar namoyişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.