2022-yilning birinçi oktabr kuni Berlinda bölib ötgan “Özbekistonlik” xalqaro forumi doirasida “Özbekistonlik” filmining ikkinçi epizodi premerasi namoyiş etildi. Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev ğoya muallifi sifatida forum qatnaşçilari qarşisida videomurojaat orqali sözga çiqdi.
Rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan filmda ikki nafar vatandoşimiz bosib ötgan murakkab yöl va ular erişgan yutuqlar haqida söz boradi. Ulardan biri – Dmitriy Bogdanov. Dastlab Toşkentda, keyin esa Berlinda öqişni tamomlagan. Xorij taʼlim muassasasida u fazoviy texnologiyalar yönalişini tanlagan va bu qaror uning hayotida hal qiluvçi bölgan. Bugun hamyurtimiz dunyoga maşhur milliarder Ilon Maksning “Space X” kompaniyasi uçun sunʼiy yöldoşlarni yetkazib beruvçi “Exolaunch” kompaniyasi asosçisidir.
Navoiylik Muştariy Şarifovaning hikoyasi tomoşabinlarni befarq qoldirmasligi aniq. 2015-yilda xorijda taʼlim oliş uçun Özbekistonni tark etgan. Singapur menejmentni rivojlantiriş universitetida, şuningdek, Yevropadagi amaliy fanlar universiteti (University of Europe for Applied Sciences)da biznes va menejment yönalişida tahsil olgan. “Şuhrat” medali laureati. Tesla kompaniyasida analitik bölib işlaydi. Muştariy Tesla kompaniyasiga işga kirgan ilk özbekistonlik qiz böldi.


