Özbekistonlik xalqaro forumining Berlin uçraşuvida film premyerasi va Aral Dream taşabbusi taqdim etilgan.
Özbekistonning Berlindagi elçixonasida “Özbekistonlik” xalqaro forumi va xorijda muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz haqida hikoya qiluvçi “Özbekistonlik” filmining ikkinçi epizodi premyerasi bölib ötdi. Forum ikki yuz nafardan ortiq muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz, şuningdek, Yevropa diplomatlari, biznesmenlar, kreativ industriya vakillari va yevropalik ekspertlarni birlaştirdi.
YouTubeYouTube
“Özbekistonlik” forumi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Yoşlar işlari agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Orient Group kompaniyasi va Uzbekistan Airways milliy aviataşuvçisi kömagida taşkil etilgan. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad – çet davlatlarida yaşab, faoliyat olib borayotgan va turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklarni birlaştiriş hamda ular bilan ona vatan örtasida muloqot örnatib, hamkorlik köprigini yaratişdir. Şuningdek, mamlakatning intellektual hamda iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaşda hamkorlikdagi loyihalar amalga oşiriş közda tutilgan. Forum doirasida “Aral Dream” xalqaro PR-dasturi taqdimoti ötkazildi. Uning yordamida tadbir mehmonlari öz mobil qurilmalarida yangi Araldream.com onlayn-habidan foydalanib, Orolböyi muammolari hamda ularni hal etişning innovatsion yöllari haqida töliqroq maʼlumotga ega bölişdi. Bundan taşqari, mehmonlarga Orolböyi muammosiga bağişlangan “Şörxok” qisqa metrajli filmi premerasi hamda Özbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov va Elektrooko guruhi ijrosidagi “Ertangi kun” videoklipi namoyiş etildi.