Bu mukofot eng yaxşi asarlar mualliflariga topşiriladi.
Rixsiboy Tursunov “Be the Change in the Hospitality Industry” kitobi uçun nufuzli mukofotga sazovor böldi. Kitob Amazonda bestsellerga aylandi. Muallif haşamatli mehmonxona sanoatidagi 25 yillik tajribasidan olingan hayotiy layfhaklar bilan örtoqlaşgan.
Rixsiboy hozirda Dubay Marina yaqinidagi köp qavatli binoda joylaşgan beş yulduzli haşamatli Crowne Plaza Dubai Marina mehmonxonasida yuqori boşqaruv lavozimlaridan biri - Boş operatsion direktor lavozimida işlab kelyapti.

Muallifning maslahat va tavsiyalari HORECA yönalişida işlayotganlar uçun foydali bölişi mumkin. Ular kundalik jarayonlarga hissiy intellektni joriy etiş orqali öz faoliyat sohalarini yaxşilay oladigan iş qidirayotgan, işga qabul qiluvçi va rahbarlarga tegişli. Umuman olganda, bu işlaş madaniyatini özgartirişga va insonlar orasida işonçli munosabatlarni örnatişga yordam beradi.
“Hissiy aql, hamdardlik va tuşuniş uning yetakçilik qobiliyatining uçta asosiy ustunidir. Yillar davomida Rixsiboyning muloqot qobiliyatlari va döstona tabiati bir neçta jamoalarni birlaştirib, hamma uçun samimiy, oçiq va işonçli iş muhitini yaratdi”, deyiladi tabrik postida.


