Amerika mavsumi doirasidagi Uzbekistan’s Club jilokor jurnalining ikkinçi soni tez orada taqdim qilinadi!
Ikkinçi sonning eng uzoq kutilgan intervyulari, jumladan:
• Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov
• AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Henik
• Özbekiston mahallalari uyuşmasi rahbari Qahramon Quranboyev
• Özbekiston Bolalar ombudsmanı Surayyo Rahmonova
• Jahon sporti afsonasi Oksana Çusovitina
• Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja
• Xonanda Lola Yuldaşeva
• Jamoatçilik faoli Hikmat Abdurahmonov
• Iqtisodçi bloger Otabek Bakirov
Jurnalning ikkinçi soni gözallikka bağişlangan: ayollar va sanʼat.
Yangi sonda aqlbovar qilmas yangilikka qöl urdik — Örta asrlar Uyğoniş davri va yaqin ötmişdagi Yevropaning eng yuksak sanʼat asarlari Uzbekistan’s Club kreativ talqinida taqdim etiladi.
Unda yulduzlarimiz va AQŞda yaşovçi muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklar maşhur obrazlar qiyofasida özlarini sinab körişgan.
Jurnalning rasmiy taqdimoti şu yilning yozida bölib ötadi
Dolzarb · 22-aprel, 2024
Ikkinçi son: ayollar, inson kapitali va sanʼat
Uzbekistan’s Club jamoasi özining yana bir yirik loyihasi Uzbekistan’s Club jilokor jurnalining ikkinçi sonini tez orada taqdim qiladi. Zamonaviy va öziga xos uslubga ega uşbu jurnal öz anʼanalariga sodiq qolgan holda yangi trendlarni yaratişni maqsad qilgan.


