2022 yilning 14-mart kuni Yoşlar işlari agentligida “Özbekistonlik” filmining birinçi epizodi yopiq namoyişi bölib ötdi. Unda jamoatçilik vakillari, jurnalistlar va blogerlar iştirok etdi.
“Özbekistonlik” filmi hayotini yaxşi tomonga özgartiriş, orzulariga erişiş maqsadida xorijga ketib, muvaffaqiyatga erişgan yurtdoşlarimiz haqida. Ular boşqa davlatda, notaniş odamlar orasida yaşaş qiyinçiliklari, vatan va yaqinlar soğinçi haqida hikoya qilişadi. Filmda turli tabiat va taşqi körinişga ega, ammo maqsadlari öxşaş insonlarning taqdiri haqqoniy aks ettirilgan.

Filmning birinçi epizodida tört nafar qahramon – har qanday qiyinçilikka qaramay xorijda muvaffaqiyatli hayot keçirayotgan vatandoşlarimiz tarixi yoritilgan.
Ulardan biri Asqarali Karimov 1978-yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan. Asqarali Karimov texnika fanlari doktori, muhandis. 20 yildan beri AQŞning Texas ştatida yaşaydi, hozirda Templ şahridagi yirik injenerlik konsalting kompaniyasida suv xöjaligini loyihalaş direktori bölib işlaydi. Keyingi qahramonimiz Dilşoda Ergaşeva 1986-yil Toşkentda tuğilgan. Dilşoda bakalavr va magistr diplomlarini Garvard universitetidan qabul qilgan. Bugungi kunda АQShdagi Wellington Management investitsion kompaniyasida sarmoya strategiyasi tahlilçisi sifatida faoliyat olib boradi.

Bobir Akilxanov 1983-yil Toşkentda tavallud topgan. IT texnologiyalari böyiça Missed.com, Blockcrunch.com, Plov.com hamda Bobir Akilkhanov Tech Academy kompaniyalari asosçisi. Törtinçi qahramon Madina Israilova 1991-yil Toşkentda tuğilgan. Hozirda Şveysariyaning UBS yirik moliyaviy holdingiga qaraşli UBS USA bankida sanksiyalar böyiça direktor.
“Agar Özbekistondan kuçli dasturçilar çiqib kelsa, kuçli kompaniyalar kelib çiqadi. Вu paxtadan ham, tilladan ham köproq eksport böla oladi”, – deydi birinçi epizod qahramonlaridan biri Bobir Akilxanov.

Birinçi epizod rejissyorlari Jahongir Ahmedov hamda Muxlisa Azizova filmni suratga olişda duç kelingan qiyinçiliklaru qiziq voqealar haqida örtoqlaşdi. Namoyişdan söng tomoşabinlar film haqida öz fikrlarini bildirdi.


